Reja Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari


Download 342.5 Kb.
bet4/4
Sana05.05.2023
Hajmi342.5 Kb.
#1428072
1   2   3   4
Bog'liq
Qattiq jism statikasi Nazariy mexanika fani

Dinamika.
Dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari. Mexanik o’lchov birliklari
sistemasi. Moddiy nuqta harakatining differentsial tenglamalari. Bog`lanishdagi
moddiy nuqta harakatining differentsial tenglamalari. Moddiy nuqta dinamikasining
ikki asosiy masalasi. Moddiy nuqta dinamikasining umumiy teoremasi. Kuch
impulsi. Moddiy nuqta harakat miqdorining o’zgarishi xaqidagi teorema. Nuqta
harakat miqdorining momenti va miqdori momentining o’zgarishi xaqidagi teorema.
Nuqtaning markaziy kuch ta`siridagi harakati. Ish va quvvat. Qattiq jismning
kinematik energiyasi. Moddiy nuqta kinetik energiyasining o’zgarishi xaqidagi
teoremasi. Sistemaning massalar markazi va uning koordinatalari. Sistemaning
inertsiya momentlarining umumiy formulalari. Jismning parallel o’qlarga nisbatan
inertsiya momentlarini xisoblash.Gyugens-SHteyner teoremasi. Ba`zi oddiy shakkli
jismlarning inertsiya momentlarini xisoblash. Jismning berilgan nuqtadan o’tuvchi
ixtiyoriy o’qqa nisbatan inertsiya momenti. Inertsiya bosh o’qlarining xususiyatlari.
Mexanik sistemaning harakat miqdori. Sistema harakat miqdorining o’zgarishi
xaqidagi teorema. Sistema harakat miqdorining saqlanish qonuni. Sistemaning
kinetik energiyasi. Kyonning teoremasi. Mexanik sistemaning kinetik energiyasining
o’zgarishi xaqidagi teorema. Sistema mexanik energiyasining saqlanish qonuni.
Potentsiallash kuch maydoni. Potentsiallash kuch maydonidagi ish. Potentsial
energiya. Qattiq jismning ilgarilanma harakati. Qattiq jismning qo’zg`almas o’q
atrofidagi aylanma harakati. Jismning inertsiya momentini tajriba usuli bilan
aniqlash. Qattiq jismni tekis parallel harakati. Girosokpning elementar nazariyasi.
Moddiy nuqta, mexanik sistema uchun Dalamber printsipi. Inertsiya kuchlarining
bosh vektor va bosh momenti. Qo’zg`almas o’q atrofidagi aylanuvchan qattiq
jismning aylanish o’qiga ko’rsatadigan dinamik bosimini aniqlash. Qo’zg`almas o’q
atrofidigi aylanuvchi jism masalalarni dinamik muvozanatlash. Zarbali kuch. Zarbali
kuchning moddiy nuqta ta`siri. Zarba nazariyasining umumiy teoremalari. SHarning
qo’zg`almas sirtiga urilishdagi to’g`ri zarba. Ikki jismning to’g`ri markaziy zarbasi
(SHarlar zarbasi).Zarba vaqtida kinetik energichsining yo’qolishi. Karno teoremasi. 10
Qo’zg`almas o’q atrofida aylanma harakatdagi jismga zarbali kuchning ta`siri. Zarba
markazi. Tekis parallel harakatdagi jismga zarba kuchining ta`siri.

Statika aksiomalari


1- aksioma. Absolyut qattiq jismga qo’yilgan ikkita kuch muvozanatlashishi
uchun bu kuchlar miqdor jihatdan teng, yo’nalishi esa kuchlar qo’yilgan
nuqtalardan o’tuvchi to’g`ri chiziq bo’yicha qarama – qarshi tomonga
yo’nalgan bo’lishi zarur va etarlidir.
2 – aksioma. Berilgan kuchlar sistemasining absolyut qattiq jismga ta`sirini
o’zgartirmay, bu kuchlar sistemasi qatoriga muvozanatlashgan kuchlar sistemasini
qo’shish yoki undan ayirish mumkin.
3 – aksioma. (parallelogramm aksiomasi). Jismning biror nuqtasiga qo’yilgan, bir
to’g`ri chiziqda yotmagan ikki kuchning teng ta`sir etuvchisi miqdor va yo’nalishi
jihatidan shu kuchlarga qurilgan parallelogrammning kuchlar qo’yilgan nuqtadan
o’tuvchi diagonali bilan ifodalanadi.
4 –aksioma.( Nyutonning uchinchi qonuni) Ikkita jism bir- biriga miqdor jihatdan
teng va bir to’g`ri chiziq bo’ylab qarama –qarshi tomonga yo’nalgan kuchlar bilan
o’zaro ta`sir etadi.
5 – aksioma. (Qotish printsipi) Agar deformatsiyalanadigan jism muvozanat
holatida absolyut qattiq jismga aylansa, uning muvozanati o’zgarmaydi. 28
6.- aksioma.( Bog`lanishdan bo’shatish printsipi) Bog`lanishlarning berilgan
jismga ta`sirini reaktsiya kuchi bilan almashtiri, har qanday bog`lanishdagi jismni
erkin jism deb qarash mumkin.

Download 342.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling