Reja: Muloqot va shaxslararo munosabatlar
Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud
Download 128.68 Kb.
|
Muloqot psixologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
- Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra
Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud:
Dastlabki bosqich –odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi. Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot- muloqotnidir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Uchinchi bosqich avlodlar o`rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi. Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti. Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun hamma ham rahbar bo`la olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardor bo`lish talab etiladi. Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra: Ijtimoiy yo`naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan). Guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot). Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini yechish maqsadida o`rnatgan munosabatlari). Pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta’sir jarayoni). Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari , ta’sir usullari va yo`l-yo`riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo`ladiganlarning burchidir. Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha: Download 128.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling