Reja: Nefrit. Piyelonefrit. Sistit. Uretrit


Sababi. Shamollash, sil, piyelonefrit, angina, gripp va boshqa kasalliklarda mikrob va viruslarning qon orqali bezni zararlashi. Belgilari


Download 20.65 Kb.
bet4/4
Sana08.06.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1462734
1   2   3   4
Bog'liq
SIYDIK- TANOSIL TIZIMI KASALLIKLARI.

Sababi. Shamollash, sil, piyelonefrit, angina, gripp va boshqa kasalliklarda mikrob va viruslarning qon orqali bezni zararlashi.
Belgilari. Peshobning qiyinlashuvi, uning tez-tez va og‘riqli bo`lishi, chov sohasida og‘riq, ba‘zida tana haroratining ko‘tarilishi.
Tibbiy yordam. 1.Bemor shifoxonaning urologiya bo`limida yoki urolog shifokor nazoratida uyida davolanadi.
2. Chov sohasiga issiq grelka ro‘molga o‘rab qo‘yiladi, o‘tiradigan issiq vanna kuniga 1-2 mahal, 10 minut.
3. Tashqi siydik yo`lini (uretrani) kengaytirib, peshobni osonlashtirish uchun no-shpa, papaverin (bittasi) 1 tab. yoki no-shpa-2 ml muskul orasiga, yoki platifillin-1ml teri ostiga.
4. Prostamol – tabletka.
5. Antibiotiklardan-sefazolin, ampioks (bittasi) muskul orasiga 2-3 mahal, 7-10 kun.
6. Kalsiy glyukonat 10% -5-10 ml vena tomiriga yoki 2 ml novokain bilan muskul orasiga;
7. Urotropin -40% -10 ml vena tomiriga.
8. Og`ir kechishida operatsiya qilinadi.
Endometrit. Ayollarda bachadon ichki shilliq qavatining yallig‘lanish kasalligi.
Sababi. Patologik tug‘uruqlar, abort tadbir paytida bachadonga mikroblar tushishi, shuningdek, angina, zotiljam, piyelonefrit kasalliklarida mikroblarning qon orqali bachadonni zararlashi.
Belgilari. Qorinning pastki (kindik osti) sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, bachadon shilliq qavatidan ajralgan qon va yiringli suyuqlikning qin orqali tashqariga chiqishi. Kasallik surunkali kechganida hayz ko`rish siklining buzilishi.
Tibbiy yordam. Bemor tug`ruqxonaning ginekologiya bo`limida davolanadi.
Izoh: Appenditsit (ko`richak yallig`lanishi) da - qorinning pastki o`ng sohasida og`riq bo`ladi. Ayollarda tashxis qo`yishda endometrini appenditsit bilan almashtirib, xatoga yo`l qo`yish mumkin. Shuning uchun qorinda og`riq bilan kechadigan kasalliklarda, ginekolog va jarroh mutaxassis shifokorlarning birgalikdagi maslahatisiz, og`riq qoldiruvchi dorilar va qoringa issiq grelka qo`yish kabi muolajalar qo`llanishi mumkin emas. Buyrak juft organ bo’lib, shakli loviyasimondir. U umurtqa pog’onasining har ikki tomonida XI ko’krak va III bel umurtqalari ro’parasida qorin pardasi orqali joylashgan. Buyrak organizmining hayot faoliyatida juda muhim vazifani bajaradi. U organizmni oqsil almashinuvi mahsulotlaridan, azotli shlaklardan va yot moddalardan tozalaydi.
Belgilari. Tanada shish paydo bo’ladi, gipertoniya kuzatiladi, siydik o’zgaradi, buyrak yallig’lanishi oqibatida og’riq paydo bo’ladi. Buyrak kasalligiga diagnoz qo’yishda oddiy klinik tekshirish (bemorni ko’zdan kechirish, savol-javob qilish, paypaslash va hokazolar) dan tashqari maxsus laboratoriyada asboblar yordamida tekshirish usullari katta ahamiyatga ega. Buyrak kasalliklari ba’zan bemorlarda tamomila sezilarsiz darajada kechishi mumkin. Biroq siydikka tegishli o’zgarishlar paydo bo’lishi, buyrak va siydik yo’llarida biror kasallik paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Siydik tarkibiga qarab, kasallikning xarakteri, og’ir-yengilligi haqida fikr yuritish mumkin. Shu boisdan siydikni tekshirish kasallikka diagnoz qo’yishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bemorga tegishli davo choralarini ko’rish imkonini beradi.
Siydik miqdori normada bir sutkada taxminan 1000-1600ml bo’lib, rangi somon rangiga o’xshash. Solishtirma og’irligi 1015-1020 ga teng. Solishtirma og’irligining oshishi, siydik miqdorining ko’payishi, tarkibida yiring, qon bo’lishi buyrak va siydik yo’llari kasallanganligini ifodalaydi.

Nefrit
Buyrak yallig’lanishi nefrit deyiladi. U diffuzli bo’lib, bunda har ikki buyrak parenximasi yallig’lanadi. O’choqli nefritda normal parenximalar orasida yarim yallig’langan uchastkalar joylashib, ular bitta har ikkala buyrakka bo’lishi mumkin.


Nefrit o’tkir va xronik bo’ladi. O’tkir diffuzli nefrit (gromelunefrit) ga aksariyat streptokokk infeksiyasi sabab bo’ladi. O’tkir nefrit angina, gripp, skarlatina, pnevmoniyadan, ba’zan organizmning shamollashidan paydo bo’ladi. Buyrakka kirgan begona oqsilga nisbatan ro’y bergan allergik reaksiya ham o’tkir nefritga sabab bo’ladi.
Belgilari. Kasallik to’satdan boshlanadi. Bemorlar asosan bosh og’rig’i, shish, bel og’rig’i, to’sh osti sohasida o’girlik sezish, nafas qisishi va kam siydik ajralishidan shikoyat qiladilar. Ularning yuzi va qovog’i kerikib, rangi oqarib ketadi. Shish borgan sari zo’rayib, bemorni vaznini oshirib yuboradi. Yotib qolgan bemorlar belida, jinsiy organlar sohasida va oyoq qo’lda shish paydo bo’ladi. Unga gipertoniya qo’shilib nafas qisa boshlaydi. Yurak yetishmovchili ro’y berib, chap qorinch kengayadi. Ba’zan yurak sohasida o’g’riq, aortada ikkinchi ton ro’y beradi. Sistolik shovqin yurak uchida eshitiladi. Bronxit, o’choqli pnevmoniya, o’pka yallig’lanishi paydo bo’ladi. Meda ichak traktikada deyrli o’zgarish bo’lmaydi. Faqat bemorlarning ko’ngli aynib, qusishi mumkin. Diffuzli shish tufayli jigar kattalashadi va qon aylanishi buziladi. Ko’z soqqasining tubi qizaradi. Ko’z to’r pardasiga nuqtali qon qo’yilib, burun qonaydi. Qondagi umumiy oqsil 5-6% gacha kamayadi. Al’bumin kamayib, globulin, fibrinogen ortadi.
O’tkir nefritning muhim belgilari: gematuriya, oliguriya, siydikning loyqa bo’lishi, rangining esa to’q sariq yoki go’sht selining rangiga o’xshashidir. Siydikning solishtirma og’irligi yuqori, oqsil miqdori 1% atrofida bo’ladi.
O’tkir nefritning formalari. O’tkir nefritning gemorragik, shishli gepirtonik formasi bo’lib, gemorragik formasi qattiq bosh og’rishi, gematuriya, al’buminuriya bilan xarakterlanadi. Shishli gepirtonik formasida bosh og’rishi, shish, nafas qisishi va gematuriya kuzatiladi.
Oldini olsh va davolash. Yuqumli kasalliklar (angina,tepki, pnevmoniya, tonzillit va hokazolar) paydo bo’lishining oldini olish kerak.
Organizmni chiniqtirish uchun sport va fizkultura bilan shug’ullanish, og’iz bo’shlig’ini sanatsiya qilib turish, gavdani qattiq sovib ketishdan saqlash muhim omillardan biridir. O’tkir nefritga duchor bo’lgan bemorlar kasalxonada davolanadi. Bemor yotgan palata yorug’ va quruq, issiq, havosi toza bo’lishi kerak. Bemorga parhez buyuriladi. Tuz va suv miqdori cheklanadi. Chekish va spirti ichimliklar ichish qat’iy man etiladi.
Bemor iste’mol qiladigan taomlar asosan uglevodlar (shirin bo’tqa, tuzsiz yopilgan non, qand, qiyom, asal, ho’l mevalar, sariyog’, suzma, kartoshka, sut va hokazolar) dan iborat bo’lishi kerak. Ovqat mahsulotlarida oqsilni kamaytirish lozim. O’tkir nefritning og’ir shaklida bemor tanasida shish ko’p bo’lsa, bemor och qoldiriladi (ovqat erilmaydi, suyuqlik ham oz beriladi). Bemor ichgan suyuqlik sutkada ajratgan siydigi bir-biriga teng bo’lishi shart. Bu hol nazorat qilib turiladi. Bundan tashqari hamshira bemoring ichak va yurak faoliyatini kuzatib turishi kerak. Bemor antibiotiklar (penitsilin, streptomitsin) beriladi. Siydikda qon paydo bo’lsa, (gematuriya), bemorga kalsiy xlorid eritmasi, shuningdek, K vitamin buyuriladi. Yurak faoliyati susaysa, adonis,digitalis chirilib, strofantin va karglikon, glyukoza inyeksiya qilinadi. Buyrakda qon aylanishini yaxshilash va og’riqni qoldirish maqsadida buyrak sohasiga iliq grelka quyiladi.
Xronik nefrit yoki xronik diffuzli glomerulonefrit buyrakning yuqumli allergik yallig’lanishidir.
Etiologiyasi va potogenezi. Aksariyat hollarda o’tkir neritni davolamaslik natijasida xronik nefritga aylanadi.
Belgilari. Asosiy belgilari gepertoniya, shish va siydikdagi o’zgarishlardir. Bemorlar odatda, nafas qisishi, bosh og’rig’i, darmonsizlanish, ishtaha yo’qligi, belning simillab og’rishi, ba’zan ovqat hazm qilishning buzilganligidan shikoyat qiladilar.
Xronik nefrit shakllarini uch gruppaga bo’lish mumkin: a)gepertoniya gruppasida kasalining klinik belgilari gipertoniya: b) nefrotik gruppa katta shishlar bilan kechadi; v) aralash gruppa kasallik gipertoniya va shishlar bilan birga kechadi. Xronik nefrit 7-10 va hatto 15 yilga, ba’zan bundan ham ko’pga cho’zilishi mumkin. Lekin birinchi bosqich qisqa muddatli bo’lib, undan so’ng tez orada muqarrar ravishda uremiyaga olib boradiga buyrak yetishmovchiligi rivojlanadigan hollar uchrab turadi.
Davolash va oldini olish. Davo choralari kasallikning klinik ko’rinishiga qarab olib boriladi. Bemorni davolashda parhezning roli juda katta. Kasallik qaytalaganda bemor o’rinda yotishi kerak. Qovdagi azot miqdori deyarli normal bo’lsa, bemorga oqsilga boy sutli taomlar buyuriladi. Aksincha buyrakning azot ajratish funksiyasi buzilgan bo’lsa, oqsil miqdori keskin cheklanadi. Bemor shishib ketgan bo’lsa, ovqat ratsionida osh tuzi (sutkasiga 2-3 g) va suyuqlik miqdori kamaytiriladi. Uglevod va yog’larni bemorlar yaxshi hazm qilganligi uchun ularni ko’ngil ko’targancha iste’mol qilish mumkin. Badanda shish bo’lsa, siydik haydovchilardan gipotiazit buyuriladi. Keyingi vaqtda bunday hollarda adrenokortikotrop gormonlar (kortizon, prednizondan) foydalanish yaxshi natija bermoqda. Bemorlardagi kamqonlikni davolash va oldini olish maqsadida V12 vitamin inyeksiya qilinadi, qon quyiladi, temir preparatlari beriladi. Kasallikning oldini olish uchun infeksiya manbalari (tonzilitlar, gaymorit), shuningdek, o’tkir nefritni bartaraf etish va organizmni chiniqtirish kerak.

Buyrak eklampsiyasi
O’tkir nefritning muhim asoratlaridan eklampsiyasi miyada qon aylanishining buzilishi, miya kapilyarlari o’tkazuvchanligining oshishi tufayli vujudga keladi. Eklampsiya xuruji boshlanishidan oldin ba’zan bemorning, boshi qattiq og’riydi. Kasallik arterial bosimning ko’tarilishi bilan boshlanadi. Eklampsiya uchun xarakterli belgilardan yana biri miyadagi o’zgarishlardir. Bunga sabab miya tomirlarining torayishi natijasida anemiya va miyada shish paydo bo’lishidir. Eklampsiya xuruji to’satdan boshlanib, bunda mayda muskular tirishadi va uchib turadi. Og’izdan ko’pik chiqadi. Ko’z qorachig’i yorug’likka reyaksiya bermaydi. Es-hush yo’qoladi, tirishish 5-10 minut hatto yarim soatgacha davom etadi. Xuruj vaqtida puls sekinlashadi. Arteriya va orqa miya bosimi oshadi. Ko’z xiralashadi. Ba’zan tirishishdan so’ng psixik hayajonlanish sutkagacha davom etishi mumkin. Bunda bemor bezovtalanadi, to’lg’anadi, ko’zlari g’ilaylashadi. Aksari bemorlar tilini tishlab oladi. Bemor o’ziga kelgach, uzoq vaqtgacha dovdiragan holatda bo’ladi. Atrofdagilarga loqayt qaraydi, sust harakat qiladi. Ba’zan buning aksi kuzatiladi, u bezovta v tajovuzkor bo’ladi. Bu davrda bemorlarda o’tib ketadigan ko’rlik yuz beradi. Ular xuruj vaqtida o’zlarini qanday tutganliklarini eslay olmaydilar. Eklampsiya xuruji kuniga bir necha marta takrorlanishi mumkin. Bunda ko’p miqdorda (300-500ml) qon olinadi, orqa miya kanaliga punktsiya qilinadi. Xloral gidratdan klizma buyuriladi. Orqa miya bosimini tushurish uchun venaga tomchilab 100-150 ml 10% li magneziy sul’fat eritmasi yuboriladi. Buyrak sohasiga novokain eritmasidan blokada qilinadi. Parhez buyuriladi. Suyuqlik cheklangan miqdorda beriladi.
Azotemik uremiya
Buyrak funksiyasidagi yetishmovchilik natijasida organizmning azot qoldiqlari bilan zaharlanishi azotemik uremiya deb ataladi. Uremik holat asta-sekin rivojlana borib, bemor ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Uremiyaning dastlabki belgilari: bosh og’rig’i, ishtahaning pasayishi; ko’ngil aynishi, bo’shashish, uyquchanlik, terining qichishi va boshqalar. Bu belgilar oylab davom etishi natijasida bemor ahvoli tobora og’irlashib boradi. Tili qurib, karash boylaydi; og’zida siydik hidi keladi;qon aralash ichi ketadi. Nafas olish markazida kislotalar yig’ilib qolishidan, nafas olish shovqinli bo’ladi, bemor Cheyn-Stoks tipida nafas oladi. Ko’rish qobiliyati keskin pasayib ketadi. Hatto bemor ko’rmay qoladi. Ba’zan eshitish qobiliyati ham pasayadi. Bemor o’lishidan oldin burun qirrasida, yuz terisida, peshonasida azot shakllari yig’ila boshlaydi. Burni qonaydi. Oxirgi bosqichda azotemik perikardit paydo bo’ladi. Azotemik uremiya oqibatida markaziy nerv sistemasida o’gir o’zgarish yuz beradi.
Adabiyotlar:
1. Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 4-85 betlar.
2. Ichki kasalliklar A.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 1991 yil 3-40 betlar.
2 Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar.
Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling