Reja: Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisobitoblarining rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi. To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning rasmiylashtirilishi va


Download 49.79 Kb.
bet4/6
Sana27.12.2022
Hajmi49.79 Kb.
#1068042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati.

Debet 20210 - “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i”
Kredit 10103 - “ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”
Balans ichidagi hisobvaraqlar bo‘yicha bajarilgan ushbu buxgalteriya yozuvlaridan avval balansdan tashqari ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi, 1-kartotekadagi to‘lov talabnomasining o‘zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi:
Debet 96319 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr. hisobvaraq”
Kredit 90962 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Bu buxgalteriya yozuviga qarama-qarshi bo‘lgan yozuv to‘lov talabnomasini 1-kartotekaga qabul qilingan paytda bajariladi, ya’ni to‘lov talabnomasining 1- kartotekaga kirim qilinganligi bildiradi. Yuqoridagi buxgalteriya yozuvi esa talabnomaning kartotekadan olinganligini bildiradi.
To‘langan talabnoma elektron to‘lovlar tizimi yordamida Markaziy bank qoshidagi Hisob Markazi orqali mahsulot sotuvchi bankiga o‘tkaziladi. Talabnomaning ushbu nusxasi bankning kundalik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
To‘lov o‘tkazish bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi:
Debet Mahsulot sotib oluvchining depozit hisobvarag‘i
Kredit Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i

Yuqoridagi balans ichidagi buxgalteriya yozuvini bajarishdan avval hujjat 2- kartoteka hisobidan chiqariladi.



    1. bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovni qabul qilish bo‘yicha operatsiyalar

To‘lovchi korxona bankida to‘langan to‘lov talabnomasi “Elektron pochta” elektron tizimi orqali Markaziy bank qoshidagi Hisob Markaziga uzatiladi. Hisob Markazida to‘lovchi korxona bankining vakillik hisobvarag‘idan to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan pul summasi mahsulot yetkazib beruvchi bankining vakillik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Elektron to‘lov tizimi orqali olingan elektron talabnomalar mablag‘larni oluvchi bankda bir nusxada qog‘ozga chiqariladi. Ilgari to‘lov talabnomasi yana bir nusxa chiqarilib bankning hujjatlar papkasida saqlanar edi. Hozir esa bankning o‘zida bank axborotlar bazasida elektron to‘lov talabnomasi saqlanadi. Elektron to‘lov talabnomasi mas’ul ijrochining imzosi va bank muhri qo‘yilgan holda mahsulot yetkazib bergan korxonaning depozit hisobvarag‘iga ilova sifatida qo‘shib beriladi. Shu bilan birga bu korxonaga hisobvaraqdan ko‘chirma ham beriladi. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to‘lovchi bankidan kelib tushgan to‘lov summasi quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi:
Debet Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i
Kredit Mahsulot yetkazib beruvchining depozit hisobvarag‘i
Bu yerda mahsulot etkazib beruvchi davlat tasarrufidagi, davlat tassarrufidan tashqaridagi turli mulkchilik shakllariga qarashli korxonalar bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra ularning hisobvaraq nomerlari belgilanadi.




  1. Download 49.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling