Reja: Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisobitoblarining rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi. To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning rasmiylashtirilishi va
To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va
Download 49.79 Kb.
|
Kirim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati.
To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi.
To‘lov topshiriqnomasi bu – to‘lovchi korxonaning uning bankdagi depozit hisobvarag‘idan pul mablag‘larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka bergan topshirig‘idir. To‘lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to‘lovchi tomonidan rasmiylashtirilib, bankka topshiriladi. To‘lov topshiriqnomalari orqali quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi: -tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar; -notovar operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar; -Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bank ssudalari va unga qo‘shilgan foizlarni qoplash uchun mablag‘ o‘tkazish; -Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to‘lovlari. Ilgari to‘lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida bankka topshirilishi mumkin bo‘lib, shu davr ichida u haqiqiy bo‘lib hisoblanar edi. “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi yangi Nizomga asosan to‘lov topshiriqnomasi rasmiylashtirilgan kun bankka taqdim etilishi lozim, ya’ni topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi. Lekin budjetga va budjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar bundan mustasno. To‘lov topshirig‘ining barcha rekvizitlari to‘ldirilgandan so‘ng, topshiriqnomaning alohida ajratilgan pastki qismiga to‘lovchi korxona rahbari va bosh buxgalterining imzosi hamda muhr izi qo‘yiladi. Ushbu muhr va imzolar to‘lov topshirig‘ining faqat birinchi asl nusxasiga qo‘yiladi. Korxonalardan hujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Agar to‘lov topshirig‘i to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilib, uni to‘lashga yetarli pul mablag‘lari bo‘lsa, mas’ul ijrochi topshiriqnomadagi barcha ma’lumotlarni dasturiy yo‘l bilan komputer orqali bankning elektron to‘lovlarini amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o‘tkazadi. Ertasi kun ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgandan keyin hujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig‘majildiga tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivda saqlanadi, bir yil o‘tgandan so‘ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To‘lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda operatsiyalar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida mijozga qaytarib beriladi. Davlat korxonasi xususiy korxonadan mahsulot sotib oldi. Davlat korxonasi sotib olingan mahsulotning pulini to‘lash uchun to‘lov topshirig‘i rasmiylashtirib o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etdi. To‘lov topshirig‘i tegishli nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng, pul o‘tkazish bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajarildi: Debet 20210 “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depoziti”. Kredit 20208 “Xususiy korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depoziti”. Yuqorida ko‘rsatilgan buxgalteriya yozuvlari har ikkala korxonaga bitta bank xizmat ko‘rsatgan holda bajariladi. Agar mablag‘larni oluvchi korxona boshqa bank xizmatidan foydalanadigan bo‘lsa, u holda to‘lovchi bankidan vakillik hisobvarag‘i orqali o‘tkaziladi. Bunday holni quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali ko‘rish mumkin: Debet 20210 “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depoziti” Kredit 10301, 16103 “Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i” Elektron to‘lovlar tizimi orqali olingan elektron to‘lov topshiriqnomalari mablag‘larni oluvchi bankda qog‘ozga chiqariladi. Topshiriqnomaning elektron ko‘rinishi bankning axborot bazasida saqlanadi. Elektron topshiriqnomaning qog‘ozga chiqarilgan nusxasi esa bank mas’ul ijrochisining imzosi va bank muhri izi qo‘yilgan holda mijoz hisobvarag‘iga ilova sifatida mijozga beriladi. Bu bankda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet 10301, 16103 “Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i” Kredit 20208 “Xususiy korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depoziti”. Ushbu buxgalteriya yozuvi yordamida to‘lovchi korxona bankidan Markaziy bank orqali kelib tushgan pul mablag‘lari mablag‘ oluvchi korxona bankida mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Download 49.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling