Tashxislash o‘zida 3 talabni aks ettiradi:
O‘z vaqtida inqiroz alomatlarini tan olish;
Tan olish natijalarining ishonchliligi;
Tashxislash jarayonini uzluksizligi.
Inqirozning alomatlari tabiatan turli xil bo‘lishi mumkin. Lekin ular kutilmaganda kelib chiqadi. Korporativ boshqaruv bo‘yicha taniqli nazariyotchi I.Ansoff ularni strategik kutilmaganliklar deb nomlashni taklif qiladi: “Bu huddi radar tizimi orqali kuzatishga o‘xshaydi, ba’zi muammolar kuzatuvchilardan qutulib qoladi, kuzatuvchilar qancha harakat qilmasin ular strategik kutilmaganliklarga aylanadi. Bu shuni anglatadiki, a) muammo to‘satdan va kutilmaganda paydo bo‘ladi; b) firmaning oldinigi tajribalarini mavjudligiga qaramasdan u yangi vazifalarni qo‘yadi; v) tezkor tadbirlarni qo‘llay bilmaslik katta moliyaviy zararga yoki korxonaning foydaga ega bo‘lish imkoniyatlarini pasayishiga olib keladi; g) nazorat tadbirlari uchun tezkorlik bilan qaror qabul qilinishi kerak lekin odatda firmadagi tartib bunga yo‘l qo‘ymaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |