Reja: Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar
Download 62.06 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-mavzu seminar
6-mavzu. O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li. Reja: 1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. 2. O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi. 3. Taraqqiyotning “O’zbek modeli”. Tayanch so’z va iboralar: O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov, O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat, davlat ramzlari, konstitutsiya, taraqqiyotning “O’zbek modeli”. 1. 70 yildan ortiqroq hukm surgan sobiq ittifoq oxir-oqibat o‘zining qurama va mo‘rtligini ko‘rsatdi. Ittifoqdosh respublikalar aholisi o‘z xalqi, milliy davlatchiligi, qadriyatlari, xohish-irodasi inobatga olinmagan bu ittifoqdan butunlay norozi bo‘lsalar-da, undan osonlikcha chiqishning iloji yo‘q edi. Garchi sobiq ittifoq Konstitutsiyasida bunday qoida mavjud bo‘lsa-da, kuchli markaz, armiya, davlat xavfsizligi qo‘mitasi kabi asosiy kuchlari respublikalaming ajralib ketishiga yo‘l qo‘ymas edi. Bolsheviklar va uning rahbari bu zo‘ravon davlatni tuzish oldidan “inqilobni amalga oshirish uchun inqilobiy vaziyat zarur, bu vaziyat yetilganda ezilgan xalq eskichasiga yashay olmay qoladi, hukmron sinflar esa davlatni eskichasiga idora eta olmay qoladi”, deb yozib qoldirgan edi. Ular aynan shu vaziyatdan foydalanib, o‘zlarining zo‘ravon davlatlarini tashkil etib, bu davlatga sobiq mustamlakalami majburan birlashtirgan edilar. XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmida bolsheviklar foydalangan bunday vaziyat ular tashkil etgan zo‘ravon davlatda ham yetilayotgan edi. Butun sobiq ittifoqda yetilgan bunday vaziyat boshqa respublikalar qatori 0‘zbekistonga ham daxldor edi. Bu paytga kelib sovet davlatining yemirilishi jarayoni tezlashdi. Litva o‘z mustaqilligini e’lon qilib, Latviya va Estoniya ittifoq tarkibidan chiqish uchun faollikni kuchaytirib yubordi. 0‘sha vaqtda Markaz rahbarlari respublikalar ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasin, buning ilojisi topilmadi. Chunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalaming mustaqillikka boigan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq, Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullar - namoyishlar o‘tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g‘ayrikonstitutsion yo’llar bilan davlat to‘ntarishi o‘tkazish asosida bo’lsa-da, oldingi buyrqbozlik tizimini saqlashga va uni mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida O’zbekiston hukumati o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zining faol siyosatini davom ettirardi. 1991-yil 11-yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989-yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlaming mantiqiy davomi edi. Ushbu hujjatda respublikada paxta maydonlarini qisqartirish evaziga tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar yer ajratish ko‘rsatilgan edi. Markazdagi kuchlar qanday bo’lmasin sobiq ittifoqni saqlab qolishga urinib, “Ittifoq shartnomasi” loyihasini ishlab chiqdi (1990-yil noyabr). Ammo bu shartnomada ham respublikalarning asosiy huquqlari yana markaz ixtiyorida qolayotgan edi. Shu sabab, bu loyiha qoilab-quvvatlanmadi. 1991-yil 14-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi boiib o‘tdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I. Karimov nutq so‘zlab, Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirdi va 0‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etdi. 1991-yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident afv etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon hamxalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyani o‘sha davrda faqat ittifoq Prezidenti e’lo n qilar edi. 1991-yilning 22-iyulida 0 ‘zSSR Oliy Soveti “O’zbekiston hududida joylashgan ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O’zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o’tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. 1991-yil 19 - 21 avgust kunlari sobiq ittifoqni saqlab qolishga tish-timog‘i bilan harakat qilgan qora kuchlar1 Moskvada harbiy to‘ntarish qilib, hokimiyatni qo’lga olish maqsadida GKChP - favqulodda holat davlat qo‘mitasini tuzib, amalda o‘zlarining demokratiya, oshkoralik, jamiyatni yangilash, islohotlarga, umuman xalqqa qarshi ekanliklarini ko‘rsatdi. Ular ittifoqda yashovchi barcha xalqlarga mustaqillik bermaslikka, mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolishga urinishdi. 1991-yil avgust voqealari( 1 Bular: SSSR vitse-prezidenti G.Yanayev, Ministrlar soveti raisi V.Pavlov, KGB rahbari V.Kryuchkov, mudofaa vaziri D.Yazov, ichki ishlar vaziri B.Pugo va boshqa yuqori lavozimdagi mas’ul partiya va davlat arboblari edi.) amalda SSSRning chuqur tanazzuli edi. Mamlakatdagi demokratik kuchlar GKChP faoliyatiga chek qo‘yib, hukmron partiya - KPSS faoliyati to‘xtatildi. O’zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quwatlash yo‘lidagi ig‘vokorona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. 0‘sha paytda O’zbekiston rahbari davlat tashrifi bilan Hindiston safarida edi. Safardan qaytgach, Prezident 19-avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O’zbekiston nuqtayi nazarini ma’lum qildi. 20-avgustda O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi boldi. Unda 0‘zbekistonning mustaqillikka erishish yoli o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va 0‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini ta’kidladi. O’zbekiston Prezidenti Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo‘mitasining g‘ayrikonstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy, deb e’lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, Markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir respublika o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholagan O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. 1991-yil 31-avgustda chaqirilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi 0‘zbekistonning Mustaqil Davlat, deb e’lon qilinishida katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Unda “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda “O’zbekiston Respublikasining davlat bayrogi to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonunni, so‘ngra respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. Mazkur sessiyada O’zbekiston SSRning nomi ham o‘zgartirilib, O’zbekiston bundan buyon O’zbekiston Respublikasi nomi bilan ataladigan boidi. Sessiyada “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini elon qilish to‘g‘risida” qabul qilingan qarorda 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb elon qilindi. Sessiyada qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, uning birinchi moddasida “O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir”, - deb qonunlashtirib qo‘yildi. 0‘zbek xalqining muqaddas, tarixiy orzusi ushaldi. U siyosiy mutelik va asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat O’zbekiston Respublikasi paydo boidi. 0 ‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqning uzoq yillar davomida olib borgan og‘ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasi boidi. O’zbekiston xalqi o‘z mustaqilligini quvonch bilan kutib oldi va ma’qulladi. Bunga 1991- yil 29-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan “O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini ma’qullaysizmi?” mavzuida o‘tkazilgan referendum natijalari yaqqol misol bo’la oldi. Umumxalq referendumida saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi yoki 9 mln 898 ming 707 kishi qatnashdi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini yoqlab 9 mln 718 ming 555 kishi yoki referendumda qatnashganlaming 98,2 foizi ovoz berdi. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. 0 ‘z kelajagimizni o‘z qo’lmiz bilan yaratadigan bo’ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga, umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand, qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo’ldik”' Mustaqillik bizga quyidagi imkoniyatlami berdi: - o‘z taqdirini o‘zi belgilash, davlat va jamiyatning siyosiy tizimini mustaqil yaratish, demokratik yo’l bilan saylangan organlar orqali hokimiyatni butun to’laligi bilan boshqarish; - ishlab chiqarish va ilmiy texnik imkoniyatlarga, tabiiy va xomashyo resurslariga to’la egalik qilish va ulardan mamlakat manfaatlari yo’lida foydalanish; - taraqqiyot yo’lini jahon tajribalari, tarixiy an’analar va xalqning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tanlash; - milliy davlatchilik an’analariga asoslangan holda huquqiy demokratik davlat tuzish; - ochiq fuqarolik jamiyati qurish; - tarixni xolisona yoritish, milliy va diniy qadriyatlami qaytadan tiklash, hayotni eski hukmron mafkura va mustabid tuzum asoratidan xalos etish; - yosh avlodni haqiqiy vatanparvar va yurtparvar etib tarbiyalash, ularga zamon talablari darajasida bilim va kasb-hunar berish; - ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlaming iste’dod va qobiliyatlarini to’la namoyon etish; - yurt xavfsizligi, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash; - xalqaro munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida ishtirok etish, boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli shartnoma va bitimlar tuzish; Shuningdek, mustaqillik 0‘zbekistonning barcha xalqaro nufuzli tashkilotlarga teng huquqlilik asosida a’zo bo‘lib kirish imkonini ham berdi. 2. Erishgan istiqlol zudlik bilan uni mustahkamlashning zaruriy choralarini ko‘rishni talab etar edi. 1991-yil 14-sentabrida O’zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII syezdida I.A.Karimov taklifi bilan O’zbekistonKompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi, partiyaning bundan buyon faoliyat ko‘rsatmasligi va ushbu partiya o‘rnida Xalq Demokratik partiyasi tuzilganligi e’lon qilindi. O’zbekiston mustaqil davlat, deb e’lon qilingan kunining o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralari ko‘rildi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasinining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. 1991-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining VIII sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Bayroq yurtning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir. Unda timsollar tilida yaxshilikni, donishmandlikni, shon shuhrat va sadoqatni bildiradigan moviy rang berilgan. 1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasi “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. U rangli tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “0‘zbekiston” degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangdadir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992- yil 10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonovlar tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi. Davlat madhiyasida xalqning iymoni hech qachon o‘chmasligi alohida ta’kidlangan. Mustaqil 0‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyati qurilishining konstitutsiyaviy va huquqiy asoslarini yaratish lozim edi. Bolajak suveren respublika Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi 1990- yil mart oyida I. Karimov tomonidan ilgari surilib, shu yil iyun oyida uning rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya ham tuzilgan edi. Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan millatlar tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning ko‘pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga boy tarixdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o‘rganildi. Yangi mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida 0 ‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O’zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi o‘z ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalami birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bolimini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi. Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yilning oktabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yil bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi. Yangi Konstitutsiyaning komissiya tomonidan yaratilgan nusxalari 1992- yil 26- sentabrda, joylardan tushgan minglab takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lo n qilingan edi. Tuzatish va to’ldirishlardan keyin mustaqil O’zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi. Qabul qilingan yangi Konstitutsiya olti boiim, 26 bob, 128 moddadan iborat boldi. Konstitutsiya muqaddimasida O’zbekiston xalqi: - inson xuquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lo n qilib; - hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda; - o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib; - demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib; - xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda; - respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib; - insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab; - fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida; - o‘zining muxtor vakillari siymosida O’zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi, deb yozib qo‘yildi. Undagi “muxtor vakillari siymosida” deganda xalq deputatlari nazarda tutilgan edi. Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida asosiy prinsiplar bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning ikkinchi bo‘limi 35 moddadan iborat bo‘lib, inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Bunda O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligi, 0 ‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ana shu ikkinchi bo‘limda siyosiy partiyalar va harakatlarga munosabat masalasida qo‘shilish huquqlari ham berilgan. Konstitutsiyada fuqarolarning mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi, deb ta’kidlab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar uchun Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlar, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqning tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlar majburiy ekanligi ta’kidlangan. Konstitutsiyaning “Jamiyat va shaxs” bo‘limida O’zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng huquqqa ega ekanligiga kafolat, ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo‘l ochib berildi. Asosiy Qonunda aynan shu maqsadda mamlakatda mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ham ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlariga maxsus to‘rtinchi bo‘lim ajratilgan. Mustaqil O’zbekiston espublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo‘limda (50-modda) o‘z ifodasini topgan. Davlat va hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, ularni shakllantirish yo‘llari aniq va ravshan bayon etilgan. Shu bilan birga bu bo‘limda mahalliy hokimiyat organlari, sud va prokuratura, davlat mudofaasi masalalari ham o‘z ifodasini topgan. Prezident I.A.Karimov qabul qilingan yangi Konstitutsiyaning ahamiyati haqida: Hur 0’zbekistonimizning tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul qilish - jumhuriyatimizning yangidan tug‘ilishidir, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Qabul qilingan Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan. millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar... Bu Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafiy g‘oyasigak ko‘ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q. Jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosida “fuqaro-jamiyat-davlat” o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik”, deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi g‘oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu asosiy qonun mamlakatda demokratik tamoyillarni amalga oshirishda, xalqni huquqiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi Farmoniga muvofiq, 1994-yilning 1-iyulidan boshlab mamlakatning milliy valyutasi - so‘m muomalaga kiritildi. Ushbu milliy valyuta bugungi kunda ham o‘z qadriga ega bo‘lib, barqarorligini saqlab kelmoqda. 3. O‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so‘ng avvalgi tuzum davrida shakllangan ziddiyatlardan tashqari, ko‘plab yangi, o‘tish davri bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga qalqib chiqdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bozor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asoslangan modeliga o‘tish jarayonini ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirish kerak edi. Ushbu modelning asosiy tamoyillari, amalga oshirish yo‘llari, bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993-yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston: bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida e’lon qilindi. Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustuvorligini ta’minlash. Bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun poydevor vazifasini o‘tashini, ya’ni O‘zbekistonda iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi. Tamoyilda iqtisodiyotning o‘ziga xos ob’ektiv qonunlari mavjudligi, ularni e’tiborga olmasdan ish yuritish mumkin emasligi aks etgan. Iqtisodiy qonunlarning ob’ektivligini tan olib, xo‘jalik faoliyatini ular talabiga mos holda yuritish – o‘tish davri uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega bo‘lgani sababli uni siyosiy kurashlar, turli mafkuralar qurboniga aylantirish mumkin emas. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi lozim. Biroq, bu iqtisodiyotga siyosat ta’siridan tamomila holi deb qarashni bildirmaydi. O‘zbekistondagi taraqqiyot zaruratidan kelib chiqqan siyosat iqtisodiyotga faol ta’sir qilishi lozim bo‘ladi. Ikkinchi tamoyil – davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. Davlat islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga izchillik bilan rioya etishi, eskilik tarafdorlari qarshiligini bartaraf etishi shart. Bu qoida madaniy bozor iqtisodiyoti konsepsiyasiga tayanadi. O‘zbekiston mustabid-rejali, ma’muriy-buyruqbozlik uslubida boshqarilgan iqtisodiyotdan erkin demokratik iqtisodiyot tomon borar ekan, G‘arb mamlakatlari asrlar davomida boshidan kechirgan tarixiy jarayonni o‘tashi shart emas. G‘arbda “beayov va tartibsiz” bozor iqtisodiyoti “yovvoyi kapitalizm” nomini olgan va uzoq davr amalda bo‘lgan. O‘zbekistonda esa madaniy bozor iqtisodiyotiga tartibli ravishda o‘tish madaniy raqobatni shakllantirishi, sheriklik aloqalari, iqtisodiy barqarorlikning ustun bo‘lishi, ommaviy farovonlik kabi belgilarga xos bo‘lishi kerakki, ularni davlatning ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ikkinchi tamoyil davlat iqtisodiyotga minimal darajada aralashib, uni o‘z holiga qo‘yishi zarur, degan g‘oyalarni inkor etadi va davlatning bu borada faolligini bildiradi. Jahonda davlatning iqtisodiy sohadagi funksiyasiga oid to‘plangan tajriba demokratik jamiyatda davlatdan o‘zga umummilliy manfaatni ifodalovchi siyosiy institut bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Uchinchi tamoyil – qonunlarning va ularga rioya qilishning ustuvorligini ta’minlash. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini hech qanday istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga so‘zsiz rioya qilishi lozim. Bu tamoyilga ko‘ra, qonunlar siyosiy hokimiyatni ta’minlovchi kuch, ularga jamiyat a’zolarini yuridik qonunlarga bo‘ysundiruvchi mexanizm sifatida qaraladi. Qonunlar va qonun osti hujjatlar barchaning faoliyatiga tegishli, ammo ular ham eskiradi, ularni hayot taqozosiga ko‘ra yangi qonunlarbilan almashtirish zarur, ya’ni qonunchilikka ijodiy yondoshuv talab qilinadi. Iqtisodiy hayotga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik yuridik qonunlarni ham o‘zgartirib borishni talab qiladi. Uchinchi tamoyil talablari yangicha qonunchilikni yaratishni taqozo etadiki, bu birinchidan, O‘zbekistonning milliy mustaqilligini, ikkinchidan, bozor islohotlarini amalga oshirish uchun huquqiy baza yaratadi. Uchinchi tamoyil siyosiy tizimning bozor iqtisodiyoti talablariga monand tarzda demokratlashuvini bildiradi. Bu tizim sharoitida inson huquqlari, erki, farovonligini ta’minlash bosh vazifaga aylanadi. To‘rtinchi tamoyil – faol ijtimoiy siyosat o‘tkazish. O‘zbekistonda bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholining demografik holatini hisobga olgan holda,uni ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rish lozim bo‘ladi. Bu tamoyil iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning dialektik aloqadorligiga tayangan holda sotsial siyosat yuritish zarurligini asoslaydi. O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti ijtimoiy sohaning moddiy bazasini mustahkamlashi, ijtimoiy sohaning rivojlanishi esa inson omilini faollashtirib, iqtisodiyotga kuchli ta’sir ko‘rsatishi zarur. Ikki sohaning dialektik aloqadorligi ishlab chiqarishning moddiy va insoniy omillari yaxlitligidan kelib chiqadi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli bozor iqtisodiyotidagi ijtimoiy yo‘naltirilgan, xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan bozor xo‘jaligi bo‘lishini anglatadi. Shu maqsad yo‘lida yuritiladigan ijtimoiy siyosatning kuchliligi ijtimoiy adolatni ta’minlashi, kishilarda boqimandalik kayfiyatini bartaraf etishi va ularda faollikni yuzaga keltirish bilan jamiyatdagi sotsial inoqlikni, sotsial guruhlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashni bildiradi. Bu siyosat inson omilini kuchaytirib shu orqali iqtisodiy taraqqiyotga kuchli ta’sir etadi. Beshinchi tamoyil – bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o‘tish. Bu tamoyil O‘zbekiston modelining tamal toshi, uning asosiy mezonidir. Bozor iqtisodiga o‘tish – bu mavjud iqtisodiy tuzumni ta’mirlab takomillashtirish emas, balki tamoman yangi bozor tizimini yaratishni bildiradi. Bu yo‘l revolyusion emas, balki evolyusion yo‘ldir. Bu o‘tish davri bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uzoq davr ekanini bildiradi va odamlar uchun mutlaqo yangi hayot falsafasi hisoblanadi. Mazkur tamoyilga binoan islohotlar tadrijiy yo‘l bilan, ular mustabid-rejali iqtisoddan sekin-asta bozor tizimiga o‘tishini, ammo bu talofatsiz, larzalarsiz bo‘lishini bildiradi. SHoshma-shosharlik bilan bozor qoidalarini hayotga joriy etib bo‘lmaydi. Buning uchun tayyorgarlik va muayyan vaqt talab qilinadi. Bozor munosabatlari shakllanib ulgurmagan sharoitda mavjud aloqalarni buzib yuborish iqtisodni izdan chiqarishi, aholi turmushini keskin pasaytirib, sotsial to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Shu sababdan islohotlar evolyutsion tarzda va sharoit hozirlanishiga qarab ketma-ket o‘tkazilishi kerak. Sekin-astalik va ehtiyotkorlik qoidasi “falaj terapiyasi” tamoyilini inkor etadi. Bu O‘zbekistonning yangi tuzumga, bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan milliy yo‘li edi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishlab chiqqan milliy model o‘ziga xos bo‘lib, unda bozor iqtisodiyotining ma’lum bir turi yoki muayyan bir davlat yo‘li to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib olingani yo‘q. Uni tanlashda mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy sharoiti va salohiyatidan, xalqimizning tarixi, milliy urf-odatlari, diniy e’tiqodidan kelib chiqildi. Bunda ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o‘rganildi va inobatga olindi. Dunyo amaliyotida o‘tish davri uchun mukammal modelning o‘zi yo‘q. Negaki, bir davlatning yo‘li boshqalar uchun mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Har bir mamlakat o‘ziga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, geopolitik va tabiiy-geografik sharoitga ega. SHu ma’noda har bir davlat o‘z iqtisodiy rivojlanish modeliga ega bo‘lishi kerak. Amalda “O‘zbek modeli” atamasi O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylanishi bilan bog‘liq tarzda paydo bo‘ldi. Mutaxassislar tomonidan ushbu atama 1993 yildan qo‘llanila boshlandi, chunki bu davrdan boshlab O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar o‘zida iqtisodiy o‘sish bilan hamohang tarzda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mujassamlashtirgan edi. Albatta, har qanday progressiv g‘oyaning evolyusiyasi bo‘lgani kabi, O‘zbekiston rahbari tomonidan taklif etilgan rivojlanish konsepsiyasi, islohotlarning ko‘lami yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda takomillashib, chuqurlashib bormoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy asoslari, strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, muammolari va ularning hal etilish yo‘llari dastlab O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekistonning o‘z istiklol va taraqqiyot yo‘li”, “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat”, “O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”, “O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” asarlarida o‘z ifodasini topdi. Keyinchalik ushbu konsepsiya “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari”, “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” kabi asar hamda ma’ruzalarida takomillashtirib kelinmoqda. Tahlillar hozirgi davrgacha o‘zbek modeli o‘zining rivojlanishida bir necha bosqichlarni bosib o‘tganini ko‘rsatmoqda. Birinchi bosqich – 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya’ni bu davrda sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan har bir respublika o‘zining imkoniyati va umumittifoq taqsimotidan kelib chiqib, mintaqaviy xo‘jalik hisobiga o‘tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan sotsialistik munosabatlar va O‘zbekistonning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda o‘z ifodasini topdi. Ikkinchi bosqich – mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya’ni o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini izlashning eng murakkab va qiyin pallasi hisoblanadi. O‘z taraqqiyot yo‘lini topish O‘zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, ko‘plab Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, xalqimiz o‘ziga xos eksperiment ob’ektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar hukmronlik qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlar keltirib chiqardi, chunki buning natijasida pishib etilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish munosabatlari shakllandi. Uchinchi bosqich – 1993-1995 yillar, ya’ni o‘zbek modeli amalga oshirilishining dastlabki davri. Ushbu bosqichda bozor infratuzilmasi vujudga keldi, xususan, uning normativ-huquqiy bazasi, xususiy sektor, bank-kredit mexanizmi uchun xizmat ko‘rsatish sohasi, soliq siyosati shakllanib bordi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, uy-joy fondini, ijtimoiy soha tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pulli xizmat ko‘rsatish kabilarda) faol xususiylashtirish jarayoni boshlandi hamda yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirishga tayyorgarlik ko‘rildi. Eng muhimi, O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning to‘laqonli sub’ektiga aylandi. To‘rtinchi bosqich – 1995-1999 yillar. Bu davrda aholi tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini, olib borilayotgan islohotlar real yo‘nalish va shaklga ega ekanligini anglab etdi. Chunki o‘zbek modeli islohot o‘tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari talab darajasida ekanligini ko‘rsatdi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab chet el ekspertlari O‘zbekiston tanlagan yo‘lni Janubi-Sharqiy Osiyoning industrial mamlakatlarida olib borilgan islohotlar yo‘nalishiga o‘xshata boshladilar. Yangi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning o‘sishi iqtisodiyotda yuqori texnologik tarmoqlar ulushining o‘sishiga olib keldi. Bu davrda ayniqsa kimyo va neftkimyo, farmatsevtika sanoatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi ko‘zga tashlandi. Qator strategik sohalarning, xususan don va energetika mustaqilligi ta’minlandi. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllandi. Beshinchi bosqich – 1999 yildan boshlanib 2010 yilgacha davom etdi. Import o‘rnini bosuvchi va ommaviy eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizimni to‘la hajmda shakllantirish, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning faollashuvi bu davr amalga oshirilgan islohotlarning asosiy belgisi bo‘ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarning barpo etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarining amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlar o‘z natijasini berdi. Oltinchi bosqich – 2010 yildan boshlandi va uning tub mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” ma’ruzasida o‘z aksini topdi. Ushbu yondashuv rivojlanishning o‘zbek modelini nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitib, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini berdi. Xususan, o‘zbek modeli, bir tomondan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish amaliyoti bilan boyitilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish, strategik ahamiyatga molik loyihalarni hayotga tadbig‘ etish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish, xalqning hayot darajasi va farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan siyosat doirasidagi qator vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish borasida to‘plangan tajribaga ega bo‘ldi. Muhimi shundaki, O‘zbekistonning jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqeini mustahkamlash, global iqtisodiy tizimga integratsiyalash masalalari doirasidagi islohotlar jadallashdi. Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O‘zbekistonda 1996 yildan boshlab izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Agar 1996-2003 yillarda o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yildan boshlab bu jarayon yangi bosqichga ko‘tarilib, yuqori darajada – yiliga o‘rtacha 7,5-9 foiz o‘sishnitashkil etmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan rahbariyat oziq-ovqat muammosini o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini ta’minlash masalasini kun tartibiga qat’iy vazifa qilib qo‘ydi. Puxta o‘ylab yuritilgan iqtisodiy siyosat natijasida ekin maydonlari tarkibi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqildi. Mamlakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada oziq-ovqat xavfsizligi, g‘alla mustaqilligi ta’minlandi. O‘tgan yillarda g‘alla etishtirish hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan ko‘proq oshdi. Bugungi kunda iqtisodiyotda nodavlat sektori ulushi 83 foizdan ortiqni tashkil etmoqda. YAlpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmog‘i 54 foizdan oshib ketdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining salkam 98 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng muhimi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik odamlar uchun barqaror daromad manbalari yaratishning eng muhim omiliga aylandi. Hozir aholi yalpi daromadlarida kichik tadbirkorlik faoliyatidan tushayotgan daromadlarning ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Asakadagi engil avtomobillari va Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodlar, yuzlab zamonaviy engil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada mustaqillik yillarida mamlakatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,4 barobar oshdi. Ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilinmoqda. Eng og‘ir, keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolar girdobida turgan o‘tish davrida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. SHu bois ham, milliy modelning o‘ziga xos jihatlaridan biri – taraqqiyotning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritilgani, aholining kam ta’minlangan qatlami ishonchli ijtimoiy himoya qilingani bo‘ldi. Bu o‘tish davrining eng og‘ir bosqichlarida ham jamiyatimizda ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi. Download 62.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling