Reja: Nefrit. Piyelonefrit. Sistit. Uretrit


Siydik pufagida tosh bo`lsa


Download 20.65 Kb.
bet3/4
Sana08.06.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1462734
1   2   3   4
Bog'liq
SIYDIK- TANOSIL TIZIMI KASALLIKLARI.

Siydik pufagida tosh bo`lsa, u joyidan siljiganda qovuq sohasida og`riq paydo bo`ladi. Og`riq pastki siydik chiqarish kanali (uretra) bo`ylab pastga tarqaladi.
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqiriladi va urologiya shifoxonasiga yuboriladi.
2.Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- buyrak sanchig`ida bel sohasiga issiq grelka, isituvchi kompress;
- qovuqda og`riq bo`lsa, shu sohaga issiq grelka, isituvchi kompress;
- og‘riq qoldirish uchun baralgin (analgin)-2 ml, novokain-2 ml muskul orasiga;
- siydik yo‘llarini kengaytirish va og`riqni kamaytirish uchun avisan 1 tab. sistenal 10-20 tomchi shakarga tomizib, no-shpa 2 ml (yoki platfillin) muskul orasiga.
Uremiya. Nefrit, piyelonefrit, buyrak sanchig`ining og`ir kechishida buyrak yetishmovchiligi yuzaga keladi. Siydik ajralishi kamayadi yoki butunlay to`xtab qoladi. Natijada qonda qoldiq azot moddalari ko‘payib, organizmni zaharlaydi va hayot uchun xavfli bo`lgan uremiya holati yuzaga keladi.
Belgilari. Bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish, teri qichishi, og‘izdan ammiak hidi kelishi, shovqinli nafas olish, arterial qon bosimining ko‘tarilishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi.
Qoldiq azot moddalarining qon tomirlari devoridan yurak perikard qavatiga sizib o‘tishi tufayli uremik perikardit paydo bo‘lishi mumkin.Bu yurak funksiyasini qiyinlashtiradi.
Uremiyaning og`ir kechishida bemor ahvoli o`ta og`irlashadi, hushini yo`qotadi, bu holat uremik koma deyiladi.
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqiriladi. Shifoxonaning nefrologiya yoki urologiya bo`limiga yuboriladi.
2. Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- kofein, kordiamin (bittasi) 1 ml teri ostiga (yurak – tomir ishini vaqtincha yaxshilaydi);
- buyrak sohasida og`riq bo`lsa, baralgin (analgin) - 2 ml muskul orasiga.
Prostatit. Erkaklarda prostata bezining yallig‘lanish kasalligi.

Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling