Reja: Nafas olish turlari 2


O'pka va to'qimalarda gazlar almashinuvi


Download 0.88 Mb.
bet7/8
Sana23.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1111601
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafas olish koeffeitsenti

3. O'pka va to'qimalarda gazlar almashinuvi

Nafas bilan qabul qilinadigan va chiqariladigan havoning tarkibi. Atmosfera havosi tarkibida 20,94% kislorod, 0,03% karbonat angidrid, 79,3% azot bo'ladi. Boshqa gazlar juda kam miqdordabo'ladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3% kislorod, 4% karbonat angidrid, 79,7% azot bo'ladi. O'pka alveolalari ichidagi havo tarkibida 14,2-14,6% kislorod, 5,5-5,7% karbonat angidrid va 80% azot bo'ladi.Nafas bilan chiqariladigan va o'pka alveolalari ichidagi havoning tarkibi bir-biridan farq qilishiga sabab shuki, o'pka alveolalaridan nafas bilan chiqariladigan havo nafas yo'llaridagi (bronxlar va traxeyalardagi) havo bilan amlashadi. Nafas yo'llaridagi havoning tarkibi atmosfem havosining tarkibiga yaqin bo'ladi, chunki u nafas organi bilan qon o'rtasidagi gazlar almashinuvida ishtirok etmaydi.O'pkalarda gazlar aImashinuvi. Nafas organlarining tuzilishimavzusida aytilganidek, odamning ikkala o'pkasidajuda ko'p mayda pufakchalar, ya'ni alveolalar bo'lib, ularning soni o'rtacha 750 millionga yaqin, umumiy sathi 100 m' dan oshadi. Alveolalarning bunday katta sathi o'pkada gazlar almashinuvi tez o'tishini ta'minlaydi.
Alveolalaming devori juda yupqa (0,004 mm) bo'ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to'rsimon shaklda o'mb tumdi. Nafas olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yo'llari orqali alveolalar bo'shlig'iga kimdi. Alveolalar va ular atrofini o'rab turgan mayda qon tomirlari devori o'rtasida diffuziya yo'li bilan gazlar almashinadi. Alveola bo'shlig'idagi havo tarkibidagi kislorod qonga o'tadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalarga o'tadi. Buning sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibidagi kislorodning bosimi yuqori, qon tarkibida esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lishidir. Tinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan 250-300 ml kislorod qabul qiladi.To'qimalarda gaz almashinuvi. O'pka alveolalaridan diffuziya yo'li bilan qonga o'tgan kislorod qizil qon tanachalari - eritro¬tsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha to'qimalariga boradi. Qon bilan to'qimalar (hujayralar) o'rtasida gaz almashinuvi ham xuddi o'pka alveolalari bilan qon tomirlari o'rtasidagi gazlar almashinuviga o'xshab, diffuziya yo'li bilan bomdi. Qonda kislorodning bosimi yuqori bo'lganligi uchun u to'qimaga o'tadi, to'qimada esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lib, u qonga o'tadi. Shunday qilib, to'qimaga kelgan arterial qon kislorodni to'qimaga o'tkazadi va to'qimadan karbonat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga aylanadi. Bu venoz qon yuqori va pastki kovak venalar orqali yurakning o'ng bo'lmasiga quyilib, undan o'ng qorinchaga o'tadi. So'ngra o'pka arteriyasi o'pka alveolalariga boradi va o'zidagi karbonat angidridni beradi. O'pkadan kislorod qabul qilib, arterial qonga aylanadi. Bu qon o'pka venalari yumkning chap bo'lmasiga, undan chap qorinchaga quyiladi. So'ngra aortaga o'tadi va arteriya tomirlari hamda mayda kapillyarlarga bo'linib, tananing barcha to'qima va hujayralarini kislorod bilan ta'minlaydi.
H ajmi bo'yicha o'ng o'pka chapga qaraganda kengroq va qisqaroq. Pastki oldingi mintaqadagi chap o'pkada yurakdan hosil bo'lgan chuqurchaga ega. Har bir o'pka loblarga, o'ng o'pka uchtaga va chap o'pka ikkiga bo'linadi. Bronxlarning ko'p sonli shoxlari bronxial daraxtni tashkil qiladi.
O'pka to'qimasi piramidasimon bo'laklardan (uzunligi 25 mm, kengligi 15 mm) iborat bo'lib, ularning asosi sirtga qaragan. Bronx lobulaning yuqori qismiga kiradi, u ketma-ket bo'linish natijasida unda 18-20 terminal bronxiolalar hosil qiladi. Ikkinchisining har biri o'pkaning strukturaviy va funktsional elementi - asinus bilan tugaydi. Acinus 20-50 ta alveolyar bronxiolalardan iborat bo'lib, alveolyar yo'llarga bo'linadi; ikkalasining devorlari alveolalar bilan zich joylashgan. Har bir alveolyar o'tish terminal bo'limlarga - 2 ta alveolyar qoplarga o'tadi.
Alveolalar (diametri - 0,15 mm) yarim sharsimon o'simtalar bo'lib, ingichka shaffof epiteliy bilan qoplangan va qon kapillyarlari tarmog'i bilan o'ralgan biriktiruvchi to'qima va elastik tolalardan iborat. Alveolalarda gaz almashinuvi qon va atmosfera havosi o'rtasida sodir bo'ladi. Bu holda kislorod va karbonat angidrid qon eritrotsitidan alveolalarga diffuziya jarayonida o'tib, alveolalar epiteliysidan, bazal membranadan va qon kapillyarining devoridan umumiy diffuziya to'sig'ini yengib o'tadi, umumiy qalinligi 0,5 mkm gacha, 0,3 soniyada. 3-rasmda alveolalar misoli ko'rsatilgan.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling