Reja: Navoiy ijodining oʻrganilishi


-yil maktabga boradi va shahzoda Husayn bilan birga o‘qiydi. 1447-yil


Download 1.46 Mb.
bet4/6
Sana15.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1199578
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Alisher Navoiy hayoti va tarjimai holi

1445-yil maktabga boradi va shahzoda Husayn bilan birga o‘qiydi.
1447-yil Shohruh Mirzo vafot etadi va Alisherlar oilasi Iroqqa ko‘chadi. Alisher Taft shahrida Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi, ulug‘ olim yosh Alisherni duo qiladi.
1451-yil taxtga Abulqosim Bobur chiqadi va G‘iyosiddin oilasini Hirotga olib qaytadi.
1452-yilda Abulqosim Bobur G‘iyosiddin Kichkinani Sabzavorga hokim qilib tayinlaydi, Alisher Sabzavorda tahsilni davom ettiradi.
1453-yil Alisher do‘sti Husayn bilan Abulqosim Bobur xizmatiga kiradi.
1457-yil Abulqosim Bobur vafot etadi. Abu Sa’id taxtga chiqadi. Husayn taxt uchun kurashga kirishib ketadi, Alisher Mashhadda o‘qishni davom ettiradi, shu davrda Lutfiy va Kamol Turbatiylar bilan uchrashadi.
XV asrning 60-yillarida tog‘alari Mirsaid Kobuliy va G‘aribiylar jangda halok bo‘lgan edi. Shoir Xurosondan Samarqandga yo‘l oladi.
1465-69-yillarda Navoiy Samarqandda yashab, ilm oladi. Dastlabki qiyinchiliklardan keyin yosh shoirga shahar hokimi Ahmad Hojibek homiylik qiladi, Xoja Abullays Fazlullohdan fiqh ilmini o‘rganadi, ilm va she’r ahli suhbatida bo‘ladi.
1465-66-yillarda Mashhadda Navoiyning muxlislari uning she’rlarini to‘plab, devon tuzadilar. Uni Sultonali Mashhadiy ko‘chiradi. Bu devon bugungi kunda “Ilk devon” nomi bilan mashhur.
1468-yil Abusa’id Eron uchun jangda halok bo‘lgach, taxtni 1469-yil Husayn Boyqaro egallab, do‘sti Navoiyni Hirotga chaqirib, muhrdor qilib tayinlaydi.
1471-yil Oqquyunlilar saroyida (G‘arbiy Eron) Navoiyning ikkinchi devoni muxlislari tomonidan tuziladi.
1469-1472-yillarda Navoiy muhrdor lavozimida xizmat qiladi.
1472-1476-yillarda Navoiy amir (vazir) vazifasini bajaradi, “amirul-kabir”, “amirul-muqarrab” kabi unvonlar oladi.
1476-yil Navoiy saroydan rasman iste’fo beradi, lekin sulton uchun eng yaqin inson bo‘lib qolaveradi.
1472-1476 yillarda Navoiy amir (vazir) vazifasini bajaradi, “amiru-l-kabir”, “amiru-l-muqarrab” kabi unvonlar oladi

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling