Reja: Moliyaviy risklarning mazmun-mohiyati. Moliyaviy risklarning tasniflanishi. Noaniqliklar tizimi
Reja:
Moliyaviy risklarning mazmun-mohiyati.
Moliyaviy risklarning tasniflanishi.
Noaniqliklar tizimi.
Mavzu: Moliyaviy risklarning tavsifi va tasnifi
Har qanday iqtisodiy subyekt faoliyat yurgizar ekan, u risk bilan to’qnash keladi. Bu risk har qanday vaqt va sharoitda yuzaga kelishi mumkin. Bu riskdan qo’rqmay, uni boshqarib daromadni ko’paytirish har bir subyektning maqsadi va vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan risklarni o’rganish, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash va boshqarish metodlarini o’rganish risk menenjerlarining vazifasi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, risk – faoliyat jarayonida turli xil omillarning o’zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir.
Risk to‘g‘risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof. V.V.Kovalyov quyidagicha ta’rif berib o‘tadi: risk bu moliyaviy yo‘qotish darajasini belgilab:
Moliyaviy risk - bu moliya vositalariga egalik bilan uzviy bogʼliqlikda aktiv va passivlar ko’rsatkichlarning oʼzaro mos emasligi ehtimoli natijasida yoʼqotish(zarar koʼrish)ning omili.
Har bir riskning o’ziga xos xususiyati va ularni baholash, nazorat, monitoring va uning boshqarib turish yo’llari va bosqichlari bor. Riskning qanday yo’l bilan kelib chiqqanligini va kelib chiqishda qanday xususiyat va omil yetakchi bo’lganligini aniqlash uchun risklar umumiy klassifikatisiya qilinadi. Bu klassifikatsiya orqali korxona faoliyatida riskning paydo bo’lishining barcha qirralarini tahlil qilish va o’rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |