Reja: Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi


Download 20.25 Kb.
bet4/4
Sana09.04.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1347109
1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonning yangi tarixi fanidan3-topshiriq

Mustaqilligimizning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligi, yoqilg‘ienergetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotimizning yetakchi sohalarini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish, eng zamonaviy korxonalarni barpo etish, kichik biznes va tadbirkorlik, fermerlik harakatini bugungi talablar asosida rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan tom ma’nodagi ulkan ishlarning mazmun-mohiyatini keng tahlil qilish;

Istiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko‘hna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangani, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo‘lganini ifoda etish;

Yurtimizda mustaqil davlat barpo etish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot darajasiga erishish, O‘zbekistonimizni dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarishdek ulug‘ maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yib, bu marralarning naqadar buyuk va mas’uliyatli ekanini o‘zimizga chuqur tasavvur qilgan holda, ana shunday yuksak ufqlar sari dadil borayotganimizning eng asosiy omil va mezonlarini keng yoritish. Bunda, avvalo, o‘z qadr-qimmatini chuqur anglagan, mustaqil va erkin fikrlaydigan, betakror milliy qadriyatlarimiz, bebaho madaniy merosimizning munosib vorislari bo‘lish bilan birga, dunyo ilmu fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirib, zamon bilan hamohang bo‘lib yashashga, manaman degan davlatlardagi tengdoshlari bilan bemalol bellashuvga tayyor bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi istiqlol yillarida O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini aks ettirish. Qanday og‘ir bo‘lmasin, ana shu buyuk maqsadni amalga oshirish uchun barcha kuch-qudratimiz va imkoniyatlarimizni safarbar etganimiz, shu yo‘lda ahamiyatini baholashning o‘zi qiyin bo‘lgan ishlarimizning amaliy natijalarini ko‘rsatish. Bugungi kunda bu yutuqlar hayotimizda, mamlakatimiz taraqqiyotida, o‘zgalarning havasini tortayotgan barqaror o‘sish sur’atlarida yaqqol namoyon bo‘layotgani, kamol topayotgan farzandlarimiz hayotimizning asosiy, hal qiluvchi kuchi sifatida maydonga chiqayotganini ta’sirchan misollarda ifoda etish.

Yuqorida zikr etilgan fikrlarni bundan o‘n olti yil avval qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy davomi bo‘lgan Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi va boshqa muhim ijtimoiy dasturlar tahlili orqali mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligiga yetkazish;


Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling