Reja: Nefrit. Piyelonefrit. Sistit. Uretrit


Sistit. Siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi. Sababi


Download 20.65 Kb.
bet2/4
Sana08.06.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1462734
1   2   3   4
Bog'liq
SIYDIK- TANOSIL TIZIMI KASALLIKLARI.

Sistit. Siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi. Siydik pufagida tosh bo‘lishi, shamollash, mikroblar, kimyoviy moddalar ta‘siri, piyelonefrit va prostatitning asorati.
Belgilari. Peshobning tez-tez og`riqli bo`lishi, siydikning loyqalanishi, qovuq sohasida og‘riq, ba`zida tana haroratining ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam. 1.Bemor urolog shifokori nazoratida davolanadi.
2. Tez-tez qaynatilgan iliq suv ichish.
3. Issiq o‘tiruvchi vanna (10 minut), qovuq sohasiga issiq grelka.
4.Og‘riq bezovta qilganda belladonna ekstrakti 10-15 tomchidan 2-3 mahal, sistenal 5-10 tomchi yoki urolesan 8-10 tomchi shakarga tomizib kuniga 2-3 mahal, no-shpa, papaverin, anestezin 1 tab. 2 mahal (bittasi).
5. Antibiotiklar piyelonefritga o`xshash.
6.Og`ir kechishida bemor shifoxonaning urologiya bo`limida davolanadi.


Uretrit. Pastki siydik chiqarish kanali (uretra) ning ichki shilliq pardasini yallig‘lanishi.
Sababi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, shamollash, sistitning asorati, siydik yo‘liga siydik pufagidagi mayda tosh o`tib, tiqilib qolishi.
Belgilari. Siydik yo‘lining achishishi, tez-tez og‘riqli siydik ajratish, siydikning loyqalanishi, ba‘zan tana haroratining ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam. 1. Bemor urolog shifokori nazoratida davolanadi.
2.Issiq o‘tiruvchi vanna (10 minut), kuniga 1-2 marta.
3.Mikroblarga qarshi antibiotiklar (piyelonefritga o`xshash).
4.Shifoxonada siydik yo`li furatsilin (1:5000) eritmasi bilan kateter yordamida yuviladi.
Siydik tosh kasalligi. Buyrak jomi va siydik pufagida tuzlar cho‘kib tosh hosil qiladi.
Sababi. Buyrak jomi va siydik pufagining yallig‘lanishi, mineral moddalar almashinuvining buzilishi, uzoq muddat davomida sho‘r (sertuz) taomlarni iste’mol qilish.
Belgilari. Vaqti-vaqti bilan bel sohasida o`ng yoki chap tomonida og`riq bo`ladi Agar buyrak jomida hosil bo`lgan tosh joyidan siljib, yuqori siydik kanali (uretr) ga o`tsa, bel va qorin sohasining o`ng yoki chap tomonida to‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq o`ng yoki chap qovurg‘a osti, qorinning o`ng yoki chap yon tomoni bo`ylab yuqoridan pastga (qovuqqa) tarqaladi. Bu buyrak sanchig`i, deb nom olgan.

Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling