Reja: Musiqa idrokinimg boshlang’ich sinflarda shakllanishi


Download 19.87 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi19.87 Kb.
#1708789
Bog'liq
MUSIQA O\'QITISH METODIKASI FANIDAN MUSIQA IDROKINI RIVOJLANTIRISH


MUSIQA O'QITISH METODIKASI FANIDAN MUSIQA IDROKINI RIVOJLANTIRISH
Reja:

  1. Musiqa idrokinimg boshlang’ich sinflarda shakllanishi

  2. Tinglash madaniyati

  3. Tinglashning turli texnologik uslublari

“Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fni bo‘lajak o‘qituvchilarni bugungi kun talablari asosida aqliy, axloqiy madaniy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalaydi, ilmiy- nazariy va amaliy bilimlar majmuasi bilan tanishtiradi hamda metodik ko‘nikma bilan qurollantiradi. Asosiy maqsad o‘rta maxsus o‘quv yurtlari maktab o‘quvchilarining musiqa madaniyati darslarini mazmunli qilib olib borishga qaratilgan:



  1. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining musiqiy uquvi va badiiy didini o‘atirish

  2. Musiqani ijro etish tajribasini boyitish:

  3. Musiqa tarbiyasida yangi uslub va vositalarni izlash:

  4. Musiqiy asarlarda hayot va san`at o‘rtasidagi uzviy bog`liqlikni ifodalash:

  5. Ijrochilik mahoratini oshirish:

Boshlang`ich sinflarda musiqa ta`liminiig poydevori shakllanadi. Shuning uchun musiqiy idrokini 1-sinfdan boshlab to‘g`ri yo‘naltirish kerak, ularni musiqaga qiziqtirish , musiqiy taassurotlarni tarkib toptirish va zaruriy musiqiy ko‘nikma va malakalarni hosil etish, asosiy vazifa qilib qo‘yiladi. Musiqa darslarda bolalar o‘zlari sevgan qo‘shiqlar, musiqali o‘yinlar va raqslar bilan yaqindan do‘stlashadilar, chiroyli va yoqimli qo‘shiq kuylashni o‘rganadilar, musiqa tinglash madaniyati bilan tanishadilar. Musiqiy asarda nimalar ifoda etilishi va ular qanday tasvirlanishini aniq bilib oladilar, hamda milliy kuy qo‘shiqlarni o‘rganib boradilar. Shuning uchun 1-sinfdan boshlab bolalarning musiqiy idrokini to‘g`ri yo‘naltirib qiziqtirish lozim.


1-sinf o‘quvchilarining psixologik, fiziologik xarakteriga ko‘ra ma’lum darajada diqqat e’tibori, nutqi, xotirasi, to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Shu bois bolalar serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar.
2-sinf o‘quvchilari o‘zlarining psixologik xarakterlariga ko‘ra 1-sinf o‘quvchilaridan kam farq qiladilar. U yoshdagi o‘quvchilarning diqqat e’tibori bir narsadan boshqa narsaga tez-tez almashib turadi. Chunki ular o‘yin bilan bog’liq bo‘lgan narsalarga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Darsning har bir elementini amalga oshirishda uning mohiyati bolalar bilimi va hayotiy tajribalariga asosan tushuntirilishi lozim.
3- sinf o‘quvchlari o‘zlarining psixologik fiziologik xarakterlariga ko‘ra diqqat e’tibori turg’un , xotirasi kuchli, musiqaning mazmuni va janrlari , tuzilishi va shakli , boshqa san’at turlari bilan aloqasi haqidagi bilimlarni egallaydilar. Musiqa tinglashga doir asarlarning xarakteri , sur’ati,mmazmuni va ifoda vositalarini anglashda mustaqil fikr bildira oladilar.
4-sinf o‘quvchilari o‘zlarining psixologik- fiziologik xarakterlariga ko‘ra tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo‘ladilar. Diqqat e’tibori turg’un, jiddiy bo‘lgan masalalar ustida fikrlash, hajm jihatdan kattaroq bo‘lgan asarlarni tinglab mushohada qilish qobiliyatini o‘zlashtiradilar.
Musiqa tunglay bilish va undan zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Insonda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan rivojlana boshlaydi. O‘quvchi bolalar musiqa darsining barcha faoliyatlari jarayonida musiqani tinglab uni idrok etadi. Ammo musiqa darsining musiqa tinglash qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, insonda kuylash imkoniyatlariga ko‘ra tinglash imkoniyatlari ancha keng bo‘ladi. Masalan: milliy cholg’u asboblari ansambli, orkestr, xor, yakka cholg’u ijrosidagi asarlarni kuylab emas , balki faqat tinglab idrok etish mumkin. Shuning uchun ham musiqani tinglash jarayonida o‘quvchilarniing badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi.
Musiqa darslarida musiqa tinglash uchun quyidagi talablarga ko‘ra asarlarni tinglash tavsiya etiladi:

  • o‘quvchi idrokiga mos xalq, mumtoz va zamonaviy musiqa asarlarni tinglash;

  • o‘quvchi musiqani idrok etish va musiqa asarlarda tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • musiqa haqida boshlang’ich ma’lumotlar berish, tinglangan aarloar nomlarioni eslash, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqini bilish , hamda tinglangan aarlarga ma`lum darajada baho bera olish;

  • musiqa asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va eslash, olgan taassurotlar haqida o‘ylash va fikr yuritish;

  • musiqa tinglashda turg’un diqqat e’tiborni va tinglash madaniyatini boshlang’icg elementlarni shakllantirish.

  • Musiqiy didni shakllantirishga oid qiziqarli, mazmunli asarni tinglash.

Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining diqqat e’tibori uncha barqaror bo‘lmasligi sababli, ular yorqin yangraydigan kichik hajmdagi musiqiy asarlarni idrok etishga qodir bo‘ladilar. Ular ayniqsa kichik hajmdagi musiqiy qo‘shiqlarni yaxshi idrok etadilar. Chunonchi, so‘z va ohang birligi musiqaning mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Shuning uchun musiqa o‘qituvchisi qo‘shiq aytganda biror cholg`u asrini ijro etganda , uning tanish ovozi, sof ohangi, ifodali ijrosi, mimikasi va ishoralari o‘quvchilarni maftun etishi lozim. Shundagina bolalarda bo‘ladigan zavqlanish ajablanish, quvonish, qayg’urish, o‘ylanish kabi holatlarni kuzatish mumkin.
Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishda o‘qituvchining qisqa lo‘nda, mazmunli, qiziqarli kirish sozi musiqa tinglash jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi. Musiqa asarni tinglashdan oldin o‘ quvchilarga ma’lumot berilsa, ular asarni to‘liq idrok etishga harakat qiladilar. Musiqa asarni 2 yoki 3 mashg`ulot davomida tinglash shart. Chunki har bir tinglashda bola uchun asarniing yangi qirralari namoyon bo‘ladi va unga nisbatan qiziqish va muxabbat ortib boradi. Yildan – yilga o‘quvchilar o‘z yoshiga , bilim va malakalariga muvofiq musiqa asarni to‘la idrok etishga qodir bo‘ladilar. O‘quv yili davomida o‘quvchilar 12-14 ta musiqiy asarlar tinglaydilar. Yangrash vaqti 1 yoki 1,5 daqiqadan oshmasligi lozim.
Musiqa darslarida kompyuter SIBELIUS programmasidan foydalangan holda musiqa savodi, musiqa tinglash kabi faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. Musiqa darsi mavzusiga oid saytlar, texnologik xaritalar, multimediya darslar, ko‘rgazmali, tarqatma materiallar, mavzuga oid animatsion tasvirlar, hamda tinglash uchun operalarning audio va video variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. O‘quvchilarda qiziqishni oshirib , ularning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Undan foydalanishdagi tavsiyalar:

  1. Internet tarmoqlaridan foydalangan holda musiqa tinglash uchun sinf fonotekasinitashkil etish;

  2. Enkor, Sebilius- (notalarni terish, notalar matnini ijro etish) dasturlaridan foydalanib darsni tashkil etish;

  3. Musiqa darslariga oid yangiliklarni izlab toppish va amaliyotga joriy etish;

  4. Ta’lim saytlaridan foydalangan holda kerakli manba va ma’lumotlarni o‘quvchilarga o‘rgatish;

  5. Internet tarmoqlaridan foydalangan holda fanga oid turli tadbirlar, konferensiya va video roliklarni masofaviy ta’lim asosida amalga oshirish.

Bugungi kunda internet turlari saytlarida musiqa madaniyati fani bo‘yicha kerakli ma’lumotlardan foydalanish mumkin:

Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning ma’naviy , badiiy va axloqiy madaniyatini, milliy g`ururda hamda Vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish, tafakkurini kengaytirish, bolalardagi ijodiy mahorat , nafosat va badiiy didni o‘stirish hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashdan iboratdir.


Musiqa tinglash badiiy ta’limning muhim vositalaridan biri bo‘lib u darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Tinglash bolalarda hayotni , borliqni aniqlash va bilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bunda musiqa tili, ifoda vositalari , janr va shakllarini o‘rganish muhimdir. U musiqani badiiy g’oyaviy jihatdan to‘g’ri idrok etib, estetik zavqlanishga imkon beradi. Tinglash qoidalari sinfda jimlikni ta’minlab, o‘quvchilarni musiqani diqqat bilan eshitishga o‘rgatib onglilik va faollikni rivojlantiradi, hamda musiqa madaniyatini shakllantiradi.
Darslar davomida har bir musiqiy asarda muayyan voqelik, his-tuyg’u va mazmun bo‘lishi haqida o‘quvchilarga dunyoqarashiga mos tarzda tushuntiriladi. Shu orqali bolalarda musiqiy taassurot va tinglash malakasi shakllanadi. Tinglash faoliyatini butun dars davomida olibborish, o‘quvchiniing asarni tushunish va ongli idrok etish , asarning musiqiy hususiyatlari(janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. Tinglash madaniyatini shakllantiradi.
Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy vazifalari:Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg’ularni rivojlantirish;Boshlang’ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. Bog’chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Bola musiqa mashg’ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab uni idrok etadi. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Musiqatinglashda bolalarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg’ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: 1) bolalarniing o‘z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirib borish; 2) bolalarning musiqani idrok qilish qobiliyatlarini rivojlantirib borish; 3) musiqa haqida boshlang’ich ma’lumotlar berishni anglatadigan asarlar nomlarini eslashga , ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma’lum miqdorda badiiy baho bera olishga o‘rgatish. Kichik guruh bolalarining diqqati uncha barqaror bo‘lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qodir bo‘ladilar. 3-4 yosh bolalarda diqqat e’tiborning birmuncha emotsional turg’unligi vujudga keladi. Ular raqsbop kuylarni jonli, ba’zan jo‘shqi holatda idrok etadilar. Yengil kuychan musiqalarni birmuncha hotirjam idrok etadilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo bo‘ladi. hShuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib , tinglagan musiqasi haqida o‘z taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. 5-6 yoshli bolalarda esa erkin ixtiyoriy tarzdagi diqqat e’tibor shakllanib musiqani diqqatni yig’ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. Ularda musiqaga qiziqish , ko‘proq sevimli asarlarini takror-takror tinglash jarayonida yaxshi rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib , asarda badiiy obrazniing rivojlanib borishini kuzatishni o‘rganib boradilar.Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishda musiqa rahbarining qisqa va qiziqarli tushuntirish so‘zi katta rol o‘ynaydi. Cholg’u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa ular asarni yaxshi idrok etadilar.
Bog’chaning tayyorlov guruhida o‘z yoshiga muvofiq musiqa asarini to‘la idrok etishga qodir bo‘ladi. Bog’chada olingan bilim zahirasida malaka va ko‘nikmasi, musiqa turlari, uning xarakteri farqiga borishga yordam beradi va bolaning rivojlanishida kelajakda asosiy rol o‘ynaydigan uch faktor amalga oshadi.
5-7 sinf o‘quvchilari mustaqil fikr yuritadigan aqlan va jismonana rivojlangan musiqiy didi shakllangan bo‘ladi. Shu bois bu yoshdagi bolalar zamonaviy musiqa san`ati va uning ko‘zga ko‘ringan vakillari ijrosini tinglaydi. 7-sinf o‘quvchilari bilan tinglash faoliyatini amalga oshirish jarayonida diqqatni jamlash, musiqani anglash, uni idrok etish, cholg’ularni va musiqiy janrlarni bir-biridan farqlashga o‘rgatish tavsiya etiladi. Tinglash asnosida o‘quvchilarga quyidagi mazmunda bir nechta topshiriqlar berish lozim:

  1. Kuyning xarakterini toping;

  2. Kuy qaysi cholg’uda ijro etilgan ;

  3. Kuyning o‘zbek milliy kuylariga o‘xshash jihatlari bormi?

  4. Ushbu asar siz avval tinglagan kuylarninh qaysi jihatlaridan farq qiladi?

  5. Asarni tinglash jarayonida tasavvuringizda qanday rang yoki obrazlar gavdalanadi? Bu kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilarning badiiy ijodkorlik va tinglash ko‘nikmasi shakllanadi.

Download 19.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling