Reja: Mulkning iqtisodiy va yuridik m a’nodagi tushunchalari
Download 20.79 Kb.
|
Mulk huquqi va uning tarkibi
Mulk huquqi va uning tarkibi Reja: Mulkning iqtisodiy va yuridik m a’nodagi tushunchalari Mulk huquqining mazmuni Mulk shakllari Ma’lumki, mulk qadimdan barcha kishilik jamiyatini va u jamiyat a’zolari hisoblangan fuqarolami ohanrabodek o ‘ziga tortib kelgan. Zero, kishilaming o ‘zlari to'plagan mol-mulkiga1 qarab, ulaming jamiyatdagi, Ijtimoiy turmushdagi mavqelari belgilangan. Jamiyatning iqtisodiy negizi - mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy ma’noga ham ega. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o ‘ziga xos tarzda “taqdim etilgan” boyliklar har doim mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki boimasligiga qarab, kishilaming jamiyatdagi mavqei, aniqrog'i ijtimoiy-iqtisodiy maqomi vujudga keladi. Mulkiy munosabatlarsiz iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish jarayoni o'z mazmuniga ega bo‘lmaydi. Mulk birinchidan, kishining ashyoga nisbatan egalik his-tuyg‘usi bilan bog'liq, ikkinchidan, ushbu ashyo xususida kishilar o'rtasida vujudga keladigan munosabatdir. Demak, bir so'z bilan aytganda, mulk ashyo va unga nisbatan egalik hissi bilan bog'liq munosabatdir. Ashyo - moddiy qiymatga ega bo'lgan hamda iqtisodiy munosabatlaming predmeti bo'ladigan, kishilaming ehtiyojlarini qondira oladigan narsalardir. Demak, ashyo bizning atrofimizni o'rab turgan jamiki narsalardir. Ashyo kelgusida mulk huquqi obyektiga aylanadi, ya’ni kishilarda mulk huquqini vujudga keltiradi. Ammo shuni aytish kerakki, hamisha ham ashyo kishilaming mulkiga aylanavermaydi. Ashyolar tayinlanishlariga va huquqiy rejimiga ko'ra, quyidagicha farqlanadi: Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari bo ‘Igan ashyolar. Ilgari mazkur iqtisodiy tasnifdagi ashyolarga birinchi darajadagi ahamiyat berilgan edi1. Yaqin-yaqinlargacha davlat mulki va fuqarolaming xususiy mulki o'rtasidagi farq bu holat bilan bog'Ianar edi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish vositalari nafaqat davlat balki fuqarolaming xususiy mulki obyektlari bo'lishi mumkinligini hisobga oladigan bo'lsak, bunday tasniflash o'zining ahamiyatini yo'qotdi. Shu bilan birga ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining huquqiy rejimini bir-biriga mos deb bo'lmaydi. Masalan, avtomobil mulkdori unga nisbatan shaxsiy maqsadlardagina ishlatilishi yoki ishlab chiqarish vositasi (masalan, soliqqa tortilishi, ishlatish uchun zarur ruxsatnomalar olish, ishlab chiqarish xususiyatlarini saqlab qolish va h.k.) sifatida foydalanishiga ko'ra keng doiradagi huquq va majburiyatlarga ega. Fuqarolik muomalasidagi (masalan, kiyim-kechak, uy-joy, oziqovqat kabi), cheklangan fuqarolik muomalasidagi (masalan, yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalari, ov miltig'i kabi) va fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolar (masalan, davlatning mutlaq mulki hisoblangan yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo'shlig'i kabi). Qoida tariqasida ashyolar va boshqa fuqarolik huquqi obyektlari erkin ravishda begonalashtirilishi yoki turli xil fuqarolik-huquqiy bitimlar va boshqa asoslarda universal huquqiy vorislik (vorislik, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida bir shaxsdan boshqa shaxsga o'tishi mumkin Ba’zi ashyolar davlat va jamiyat xavfsizligi, davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, aholini sog‘lig‘ini saqlash va h.k. tufayli fuqarolik muomalasida bo'lishi cheklanishi mumkin1. Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolar amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqarolik-huquqiy bitim predmeti bo'lishi mumkin bo'lmagan ashyolardir. Bunday mulklarga avvalo davlat mulki obyektlari, yo'llar, daryolar, jamoat binolari va inshootlari, milliy kutubxonalar, hayvonot olami, o'simlik dunyosi obyektlari va h.k.lar kiradi. Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulklar ro'yxati amaldagi qonunchilikda belgilab qo'yiladi2. Mulkiy munosabatlar - jamiyatdagi boyliklami o'zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik, birinchidan insonning boyligi bo'lmish ashyo, buyum yoki boshqa narsaga nisbatan egalik histuyg'usi bilan bog'liq munosabat, ikkinchidan, ana shu boylik, ne’mat xususida kishilar o'rtasida vujudga kelgan munosabatdir. Kishilar buyumlami, ne’matlami o'ziniki qilib olgandagina o'zlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda o'zganiki bo'lgan ne’matlami o'zlashtirib bo'lmaydi. Mulk sohibi o'z mulkiga mustaqil tayanib ish ko'radi. Mulksiz o'zganing mulkini ijaraga oluvchi yoki mulkdorga yollanib ishlovchi shaxs to'liq ma’noda hali mustaqil emas. Ne’matlar ikki yo'sinda: ishlab chiqarish resurslari, ya’ni vositalari va ishlab chiqarish natijalari sifatida o'zlashtiriladi. Mulkchilik bu - mas’uliyat bilan manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo'lishi uchun mulkdoming iqtisodiy manfaati - uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo'lib, xattiharakat, fe’l-atvorini iqtisodiy motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi3. Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik munosabatlarini tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi. Shaxsni mulkdan begonalashuviga asoslangan ijtimoiy alohida imtiyozli mavqega barham berildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53- moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi mustahkamlab qo'yildi4. Tabiat boyliklari va kishi mehnati natijalari shaxslar tomonidan ayrim-ayrim holda o'zlashtirilmay, balki birgalashib va o'zaro hamkorlik * O'zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to’g’risida”gi qonunning 4-moddasi yangi tahririda. Yuqoridagi manbada. * O'lmaiov A., Sharifho’jaev M. Iqtisodiy nazariya. -Toshkent: Mehnat, 1995. -133 b. 4 Рахманкулов X. Эволюция права собственности (проблемы собственности сравнительное исследования). -Тошкент: Адолат, 1995. -34 б. 7 bilan o'zlashtiriladi. Binobarin, mulk tabiat narsalarini o‘zlashtirishda kishilar va ulaming jamoalari o'rtasida bo'lgan munosabatni, ya’ni ijtimoiy munosabatni, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini bildiradi. Yuqorida aytganlardan ma’lum bo'lishicha, mulk ishlab chiqarishning zamr sharti v,a ishlab chiqarilgan boyliklaming o'zlashtirilishi natijasi hisoblanadi. Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlami egallash, foydalanish va ularfti tasarruf etish sohasida bo'ladigan ijtimoiy munosabatlaming majmui sifatida ham ta’riflanishi mumkin. Yuridik ma’nodagi “mulk” tushunchasi to'g'risida to'xtalib shuni aytish kerakki, shaxslar tomonidan tabiat boyliklarini, ashyolarini o'zlashtirishda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlami tartibga soladigan va mustahkamlaydigan huquqiy normalar tizimi yuridik ma’nodagi “mulk” tushunchasida qo'llaniladi. Bu ma’nodagi mulk mulk huquqi (subyektga tegishli sof ma’nodagi subyektiv huquq sifatida emas, balki muayyan huquq sohasi) sifatida ko'riladi. Mulk huquqi tushunchasining yuridik ta’rifi FKning 104-moddasida berilgan. Unga muvofiq, mulk huquqi shaxsning o'ziga qarashli molmulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o'zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Bu ta’rif mulkdoming o'z mulkiga nisbatan munosabatining barcha huquqiy jihatlarini qamrab oladi. Shu bilan birga, ushbu ta’rifda uchinchi shaxslaming mulkdor mulkiga munosabatlarining eng muhim qonuniy asosi kafolatlangan. Ya’ni, mulkdoming mulk huquqini kim tomonidan bo'lmasin har qanday buzishdan muhofazalay olishi imperativ me’yor sifatida mustahkamlangan. Bu ham esa, o'z navbatida mulkdor mulk huquqini majburiy ma’noda “muqaddasligi”ni ifodalaydi. 2. Mulk huquqining mazmuni Mulk huquqi o'z navbatida ikki ma’nodagi: obyektiv va subyektiv ma’nodagi mulk huquqiga bo'linadi. Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi deganda, tabiat ashyolarini ijtimoiy o'zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash, tartibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko'zlab belgilangan tadbirlami ifodalovchi huquq normalari yig'indisi nazarda tutiladi. Chunonchi, mulk to'g'risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq normalari hisoblanadi. 8 Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni huquq subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolaming) obyektiv huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi. Mulkni o ‘z xohishiga ko‘ra va o ‘z manfaatini ko'zlab egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek mulk huquqini har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi tushunchalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan bu elementlar mulk egasiga qonun bilan belgilangan doiralarda beriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to‘g ‘risida”gi qonuni va FKning 164-moddasida belgilanishicha, mulkdor o‘ziga tegishli molmulkka o ‘z ixtiyoriga ko‘ra, o ‘z xohishi va manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu ma’noda mulkdor o ‘z mulkiga bo'lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda, o ‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiradi. Mulkdoming o'z xohishi deganda, uning o'z erki, irodasi bilan o'z manfaatlarini ko'zlab, birovning (uchinchi shaxslaming) tazyiqisiz, g'ayrihuquqiy ta’sirsiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda zo'rlik, tazyiq ko'rsatilgan bo'lsa, qonun mulkdoming xohish-irodasi erkin amalga oshirilishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdoming o'z xohishiga ko'ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim. Mulkdoming mulkiy huquqni o'z xohishiga ko'ra amalga oshirishda uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o'ziga, yaqinlariga yoki boshqalarga taalluqli bo'lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga yetmagan farzandi nomiga bankka omonat pul mablag'i qo'yganda ham, garchi bunda uchinchi shaxsning manfaati ko'zlaganday bo'lsa ham, aslida mulkdoming harakati zamirida ota-ona sifatidagi burchi yotadi. Mulkdoming o'zi xohishiga ko'ra yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilish, umumiy qoida bo'yicha bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga sabab bo'ladi. Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch element - mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan tashkil topadi. Mulkni egallash huquqi mulkni qo'lda yoki unga nisbatan o'z huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlab turishdir. Mulkni qonunga muvofiq ravishda o'z qo'lida yoki o'z erkiirodasi ta’siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash huquqiga ega. Bunday huquq, avvalo, mulk egasiga tegishli bo'ladi. Avvalo deganimizning boisi shundaki, mulkni egallash huquqi qonun yoki 9 shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo'lishi mumkin. Masalan, mulk shartnoma bo'yicha ijaraga berilganida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonatga qo'yilishida yoki ma’muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqarolarga o'tkazilishida egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan shaxsda ham bo'lishi mumkin. Mulkni qonun talablariga muvofiq qo'lda saqlab turishga qonuniy egallash deb aytilsa, qonuniy asoslar bo'lmay turib birovlarga qarashli mulkni egallash, masalan, birovning o'g'irlatgan yoki yo'qotgan mulkini qo'lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi. Mulkdan foydalanish huquqi - mulkning foydali xususiyatlarini o'zlashtirish, mulkdan iqtisodiy ma’noda foyda ko'rishdir. Mulkdan qonunga muvofiq ravishda foydalanuvchi shaxs shu mulkdan foydalanish huquqiga ega bo'ladi. Mulkdan foydalanish huquqi shu mulkni egallash huquqi bilan chambarchas bog'liqdir. Mulkni egallamay, qo'lda saqlamay turib undan foydalanib ham bo'lmaydi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasiga muvofiq, ijaraga beruvchi dastavval mulkni ijaraga oluvchiga qonun yoki shartnomada ko'zda tutilgan tartibda topshiradi. Topshirish bilan bir vaqtda ijaraga oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish huquqi ham vujudga keladi va u shundan so'ng ijaraga berilgan molmulkdan foydalanishi mumkin. Mulkdan ishlab chiqarishda yoki kundalik hayotda foydalanishda bu mulk butunlay iste’mol qilinadi yoki muayyan vaqt davomida asta-sekin eskiradi. Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma bilan belgilangan asoslar bo'lmay turib amalga oshirsa, bunday foydalanish qonunsiz foydalanish hisoblanadi. Masalan, o'g'irlangan yoki yo'qotilgan mulkdan foydalanish. Mulkni tasarruf etish huquqi - mulkning yuridik taqdirini belgilash, ya’ni mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo'ladigan huquqiy munosabatni belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan huquqdir. Mulk egasi tasarruf etish huquqiga binoan mulk yuzasidan xilma-xil bitimlar, shartnomalar, chunonchi, ashyoni sotish, hadya qilish, ijaraga qo'yish to'g'risida shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo butunlay keraksiz bo'lib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab yuborishi, o'zidan bironbir usul bilan soqit qilishi mumkin. Bu huquq mulkdorga o'z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday harakatlami amalga oshirish, shu jumladan mol-mulkdan garov narsasi sifatida foydalanishi yoki unga boshqacha yo'llar bilan vazifa yuklash, uni begonalashtirish yoki molmulkni boshqacha usul bilan tasarruf etishga imkon beradi. 10 Bu huquqning qo‘ldan ketishi bilan mulkka nisbatan bo'lgan egalik huquqi ham qo'ldan ketadi. Masalan, mulkni omonatga qo'yishda ashyoni egallash huquqi, ijaraga berishda ashyoni egallash va undan foydalanish huquqi birovga o ‘tsa, ashyoning sotilishi yoki hadya qilinishida esa subyektiv mulk huquqining har uch elementi: egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham butunlay boshqa shaxsga (yangi mulkdorga) o'tadi. Ayrim hollarda, chunonchi, mulkni yo'qotish, o'g'irlatish hollarida mulk egasi o'z mulkni egallash, foydalanish va uni tasarruf etish imkoniyatidan mahrum bo'lsa ham, egalik huquqini qonunda belgilangan hollarda v a ' muddatlarda o'zi saqlab turadi. Fuqaroga tegishli mulk o'g'irlatilganida, uning kimning qo'lida bo'lishligi aniqlanganidan so'ng qonun bilan belgilangan uch yillik da’vo muddati davomida talab qilib olinishi mumkin. Aks holda mulkka nisbatan bo'lgan egalik huquqi yo'qoladi. Umuman olganda mulkni tasarruf etish elementi kimda bo'lsa, shu shaxs (garchi mulkning qo'lida, ya’ni egaligida yoki foydalanishida bo'lmasa ham) mulkdor hisoblanadi. Zero, tasarruf etish elementi mulkning shakli va huquqiy maqomiga qarab muayyan hujjatlar (order, tilxat va h.k.) bilan tasdiqlanadi. Mulk egalari o'zlariga tegishli mulk huquqidan g'ayriqonuniy maqsadlarda, birovning zarariga foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Mulkdor huquqlari va vakolatlarining chegarasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida bayon qilingan bo'lib, unga asosan mulkdor o'z huquqlarini amalga oshirishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Bu Konstitutsiyaviy norma FKning 172-moddasida batafsil talqin qilingan. Ushbu moddaga asosan mulkdor o'z mulkiy huquqlarini amalga oshirishdan quyidagi shartlariga amal qilishi lozim: 1. Mulkdoming o'z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslaming huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart; 2. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo'l qo'yishga majbur (masalan, ko'chmas mulk-yer uchastkasi egasi qo'shni yer uchastkasi egasi qo'shni yer uchastkasining egasidan zarur hollarda, boshqa yer uchastkalarining egalaridan ham o'zganing yer uchastkasidan cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqli. Odatda, servitut piyodalar va transport yo'li, elektr, aloqa, gaz yoki suv quvurlari o'tkazish uchun zarur bo'lishi mumkin. Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer egasini mulk huquqidan aslo mahrum qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi bilan yer uchastkasi egasi o'rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u ko'chmas mulkka oid bitimlar kabi ro'yxatdan o'tkaziladi. Servitut belgilangan uchastkaning egasi agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, servitut kimning foydasini ko'zlab belgilangan bo'lsa, o'sha shaxsdan uchastkadan foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir (FKning 173- moddasi); 3. Mulkdor o'zining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa shaxslaming huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan o'zga harakatlami qilishga haqli emas; 4. Mulkdor o'z huquqini amalga oshirganda fuqarolaming sog'lig'iga va atrof-muhitga zarar yetkazishning oldini olish choralarini ko'rishga majbur. Mulk huquqining mazmunida nafaqat mulkdoming huquqlari, balki mol-mulkni saqlab turish burchi ham yotadi. FKning 174-moddasiga asosan, o'ziga qarashli mol-mulkni saqlash, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mulk egasining zimmasida bo'ladi. Agar mulkdor bu majburiyatni bajarmasa, ba’zi hollarda uning mulkiy huquqlari chegaralab qo'yilishi yoki mol-mulk undan olib qo'yilishi haqida da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo'zg'atilishi mumkin (masalan, FKning 190-moddasida ko'zda tutilgan asoslar bo'yicha). . Mulk shakllari Iqtisodiy ma’nodagi mulk shakllari deyilganda moddiy ne’matlami o'zlashtirish usullarining yig'indisi tushuniladi. Bunday usullar yakka tartibda yoki jamoat bo‘lib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin1. Yuridik ma’nodagi mulk shakli moddiy ne’matlami muayyan subyektlarga tegishli bo‘lishini (biriktirib qo'yishlikni) mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqi rejimini belgilovchi huquqiy me’yorlar yig'indisidan iborat. 0 ‘zbekiston Respublikasi FKning 167-moddasiga asosan O ‘zbekiston Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud: Xususiy mulk; 2. Ommaviy mulk. Davlat mulk shakllarini rivojlantirish ucbun zarur huquqlaming tengligini ta’minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi Mulk shakllarini bunday turkumlashtirish uchun mulk subyekti maqomi va molmulk rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. 0 ‘z navbatida xususiy mulk shakli quyidagi ko‘rinishlarda (turlarda) namoyon bo‘ladi: a) yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki); b) nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi: a) 0 ‘zbekiston Respublikasi mulki; b) ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk). Intellektual mulk huquqi Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining alohida o'ziga xos obyekti bo‘lib hisoblanadi. “Intellekt” lotincha so‘z bo‘lib, “aql” ma’nosini 208 anglatadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari - ashyolar, qimmatbaho qog‘ozlardan quyidagi xususiyatlari bo'yicha farq qiladi: - ko‘p hollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ko'rinishda emas balki g‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo'ladi. Obyektiv shaklda ifodalangan g‘oya, bilim moddiy eltuvchida moddiy ifodada, masalan, chizma maket apparat qurilmada mujassamlashgan bo'lishi mumkin, biroq bunda g‘oya, bilim birlamchi, uning moddiy mujassami har doim ikkilamchi bo'ladi; - g'oya, bilim shaklida intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; - bunday obyektlardan bir vaqtning uzida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin; - intellektual mulk huquqi obyektlariga mulk huquqining bemuddatligi haqidagi qoida (FKning 164-moddasi) qo'llanilmaydi. Binobarin, ko'pchilik hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) intellektual mulk huquqi amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan bo'ladi; - qonunlarda belgilangan muddatlar o'tishi bilan intellektual mulk xuquki soxibining ma’lum intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlari bekor bo'ladi va bu obyektlar umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan ma’lum shart lar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilingan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli bo'ladi; - intellektual mulk huquqi obyektlari g'oya ko'rinishida bo'lgan hollarda ularga nisbatan ashyolar singari egallash mumkin emasligi, ulardan bir vaqtning o'zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olish imkoniyatlari mavjudligi sababli bunday obyektlarga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsion da’voni qo'llash (FKning 228 moddasi) imkoniyati amalda mavjud emas; - intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo'llaniladi; - intellektual mulk huquqining amal qilishi, ayni vaqtda, ma’lum hudud bilan ham chegaralangan bo'ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent O'zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o'rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan hududlardagina amal qilad Download 20.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling