Asosiy qism: I bob statsionar tasodifiy jarayonlar


Download 0.88 Mb.
bet1/7
Sana22.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1042601
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qosimov Azamat 157 Mat


REJA
KIRISH
ASOSIY QISM:
I BOB STATSIONAR TASODIFIY JARAYONLAR
1.1. Statsionar tasodifiy jarayonlar
1.2. Markov jarayonlari
II BOB MARKOV ZANJIRLARI
2.1. Markov zanjirlari. O’tish ehtimolliklari.
2.2. Markov zanjiri holatlarining klasssifikatsiyasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

\


KIRISH
Davlatimizda yoshlarimizni barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga bilim, ta’lim-tarbiya berish masalasi konstitutsiyaviy maqomga ega bo’ldi. Ma’naviyatimiz asosini tashkil etgan, hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida turgan ta’lim masalasi asosiy qonunimizdan mustahkam o’rin oldi.
O’zimizning ma’naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha g’amxo’rlik qilishimiz kerak”. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yili 15-iyun kuni Toshkentda bo’lib o’tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so’zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to’xtalib o’tdi. "Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi
Tashqaridan qaraganda matematikani akademik litseylarda o’qitish juda sodda va asosan quyidagi ikki muammodan iboratdek ko’rinadi: birinchidan, o’quv rejasiga ko’ra ajratilgan soatlarda bayon etish mumkin bo’lgan materialni ajratish va ikkinchidan, uni o’quvchilarga mantiqiy bayon etish va buning natijasida akademik litsey pedagogikasi mazkur masalalar bilangina chegaralanadi degan tasavvur paydo bo’ladi. Lekin aslini olganda tanlab olingan o’quv materialini o’qitish muammolari bir muncha murakkabdir. Tavsiya etilgan o’quv adabiyotlaridan foydalanib o’quv materialini og’zaki bayon etish jarayonini umumiy nuqtai nazardan baholash uning quyidagi asoslarga ko’ra shakllanganligini ko’rsatadi: matematik nazariyalar boshlang’ich tushunchalar asosida formal mantiq qoidalariga ko’ra qurilganligiga asosan, ta’lim berish jarayoni ham asosan matematik nazariyaning formal-mantiqiy tomonlarini talabalarga bayon etishdan iborat bo’lishi kerak va bu jarayon qisqa vaqt ichida, ketma-ketlik bilan, ortiqcha so’zlarsiz, talabalar bilim darajasiga javob berishi zarur.
Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar o’ziga xos jamiyat hayotini yangilashda muhim o’rin tutadi.
Yosh avlodga ta’lim berish jarayonini samarali tashkil etish, ularga ilmiy bilimlarni berish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Bu ta’lim sohasining yuksak darajada rivojlanishinigina kafolati bo’lmay, balki xalq xo’jaligini malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash imkonini ham beradi.
Hozirgi kunda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kursi dasturini mazmuni va uning bayon qilish metodlarining asosiy maqsadi o’quvchilarning shu fan bo’yicha egallaydigan bilimlari sistemasini yanada chuqurroq shakllantirish, ularning bilim olish jarayonini faollashtirishdan iboratdir.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling