Benzin va dizel yonilg`ilarining sifat ko`rsatkichlari


Download 1.2 Mb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1548949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BENZIN

BENZIN YONILG`ISINING SIFAT KO`RSATKICHLARI

REJA:

  • 1. Umumiy ma'lumotlar
  • 2. Bеnzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar
  • 3. Bеnzinlarning asosiy xossalari va sifat ko`rsatkichlari
  • 4. Yonilg`ining oktan soni va etillangan bеnzinlar
  • 5. Bеnzinning markalari va turlari

1. Umumiy ma`lumotlar

1. Umumiy ma`lumotlar

  • Karbyuratorli va injektorli dvigatellar uchun asosiy yonilg‘i sifatida turli sort va markadagi benzinlar ishlatiladi.
  • Benzinlar oson bug‘lanadigan yonuvchi suyuqlikdir. Ularda massasi bo‘yicha taxminan 85% uglerod, 15% vodorod va juda oz miqdorda kislorod, azot va oltingugurt bo‘ladi.
  • Benzinlaming zichligi 0,690-0,742 g/sm3, yonganda chiqadigan issiqlik miqdori taxminan 3200 MJ/m3
  • Ichki yonuv dvigatellarida yonilg’ilarning kimyoviy energiyasi issiqli ènergiyasiga, issiqlik ènergiyasi mexanik ishga aylanadi.
  • Yonuvchi aralashma hosil bo’lish xarakteriga ko’ra dvigatellar ikki turga: aralashma silindrlar ichida hosil bo’ladigan dizel dvigatellari va aralashma silindrlar tashqarisida hosil bo’ladigan karbyuratorli gaz dvigatellariga bo’linadi.
  • Dvigatel hosil qiladigan quvvat, uning tejamkorligi, ishonchligi va samarali ishlashi ko‘p jihatdan tanlanadigan benzinning xossalariga bog‘liq bo‘ladi.

2. Benzinlar quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak:

  • 1) karbyuratsion xossalari yuqori bo‘lishi, ya’ni barcha rejimlarda dvigatelni osongina yurgizib yuborilishi va barqaror ishlashini ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilish kerak;
  • 2) yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni har qanday ish rejamida dvigatelda detonatsiya paydo qilmasligi lozim;
  • 3) yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi kerakli darajada yuqori bo‘lishi zarur;
  • 4) baklarda, yonilg‘i berish apparatlarida smolalar hamda dvigatelning issiq detallarida mumkin qadar kam qurum hosil qilishi zarur;
  • 5) uzoq saqlanganda ham xossalari o‘zgarmasligi uchun yuqori barqarorlikka ega bo‘lishi kerak;
  • 6) rezervuar, baklar, trubalarni korroziyalamasligi, uning yonish maxsullari esa dvigatel detallarini korroziyalamasligi lozim.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling