Husayn Voiz Koshifiy
|
Navoiy shunchalar fozil insonki, uning “fazl gulzori”dan taralayotgan ifordan jonu dil fayz topadi. Uning qiyofasi shunchalar nuroniyki, birgina nigohi shu'lasidan quyosh va oy nur olib, yarqirab turibdi... Ey jahon! Navoiy – bizning boyligimiz. Ey osmon! U – bizning ulug‘imiz!
| |
Zahiriddin Muhammad Bobur
|
Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she'r aytubturlar, hech kim oncha ko‘b va xo‘b aytqon emas... Ahli fazl va ahli hunarg‘a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma'lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay.
| |
Xondamir
|
... Xito va Xo‘tan mamlakatlarining chegaralaridan boshlab, to Rum va mag‘ribzamin mamlakatlarining oxirigacha shoh va gado, yosh va qari, musulmon va nasroniy, yaxshi va yomon og‘zida ul hazratning go‘zal nazmlari mazkur va butun xalq ommasi va ayrim tabaqalarning ko‘ngil sahifalarida va qalb lavhalarida muborak she'rlari naqshlangandir.
| Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi - Xristofor Tabriziy (1557),
- Sitsishvili (XVII asr),
- Artoleme d’Erbelo (1697),
- Silvestre de Sasi,
- Katrmer (1841),
- I.N.Beryozin,
- V.V.Velyaminov (1868)
- Pave de Kurteyl,
- X.Purgshtall (1818), P.Savelyev (1835),
- M.Nikitskiy (magistrlik diss. (1856),
- M.Belen (1868), E.Bloshe, L.Buva (1926-27), E.Braun (1920), V.Bartold,
- Y.E.Bertels,
- A.Kurella
- B.Haynkele,
- K.Shuning, Y.Paul, M.Kirhner, Z.Klaynmihel, E.Taube
- M.Sabtelni, V.Feldmen, D.Genchturk, D.Devin, K.Adaxl, G.Dik, B.Xoberman
HAYOTIGA DOIR MUHIM MA’LUMOTLAR
1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug‘ildi. Bu sana hijriy 844 -ramazon oyining 17- kunida bo‘lib, tovuq yiliga to‘g‘ri keladi. (“Makorim ul-axloq”)
Do'stlaringiz bilan baham: |