3. Benzinlarning asosiy xossalari va sifat ko`rsatkichlari. - Benzinlarning asosiy fizikaviy-kimyoviy xossalariga zichlik, qovushqoqlik, bug‘lanuvchanlik va to‘yingan bug‘ bosimi xossalari kiradi.
- Benzinlarning zichligi yonilg‘ining karbyuratsiyalanish xossalariga ta’sir ko‘rsatadi. Benzinning zichligi qancha katta bo‘lsa, uning sirt tarangligi shuncha katta bo‘ladi.
- Bunday yonilg‘ining havo oqimi ta’sirida parchalanishi (tomchilar katta bo‘ladi) va bug'lanishi yomon bo‘ladi. Natijada kerakli tarkibdagi yonuvchi aralashma olib bo‘lmaydi.
Benzinlarning zichligi 20°C da 0,690-0,742 g/sm3 bo‘lib, haroratning o‘zgarishiga bog‘liq o‘zgaradi. Benzinlarning zichligi areometr asbobida aniqlanadi. - Benzinlarning zichligi 20°C da 0,690-0,742 g/sm3 bo‘lib, haroratning o‘zgarishiga bog‘liq o‘zgaradi. Benzinlarning zichligi areometr asbobida aniqlanadi.
- Benzinning yonuvchi aralashma tarkibida silindrdagi ish sifatiga ta’sir etuvchi xossalaridan biri- qovushqoqlik xossasidir.
Neft mahsulotlarining xossalarini baholashda, odatda kinematik qovushqoqlik ichki ishqalanishning solishtirma koeffitsiyenti (ν) kо‘rib chiqiladi. Kinematik qovushqoqlik bir xil haroratdagi dinamik qovushqoqlikni (η) suyuqlik zichligi (ρ)ga nisbatiga teng, ya’ni ν=η/ρ. - Neft mahsulotlarining xossalarini baholashda, odatda kinematik qovushqoqlik ichki ishqalanishning solishtirma koeffitsiyenti (ν) kо‘rib chiqiladi. Kinematik qovushqoqlik bir xil haroratdagi dinamik qovushqoqlikni (η) suyuqlik zichligi (ρ)ga nisbatiga teng, ya’ni ν=η/ρ.
- Benzinlarning qovushqoqligi kamayib ketishi yoki oshib ketishi aralashma hosil bo‘lishiga va yonilg‘ining yonish protsessi buzilishiga olib keladi.
- Yonilg‘ining qovushqoqligi qancha past bo‘lsa, u havo bilan shuncha yaxshi aralashadi va havo kam bo‘lganda ham yonilg‘ining to‘la yonishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |