Reja: Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisobitoblarining rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi. To’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning rasmiylashtirilishi va


Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va


Download 49.79 Kb.
bet5/6
Sana27.12.2022
Hajmi49.79 Kb.
#1068042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati.

Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi.

Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to‘lov aylanmasida juda kam ulushni tashkil etadi. Jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni kafolatlash maqsadida akkreditiv shakldan foydalaniladi.
Akkreditiv-mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Akkredetiv so‘zining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “ishonchli” degan ma’noni bildiradi.
Unga ko‘ra akkreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchiga to‘lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to‘lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin.
Akkreditivlar ochilganda akkreditiv ochgan bank to‘lovchining shaxsiy mablag‘idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol yetkazib beruvchining banki tasarrufiga alohida “Akkredetivlar” balans hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazib bersa, bunday akkreditivlar qoplagan akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan bank xalqaro qabul qilingan andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi.
Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo‘lib, bank va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan xo‘jaliklarga bunday akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Qoplanmagan akkreditivning qoplangan akkreditivdan farqi shundan iboratki, bunda to‘lovchi korxonaning pul mablag‘lari alohida hisobvaraqqa o‘tkazib qo‘yilishi talab qilinmaydi. Bank to‘lovchi hisobvarag‘ida to‘lov hujjatlari kelib tushganda pul bo‘lmagan taqdirda bank mablag‘lari hisobidan to‘lov berishni kafolatlaydi. Akkreditivning bu turining qulayligi shundaki, mol sotib oluvchining pul mablag‘lari aylanmadan tashqariga chiqib ketmaydi, ikkinchi tomonidan mol jo‘natuvchi korxona uchun ham to‘lov kafolatlangan. Faqat bank mablag‘lari hisobidan to‘lov amalga oshirilganda shartnomada kelishilgan miqdorda haq to‘lanadi.
a) Emitent bankida akkreditivning ochilishi.
Akkreditiv faqat bir ta’minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish tartibi tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Shartnomada:
-emitent-bankning nomi;
-akkreditiv turi, uni bajarish muddati va bajarish usullari;
-mol yetkazib beruvchining akkreditiv bo‘yicha mablag‘ olishi uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxati va ularning aniq tavsifi;
-tovarlarni jo‘natgandan keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati;
-mol yetkazib beruvchi va oluvchi tomonlar nomi, ularning yuridik adreslari;
-bajaruvchi bank nomi va boshqalar ko‘rsatiladi.
Akkreditiv ochish uchun xaridor o‘z bankiga – bank emitentga akkreditivlarni ochish to‘g‘risidagi arizani 2 nusxada taqdim etadi. Arizada akkreditiv ochish uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami, akkreditivning amal qilish muddati, akkreditivni bajaradigan bankning nomi, akkreditiv ijro etiladigan joy, akkreditiv turi, akkreditiv bo‘yicha haq to‘lanadigan hujjatlarning to‘liq va aniq nomi, rasmiylashtirish tartibi, akkreditiv bo‘yicha to‘lash usuli va boshqa kerakli rekvizitlar ko‘rsatiladi.
Bankda ushbu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi akkreditiv ochish haqidagi arizani olib, uning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilganligi, barcha kerakli rekvizitlarning mavjudligini tekshirib ko‘radi. Shundan so‘ng qabul qilingan akkreditiv ochish haqidagi arizaning birinchi nusxasiga o‘z imzosini, bankning to‘rtburchak muhr izi, arizani qabul qilish sanasi va to‘lov o‘tkazilgan sanani qo‘yadi. Arizaning birinchi nusxasida ko‘rsatilgan barcha rekvizitlar komputerga kiritib elektron to‘lovlar tizimi yordamida to‘langan summani Markaziy bankning Hisob markazi orqali mahsulot jo‘natuvchi korxona bankiga, ya’ni bajaruvchi bankka jo‘natiladi. Xaridorning hisobvarag‘idan to‘lovni o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi:
Debet “Mahsulot oluvchi korxonaning depozit hisobvarag‘i” Kredit “Emitent bankning vakillik hisobvarag‘i”
Bir vaqtning o‘zida akkreditiv summasi akkreditivlarni hisobga oluvchi ko‘zda tutilmagan hollar hisobvarag‘iga kirim qilinadi. To‘lov o‘tkazilgandan so‘ng arizaning ikkinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi, bankning to‘rtburchak muhr izi, to‘lov o‘tkazilgan sana hamda qabul qilish sanasi qo‘yilgan holda to‘lovchiga shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi.

Download 49.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling