Reja Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari
Download 342.5 Kb.
|
Qattiq jism statikasi Nazariy mexanika fani
Dinamika.
Dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari. Mexanik o’lchov birliklari sistemasi. Moddiy nuqta harakatining differentsial tenglamalari. Bog`lanishdagi moddiy nuqta harakatining differentsial tenglamalari. Moddiy nuqta dinamikasining ikki asosiy masalasi. Moddiy nuqta dinamikasining umumiy teoremasi. Kuch impulsi. Moddiy nuqta harakat miqdorining o’zgarishi xaqidagi teorema. Nuqta harakat miqdorining momenti va miqdori momentining o’zgarishi xaqidagi teorema. Nuqtaning markaziy kuch ta`siridagi harakati. Ish va quvvat. Qattiq jismning kinematik energiyasi. Moddiy nuqta kinetik energiyasining o’zgarishi xaqidagi teoremasi. Sistemaning massalar markazi va uning koordinatalari. Sistemaning inertsiya momentlarining umumiy formulalari. Jismning parallel o’qlarga nisbatan inertsiya momentlarini xisoblash.Gyugens-SHteyner teoremasi. Ba`zi oddiy shakkli jismlarning inertsiya momentlarini xisoblash. Jismning berilgan nuqtadan o’tuvchi ixtiyoriy o’qqa nisbatan inertsiya momenti. Inertsiya bosh o’qlarining xususiyatlari. Mexanik sistemaning harakat miqdori. Sistema harakat miqdorining o’zgarishi xaqidagi teorema. Sistema harakat miqdorining saqlanish qonuni. Sistemaning kinetik energiyasi. Kyonning teoremasi. Mexanik sistemaning kinetik energiyasining o’zgarishi xaqidagi teorema. Sistema mexanik energiyasining saqlanish qonuni. Potentsiallash kuch maydoni. Potentsiallash kuch maydonidagi ish. Potentsial energiya. Qattiq jismning ilgarilanma harakati. Qattiq jismning qo’zg`almas o’q atrofidagi aylanma harakati. Jismning inertsiya momentini tajriba usuli bilan aniqlash. Qattiq jismni tekis parallel harakati. Girosokpning elementar nazariyasi. Moddiy nuqta, mexanik sistema uchun Dalamber printsipi. Inertsiya kuchlarining bosh vektor va bosh momenti. Qo’zg`almas o’q atrofidagi aylanuvchan qattiq jismning aylanish o’qiga ko’rsatadigan dinamik bosimini aniqlash. Qo’zg`almas o’q atrofidigi aylanuvchi jism masalalarni dinamik muvozanatlash. Zarbali kuch. Zarbali kuchning moddiy nuqta ta`siri. Zarba nazariyasining umumiy teoremalari. SHarning qo’zg`almas sirtiga urilishdagi to’g`ri zarba. Ikki jismning to’g`ri markaziy zarbasi (SHarlar zarbasi).Zarba vaqtida kinetik energichsining yo’qolishi. Karno teoremasi. 10 Qo’zg`almas o’q atrofida aylanma harakatdagi jismga zarbali kuchning ta`siri. Zarba markazi. Tekis parallel harakatdagi jismga zarba kuchining ta`siri. Statika aksiomalari 1- aksioma. Absolyut qattiq jismga qo’yilgan ikkita kuch muvozanatlashishi uchun bu kuchlar miqdor jihatdan teng, yo’nalishi esa kuchlar qo’yilgan nuqtalardan o’tuvchi to’g`ri chiziq bo’yicha qarama – qarshi tomonga yo’nalgan bo’lishi zarur va etarlidir. 2 – aksioma. Berilgan kuchlar sistemasining absolyut qattiq jismga ta`sirini o’zgartirmay, bu kuchlar sistemasi qatoriga muvozanatlashgan kuchlar sistemasini qo’shish yoki undan ayirish mumkin. 3 – aksioma. (parallelogramm aksiomasi). Jismning biror nuqtasiga qo’yilgan, bir to’g`ri chiziqda yotmagan ikki kuchning teng ta`sir etuvchisi miqdor va yo’nalishi jihatidan shu kuchlarga qurilgan parallelogrammning kuchlar qo’yilgan nuqtadan o’tuvchi diagonali bilan ifodalanadi. 4 –aksioma.( Nyutonning uchinchi qonuni) Ikkita jism bir- biriga miqdor jihatdan teng va bir to’g`ri chiziq bo’ylab qarama –qarshi tomonga yo’nalgan kuchlar bilan o’zaro ta`sir etadi. 5 – aksioma. (Qotish printsipi) Agar deformatsiyalanadigan jism muvozanat holatida absolyut qattiq jismga aylansa, uning muvozanati o’zgarmaydi. 28 6.- aksioma.( Bog`lanishdan bo’shatish printsipi) Bog`lanishlarning berilgan jismga ta`sirini reaktsiya kuchi bilan almashtiri, har qanday bog`lanishdagi jismni erkin jism deb qarash mumkin. Download 342.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling