Reja: Neft va gazni temir yo’l orqali tashishni tashkil qilish


-§. Neft va gazni avto transport orqali tashishni tashkil qilish


Download 464.17 Kb.
bet5/9
Sana08.01.2022
Hajmi464.17 Kb.
#251439
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Neft va gaz quvurlarini loyihalash-1

3-§. Neft va gazni avto transport orqali tashishni tashkil qilish

Avtomobil transporti neft mahsulotlarini taqsimlovchi neft omborlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga yetkazib berishda keng foydalaniladi. Bu transport yordamida neft mahsulotlari temiryo‘l va suv transportlari orqali olib borib bo‘lmaydigan hududlarga tashiladi. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib

berish avtosisternalarda, avtoyoqilg‘i quyuvchilarda hamda konteynerlar, bochkalar va kichik idishlarda amalga oshiriladi. Avtosisternalarning hajmi 30 m3 gacha bo‘lib, ular neft mahsulotlarini quyish uchun quvur (potrubok), nafas oluvchi klapan, mahsulot balandligini ko‘rsatuvchi moslama, nasos va boshqalar

bilan jihozlangan bo‘ladi. Avtoyoqilg‘i quyuvchilar avtosisternalar bo‘lib, ular avtomashina transportlarini, qishloq xo‘jalik mashinalarini, samolyotlarni yoqilg‘i va surkovchi moylar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Ular tegishlicha asbob va uskunalar bilan jihozlangan. Avtoyoqilg‘i quyuvchilar yuk tashuvchi mashinalar shossesiga o‘rnatilgan bo‘lib, ularning sisternalari hajmi 2,8–8 m3 gacha bo‘ladi. Neft va neft mahsulotlari konteyner va kichik idishlarda ham tashiladi. Konteynerlarning hajmi 1–5 m3 gacha bo‘lib, keltirilgan mahsulot (konteyner bilan birga) kran yordamida tushiriladi. Konteynerlar metalldan yoki elastik rezina materiallaridan tayyorlangan bo‘ladi. Kichik idishlarga bochka va bidonlar kiradi. Bochkalar neft mahsulotlarini omborlardan iste’molchilarga tashishda keng qo‘llaniladi. Ular metal va yog‘och-fanerlardan tayyorlanadi. Metalldan yasalgan bochkalarda suyuq mahsulot (benzin, kerosin)lar, yog‘och-fanerali bochkalarda esa surkovchi moy (quyuq smazka)lar tashiladi. Metall bochkalarning hajmi 50-500 litrgacha, fanerli bochkalarniki esa 50 litrgacha bo‘ladi. Bidonlar ham metall va yog‘och-fanerdan tayyorlanadi. Metall bidonlar benzinlar uchun ishlatilib, avtomobil transportida mahsulotlarni qishloq xo‘jaligi texnikalariga yetkazib berishda keng foydalaniladi. Ularning hajmi 5 litrdan 62 litrgacha bo‘ladi. Faner bidonlari quyuq surkovchi neft mahsulotlarini tashishda ishlatiladi.



Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish avtosisternalarda, ballonlarda va «sirpanuvchi» rezervuarlarda amalga oshiriladi. Avtosisternalar ishlatilish maqsadiga ko‘ra: tashuvchi va taqsimlovchilarga bo‘linadi. Tashuvchi avtosisternalar suyultirilgan gazlarni gaz beruvchi zavoddan oraliq bazalar va gaz to‘ldiruvchi stansiyalarga tashish uchun foydalaniladi. Tarqatuvchi avtosisternalar suyultirilgan gazlarni iste’molchilarning ballonlariga quyish uchun mo‘ljallangan. U tegishli nasos va boshqa moslamalar bilan jihozlangan. Sisternalar silindr ko‘rinishidagi idish bo‘lib, avtomobil shossesiga o‘rnatilgan. Sisternalar turiga ko‘ra, ularning hajmi 4–15 m3 gacha bo‘ladi. Suyultirilgan gazlar ballonlarda oddiy bortli va maxsus kassetali avtomashinalarda tashiladi. Bu mashinalar bir vaqtning o‘zida 55 tadan 77 tagacha ballondagi gazni tashish imkoniyatiga ega. Ballonlar andoza (DAST) lar bo‘yicha tayyorlanib ular 1,6 MPa gacha bo‘lgan bosim ostida ishlashlari mumkin. Andoza bo‘yicha ballonlarning hajmi 2,6; 5; 12; 27; 50 va 80 litrli bo‘ladi. «Sirpanuvchi» (olib quyiladigan) rezervuarlarda suyultirilgan gazlarni tashish oraliq va gaz to‘ldiruvchi stansiyalardan uzoqda joylashgan iste’molchilar uchun foydalaniladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 0,5 m3 dan 3,5 m3 gacha bo‘ladi. Bularning ichida ko‘proq ishlatiladigani RS-1600 rezervuari (hajmi 1600 litr) bo‘lib, u 1,8 MPa bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan. Suyultirilgan gazlarni «sirpanuvchi» rezervuarlarda tashish ballonlarda tashishga qaraganda 20–25 foiz arzonga tushadi.



Suyultirilgan gazni yetkazib berishni yana bir ommalashgan usuli mavjud. Bu usul iste`molchilar uchun yetkazishga mo’ljallangan gaz ballonlari hisoblanadi. Qayta ishlash zavodidan to’ldirilgan ballonlar mahsus bort qilingan va bir-biriga urilib portlashdan himoyalangan transit avtomobillarda yetkazib beriladi.






Download 464.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling