Reja: Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi


Tayinlash yo'li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlari oldida hisob berib turishi


Download 20.25 Kb.
bet3/4
Sana09.04.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1347109
1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonning yangi tarixi fanidan3-topshiriq

8. Tayinlash yo'li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlari oldida hisob berib turishi.

9. Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjudligi.

10. Umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o'tkazilishi.

11. Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi.

12. Siyosiy muholifatning ochiq faoliyat ko'rsatishi.

13. Jamiyatda xilma-xil fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi .

XULOSA

O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li – o‘zbek modelining mamlakatimiz uchun hal qiluvchi bir paytda eng to‘g‘ri, eng oqilona yo‘l sifatida tanlanganini, o‘tgan yillar davomida bu yo‘l yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, har bir oila, butun jamiyatimiz hayotida sinovdan o‘tib, amalda har tomonlama o‘zini oqlagani va bugungi kunda amaliy natijasini berayotganini aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan tashviqot-targ‘ibot ishlari, jonli suhbat va muloqotlarning asosiy yo‘nalishi deb qabul qilish;

mamlakatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab belgilab olingan “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, odamlarimiz qalbidagi ezgu orzu-intilishlarni yaqqol ifoda etgan olijanob da’vat xalqimizni huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida safarbar etgani, yurtdoshlarimizning yuragiga chuqur kirib borgani istiqlol yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning hayotbaxsh manbai bo‘lib kelayotganiga alohida e’tibor qaratish;

Mustaqillikka erishish arafasida va istiqlolning dastlabki yillarida, mamlakatimiz keskin ijtimoiy muammolar girdobida qolib ketgan tahlikali bir paytda mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar mohiyatini teran aks ettirish. Jumladan, g‘oyat og‘ir ayni o‘sha sharoitda aholiga qo‘shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi farmon va qarorlar qabul qilingani, shu asosda O‘zbekiston bo‘yicha 2,5 million oilaga hammasi bo‘lib 700 ming gektar sug‘oriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk qilib berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish, aytish mumkinki, jar yoqasida turgan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan tarixiy qadam bo‘lganini chuqur ochib berish. Ana shunday o‘zgarishlar tufayli odamlar dunyoda adolat va haqiqat borligiga, mustaqillik har qaysi oila, butun xalqimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydigan bebaho ne’mat ekaniga chin dildan ishonch hosil qilgani va shu kabi boshqa misollarda mustaqillik degan buyuk tarixiy hodisaning qadr-qimmati va ahamiyati haqida fikr yuritish;


Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling