Reja: Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati. Moliya mexanizmi va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy siyosatning asosiy yunalishlari. Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyati


Download 27.71 Kb.
bet7/8
Sana16.09.2023
Hajmi27.71 Kb.
#1679638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning mintaqaviy siyosati va hududlar rivojlanishining istiqbollari.

birinchidan, tariflar o‘rnatilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini kiritish kerak,
ikkinchidan, kommunal xizmatlardan imtiyozli foydalanuvchilar sonini hamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish lozimdir,
uchinchidan, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun o‘z vaktida to‘lovlarni oshirish mexanizmini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir.
Yuqorida aytib o‘tilgan hamchiliklar va vazifalarga xulosa kilib, shuni aytmokchiman-ki, oldimizda joriy yilda katta ma’suliyat turibdi. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar barcha moliya xodimlari tomonidan chukur anglab yetilishi, ularni bajarish bo‘yicha aniq va ravshan takliflar tayyorlanishi, belgilangan tadbirlar sifatli va o‘z vaktida bajarilishi lozimdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modelining jakon iqtisodiy va moliyaviy hamjamiyati tomonidan so‘zsiz tan olinishining asosiy sabablari mustakillik yillarida mamlakatimiz erishgan yutuklarning zamirida yotadi.
Birinchi bosqich mustakillikka erishganimizdan boshlab 1994 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga hamrab olib milliy davlat moliyasi tizimining shakllanish davri bo‘lib kisoblanadi. Bu bosqich milliy daromadning katta qismining Davlat byujetida mujassamlashtirilib, davlatning milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashdagi yetakchi o‘rni bilan xarakterlanadi.
Bu davrda soliq va budjet siyosati milliy iqtisodiyot poydevorini shakllantirishga, ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini rivojlantirishga va samarali ijtimoiy kimoya tizimini yaratishga karatilgan edi. Ayniksa, o‘sha paytda Rossiyada o‘tkazilayotgan “shok terapiyasi” siyosati sababli ijtimoiy zarur tovarlarning narxi keskin oshib ketganligi oqibatlarining oldini olish tadbirlari budjet siyosatining eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan edi. Jumladan un, shakar, go‘sht, sut, choy, guruch va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan tovarlar uchun Davlat budjetidan katta miqdordagi dotatsiyalarning ajratilishi bilan iste’mol narxlarining keskin oshishining oldi olindi, akolining yordamga muktoj katlamlarining ektiyojlari kondirildi va jamiyatda ijtimoiy barkarorlik va akillik saklab kolindi.
Ikkinchi bosqich 1994-1999 yillarni o‘z ichiga olib, soliq va budjet tizimining barkarorlashuvi va strukturaviy jikatdan rivojlanishi, hamda budjet ijrosining xalqaro andozalarga o‘tilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda budjet ijrosining milliy valyuta-so‘mda amalga oshirilishi va Soliq kodeksining (1998) kabul qilinishi natijasida davlat moliyasi tizimi mokiyati jikatdan yangi mazmun va shaklga ega bo‘ldi.
Soliq siyosatining fundamental masalalari bo‘lgan soliq turlari va stavkalari, umumdavlat va makalliy soliqlar klassifikatsiyasi, soliqka tortish metodologiyasining asoslari va boshqa umumiqtisodiy masalalar Soliq kodeksida aniq va ravshan belgilab berildi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi xalqaro ekspertlar chikirikidan o‘tgan zamonaviy soliq siyosatining barkaror xukukiy poydevoriga ega bo‘ldi.
O‘z navbatida Soliq kodeksida milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun bir kator imtiyozlar belgilab berildi. Bu imtiyozlar quyidagi maqsadlarga karatildi:

  • ichki bozorda iste’mol mollari ishlab chiqarishni rakbatlantirish;

  • eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchilarni ko‘llab-kuvvatlash;

  • ko‘shilgan qiymat soliqidan ozod etish va yagona yer soliqini joriy qilish orkali kishlok xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi alokida o‘rnini ta’minlash;

  • kichik va o‘rta tadbirkorlikni rakbatlantirish;

  • xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun kulay moliyaviy shart-sharoit yaratish va boshqalar.

Xarajatlar nuktai nazardan karasak davlat budjetining tarkibi takomillashtirildi, xarajatlarning ijtimoiy yo‘nalganligi kuchaydi, ko‘plab turdagi xarajatlarni dasturlar asosida moliyalashtirishga o‘tildi, makalliy budjetlarning roli yildan yiliga ortib bormokda va budjet takchilligini moliyalashtirishning noinflyatsion uslublari amalga takbik etilib yillar mobaynida ularning salmogi ortib bormokda.

Download 27.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling