Reja: Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisobitoblarining rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi. To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning rasmiylashtirilishi va
Download 49.79 Kb.
|
Kirim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati.
Akkreditivni bajaruvchi bankda akkreditivning ishlatilishi
Akkredetivni bajaruvchi bank emitent bankdan elektron to‘lovlar tizimi orqali to‘lovni qabul qiladi. Bu bankda akkreditivlarni ochish haqidagi ariza 2 nusxada qog‘ozga chiqariladi: -arizaning birinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo hamda bankning muhr izi qo‘yilgan holda bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi. -ikkinchi nusxasi “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”deb nomlangan 1-kartotekaga joylashtiriladi. Emitent bankdan qabul qilingan to‘lov summasi 22602 -“Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvarag‘iga o‘tkazilib, mahsulot jo‘natilib, bu haqda mahsulot jo‘natuvchi korxonadan kerakli hujjat taqdim qilingunga qadar saqlanadi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi yordamida amalga oshiriladi. Debet 10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i” (yoki 16103) Kredit 22602 - “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida bank xabar beriladi. Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan hisobvarag‘iga mijozning akkreditivlar bo‘yicha hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi: Debet 22602 - “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag‘i. Mijozlarning qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga qarab 20200 hisobvaraqning tegishli yordamchi (subschyot) hisobvaraq nomeri olinadi. Shunday qilib, akkreditiv mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga xizmat qiluvchi bankda quyidagicha yopiladi: akkreditiv muddati tugagandan keyin bajaruvchi bank akkreditiv yopilganligi to‘g‘risida emitent bankka xabar beradi; mahsulot yetkazib beruvchining muddatdan oldin akkreditivni ishlatishdan voz kechish to‘g‘risidagi arizaga ko‘ra, mahsulot yetkazib beruvchining keyingi akkreditivdan foydalanishdan voz kechishi to‘g‘risidagi arizasiga asosan bank- emitentga bajaruvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi; Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalarni quyidagi sxema orqali umumlashtiramiz. 1-sxema Mahsulot oluvchi o‘z bankiga akkreditiv ochish haqida ariza taqdim etadi. Mahsulot oluvchi korxona banki arizaga asosan mahsulot oluvchi korxona hisobvarag‘idan to‘lov o‘tkazadi. Akkreditiv ochish haqida elektron ariza Hisob Markaziga “Elektron pochta” orqali o‘tkaziladi. Hisob Markazi elektron to‘lov tizimi orqali mahsulot oluvchi korxona bankining vakillik hisobvarag‘idan pul mablag‘larini mahsulot sotuvchi korxona bankining vakillik hisobvarag‘iga pul o‘tkazadi. Kelib tushgan mablag‘lar mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha hisobvarag‘ida deponentlashtiriladi. Akkreditiv ochilgani haqida mahsulot yetkazuvchiga xabar beradi. Mol sotuvchi mol oluvchi korxonaga tovar jo‘natadi. Mahsulot yetkazuvchi mahsulot jo‘natilganligi haqidagi hujjatlarni bankka taqdim etadi. Bank deponentlangan summani mahsulot sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkazadi va akkreditivni yopadi. Bajaruvchi bank akkreditivni yopilganligi haqida emitent bankka xabar beradi. Download 49.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling