Reja Moliyaviy tahlilning axborot bazasi (tahlil ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi


Download 43.18 Kb.
bet7/11
Sana24.12.2022
Hajmi43.18 Kb.
#1061268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Moliyaviy tahlilni tashkil

Texnik tekshirish, axborot manbaalarini arifmetik jihatidan to‘g‘riligini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko‘rsatkichlarning bir-biriga mosligini e’tiborga olgan xolda o‘rganishdir.

Mazmun jihatidan tekshirish, ma’lumotlarning xaqqoniy ekanligi, unda aks ettirilgan raqamlarning haqiqatda borligi aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bunday tekshirish o‘z ichiga buxgalteriya xisobi boshlang‘ich xujjatlaridagi keltirilgan raqamlarni inventarizatsiya o‘tkazish orqali taqqoslash, sanab ko‘rish va o‘lchash yo‘li bilan to‘g‘riligiga ishonch xosil qilishdir.
Ayniqsa yillik moliyaviy xisobot ma’lumotlarini mazmunan tekshirish taxlil ishlarini samarali o‘tishini ta’minlashda muxim axamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda ma’lumotlarni taxlil qilishdan oldin ularning to‘g‘riligi tekshirib olinadi. Ma’lumotlarning to‘riligiga ishonch xosil qilish uchun esa ayrim ko‘rsatkichlarni ma’lum bir xisobot ma’lumotlari bilan taqqoslab ularning bir-biriga mosligi o‘rganiladi. Agar bir xil ko‘rsatkichlar turli manbalarda bir xil tartibda aks ettirilgan bo‘lsa, u xolda ushbu ma’lumotlar to‘g‘ri deb tan olinishi mumkin bo‘ladi.

Inqiroz holatidagi korxonaning inqiroz darajasini o‘rganish, sabablarini anqlash va unga qarshi sog‘lomlashtirish rejalarini ishlab chiqish korxona mutaxassisilaridan tahlil qilishni talab qiladi. Inqiroz holati, uni korxona xo‘jalik faoliyatiga ta’siri darajasi va inqirozni vujudga keltirgan omillarning turlari inqirozli holatni tahlil qilishni va shunga muvofiq xulosa berish bilan aniqlanadi. Korxonadagi inqiroz darajasini o‘rganishda tahlilning umumiy xususiyatlari va vazifalari bilan tanishib, qaysi ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilishni amalga oshirish bo‘yicha aniqlik kiritib olish tahlil jarayonidagi muammolarni bartaraf etadi. Shuning uchun, inqirozga qarshi boshqaruvning ajralmas qismlaridan biri inqiroz holatini tahlil qilish jarayonidir.


Tahlil xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o‘rganishni va shunga muvofiq tashxislash imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Tahlil natijasida, korxonada mavjud saqlanib turgan muammolar aniqlanadi va bartaraf etish yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
Umuman olganda, korxonaning inqiroz darajasini baholash va tahlil qilishning maqsadi – korxonada vujudga kelgan inqirozli holatni o‘rganish va uni bartaraf etish zahiralarini izlab topishdan iboratdir. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda, inqirozga qarshi boshqaruv sharoitida tahlil quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • O‘rganilayotgan korxonaning inqirozli holatiga to‘g‘ri va xolisona baho berish;


  • Inqirozga ta’sir etuvchi barcha omillarni aniqlash, ularning ta’sirini hisoblash;


  • Sog‘lomlashtirish rejasining bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har bir xo‘jalik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlarni o‘rganish;


  • Korxona resurslaridan samarali va oqilona foydalanish darajasiga baho berish;


  • Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to‘lovga qobiliyatligiga baho berish;


  • Inqirozga qarshi boshqaruv jarayonida korxonaning iqtisodiy va moliyaviy holatini muntazam tekshirib turish;


  • Korxonada inqirozga qarshi boshqaruv jarayonida samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash;


  • Korxonaning tijorat sirini saqlagan holda, uning moliyaviy ahvolini tiklanishini keng jamoatchilikka ko‘rsata bilish va tashqi investorlarni korxona faoliyatini yaxshilashga jalb qilish;


  • Inqirozga qarshi boshqaruvning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, ilg‘or g‘oya va tajribalarni o‘rganilayotgan hodisaga qo‘llash yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib berish kabi jarayonlarga tegishli axborotlar manbaini etkazib berish;


  • Inqirozga qarshi boshqaruvning borishi bo‘yicha xulosalar berish;


  • Korxonani istiqboldagi startegiya va taktikasini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash;


  • Sog‘lomlashtirish rejasining bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan omillarni bir-biridan ajratgan holda aniqlash.


  • Korxonaning sog‘lomlashtirish rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan ta’minlash;


  • Tuzilgan sog‘lomlashtirish rejasini to‘g‘ri va ilmiy asoslanganligiga baho berish;




Inqirozga qarshi boshqaruv jarayonida tahlilning vazifalari o‘sha holatdan kelib chiqib, yana bir qancha darajada ko‘payishi mumkin. Bu korxona inqirozini tendensiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, bu vaziyatda tahlil o‘tkazish ishlari juda ham muhim hisoblanib, bu tahlilning oldiga qo’yilgan vazifalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mazkur vazifalarni to‘g‘ri va obyektiv bajarilishi inqirozga qarshi boshqaruv jarayonida qabul qilingan qarorlarning samaradorligini yanada oshiradi. Tahlilning barcha vazifalarini bajarilishi darajasi ko‘rsatkichlar tizimini to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq.
Bugungi kunda, korxona inqirozini tahlil qiluvchi ko‘rsatkichlar tizimini taklif etishda rang-baranglikni kuzatish mumkin.
Korxonada vujudga kelgan inqirozni tahlil qilish jarayoni va uning yo‘nalishlari xilma-xil bo‘lib, buni uchta katta guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:
Korxonaning inqirozli holatini turli guruhdagi ko‘rsatkichlar kompleksi asosida tahlil qilish.
  1. Korxona iqtisodiy ahvolini reyting asosida baholash.


  2. Korxona moliyaviy holatini omilli modellari yordamida baholash.




Mazkur ko‘rsatkichlar guruhi ko‘plab tahlilchilar tomonidan deyarli barcha adabiyotlarda bir xil ko‘rsatilib, ularni to‘rtta yirik guruhga bo‘linadi:


  1. Likvidlik koeffitsientlari;


  2. Moliyaviy mustahkamlik koeffitsientlari;


  3. Ishchanlik faolligi koeffitsientlari;


  4. Rentabellik ko‘rsatkichlari.




Korxonadagi inqiroz darajasini mana shu ko‘rsatkichlar tizimi yordamida to‘rt tomondan baho beriladi. Likvidlik ko‘rsatkichlari majburiyatlarni qoplash darajasini, moliyaviy mustahkamlik koeffitsientlari korxonaning moliyaviy holatini, mshchanlik ko‘rsatkichlari korxona mablag‘larini aylanuvchanligini va rentabellik foydasining nisbiy holatini ko‘rsatib beradi.

Likvidlik ko‘rsatkichlari haqida gap ketganda avval likvidlik atamasi bo‘yicha kelishib olish kerak bo‘ladi. Chunki, likvidlik iqtisodiy fanlarda korxona aktivlariga nisbatan ham ishlatiladigan tushunchadir.


Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, likvidlik – bu korxona aktivlarini pulga aylanish tezligi hisoblanadi. Ya’ni korxona aktivlari likvidlik darajasiga ko‘ra, tez likvidli (joriy aktivlar) va sekin pulga aylanadigan (uzoq muddatli aktivlar) aktivlarga bo‘linadi. Bundan likvidlik atamasi korxona mablag‘ini bir shakldan ikkinchi bir shaklga o‘tishida qoplanish tezligini ifodalayotganligini ko‘rish mumkin.
Korxona moliyaviy holati tahlil qilinayotganda likvidlik atamasidan foydalaniladi. Ba’zi olimlar likvidlik ko‘rsatkichlarini korxona to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari deb atashadi. CHunki, likvidlik koeffitsientlari o‘zida majburiyatlar va joriy aktivlarning nisbiy natijasini ko‘rsatgani va majburiyatlarning joriy aktivlar orqali qoplanishini anglatganligi uchun shunday nomlash keng tarqalgan.
Fikrimizcha, bu ko‘rsatkichlarni likvidlik deb yuritilishi maqsadga muvofiq. Chunki, joriy aktivlarning joriy majburiyatlarga nisbati to‘lov qobiliyatini emas, balki aktivlar orqali majburiyatlarni qoplash darajasini ko‘rsatib beradi. To‘lov qobiliyati esa – bu xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni yetarlilik darajasini anglatadi.
Likvidlik atamasining mohiyati mablag‘ning bir turini ikkinchisiga aylanish darajasini ko‘rsatib beradi. Likvidlik koeffitsientlari ham mohiyatan joriy majburiyatlarni joriy aktivlarga aylanish darajasini aks ettiradi.

Asosan korxona faoliyatini tahlil qilishda likvidlikning 3 xil turi qo‘llaniladi:

  1. Joriy likvidlik koeffitsienti;


  2. Tez likvidlik koeffitsienti;


  3. Mutloq likvidlik koeffitsienti.





Download 43.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling