Reja Moliyaviy tahlilning axborot bazasi (tahlil ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi
Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija
Download 43.18 Kb.
|
Moliyaviy tahlilni tashkil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Favqulodda foyda (zarar).
- Soliq to‘lagungacha bo‘lgan foyda (zarar).
- Sof foyda (zarar).
Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga qadar foyda summasidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar summasini mos ravishda qo‘shishi yoki ayirish orqali aniqlanadi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy natijaning shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkiblanadi. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona tamonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi. Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish extimoli nixoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda xam faqat zarar shaklida bo‘lmoqda. Soliq to‘lagungacha bo‘lgan foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) summasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga favqulodda foyda (zarar) summasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator xisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan xamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborot bo‘ladi. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtig‘rida qoladigan foyda summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi 3-sonli hisobot shakli Buxgalteriya balansida keltirilgan asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarni chuqur tahlil qilishda foydalaniladigan hujjatdir. Mazkur shakl ham momentli hisobot bo‘lib, asosiy vositalarning yil davomidagi kirim chiqimini, ya’ni harakatini ifodalaydi. U o‘z ichiga quyidagi asosiy vositalarning yil davomidagi harakatini ko‘rsatadi: bino, inshoot, uzatish moslamalari, mashina va jihozlar, toansport vositalari, asma’ruza-uskunalar, ishlab chiqarish inventarlari, xo‘jalik inventari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik ekinlar, yer xolatini yaxshilashdagi kapital xarajatlar (inshoatsiz) va boshqa asosiy fondlar. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotning afzalligi korxonada eskirgan asosiy vositalarning tarkibini va uni ishlab chiqarish bilan bog‘liqlik darajasini tahlil qiladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxonadagi muayyan vaqt ichidagi pulning kirib kelishi va chiqib ketishi hamda ular o‘rtasidagi farqni tahlil qilishda foydalaniladigan hujjatdir. Unda joriy (operatsion), investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larini kirimi va chiqimi ifodalanga hisoblanadi. Joriy (operatsion) faoliyat – xo‘jalik jarayonlarini korxonaning pul mablag‘lariga, foyda miqdoriga ta’sirini ifodalaydi. Bu bo‘limga quyidagilar kiradi: Jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan pul mablag‘lari; Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘langan pul mablag‘lari; Xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul mablag‘lari; Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari. Investitsion faoliyat orqali nomoddiy va uzoq muddatli aktivlarni sotib olish va sotish bo‘yicha to‘langan pullar va hisob-kitob raqamiga kelib tushgan naqd pullar ifodalanadi. Bu bo‘limga quyidagilar kiradi: Asosiy vositalarni sotib olish va sotish; Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish; Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish; Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari. Moliyaviy faoliyat pul oqimlarida korxonaning moliyaviy foaliyati bilan bog‘liq kirim va chiqimlar keltiriladi. Bu bo‘lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: Olingan va to‘langan foizlar; Olingan va to‘langan dividendlar; Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instumentlardan kelgan pul tushumlari; Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to‘lovlari; Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari; Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari; Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari. Pul oqimlari to‘risidagi hisobot inqirozga qarshi sog‘lomlashtirish tadbirlari tayyorlanayotgan davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sog‘lomlashtirish jarayonida kreditorlik qarzlarining tezlik bilan uzilishi pul oqimlarining jadalligiga bog‘liq. O‘z mablag‘lari tahlilini olib borishda xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotdan keng foydalaniladi. Mazkur shakl korxona xususiy kapitalining yil davomidagi ko‘payishi yoki kamayishini tahlil qiladi va o‘z ichiga quyidagi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini oladi: Ustav kapitali; Qo‘shilgan kapital; Rezerv kapitali; Taqsimlanmagan foyda; Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar. Shaklning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, boshqa hisobot shakllarida barcha ko‘rsatkichlar faqat pul ifodasida berilsa, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda naturada aksiyalar soni keltiriladi. Bu hisobot shakli inqiroz davrida korxonaning moliyyaviy mustaqilligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot ham qolgan hisobot shakllari kabi korxona to‘lov qobiliyatini o‘rganishda muxim manbaa bo‘lib hisoblanadi. Hisobotda korxonaning o‘ziga qarashli barcha mablag‘lar hisobi va ularning manbaalari aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Download 43.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling