2. Moliyaviy risklarning tasniflanishi
Ko`plab xorijiy va mamlakatimizdagi chop etilayotgan iqtisodiy adabiyotlarda risklarning bir necha hil turlari sanab o`tilgan. Risklarini boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari bo`yicha aniq guruhlarga bo`lishga bog`liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularni har birining umumiy tizimdagi o`rnini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy adabiyotlarda risklarni tasniflashning turli hil ko`rinishlari berilgan.
Korxonalar xo`jalik-moliyaviy faoliyatida uchraydigan risklarni quyidagi xususiyatlari bo`yicha tasniflash mumkin:
1. Xo`jalik faoliyatining shakliga ko`ra:
tijorat riski;
moliyaviy risk.
2.Namoyon bo`lish shakliga ko`ra barcha turdagi risklar:
sof risklar;
spekulyativ risklar.
3. Risklarni yuzaga kelish sohasiga ko`ra:
tashqi risklar;
ichki risklar.
4. Paydo bo`lish xususiyatiga ko`ra:
subyektiv
obyektiv
MOLIYAVIY RISKLАRNING NАZАRIY GURUHLАNISHI
RISK- VOQEА SIFАTIDА
RISK –XАTOGА YOʼL QOʼYISH YOKI MUVАFFАQIYATGА ERISHISH EHTIMOLI SIFАTIDА
RISK - FАOLIYAT SIFАTIDА
Moliyaviy risklar:
Bozor risklari
Valyuta risklari
Kredit risklari
Inflatsiya risklari
Investitsiya risklari
Foiz risklari
Moliyaviy risklarning oʼzaro bogʼliqligini asoslash uchun ularning quyidagi jihatlarini alohida ajratib koʼrsatish maqsadga muvofiqdir:
- har qanday faoliyatda moliyaviy riskni bartaraf etish mumkin emasligi oʼzaro bogʼliq boʼlgan “risk-daromad” kontsepsiyasiga asoslanadi, yaʼni riskning mavjud emasligi risk yoʼq-daromad yoʼqligini anglatadi yoxud foyda olinmasligiga omil boʼladi;
- moliyaviy risk ehtimolikka koʼra oʼlchanadi va u moliya institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan aktivlar transformatsiyasi jarayonida yuzaga keladi;
- risklarni minimallashtirishning shakl va usullari bir risk turi boshqa risk turiga almashtirilganligini yoki munosabat subyektlari oʼrtasida risk diversifikatsiyasi amalga oshirilganligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |