Magistral gazoprovodlarni ishga tushirish va
ishlatish sharoitlari
Gaz konlarini ishlatish neft konlarini ishlatishdan farq qiladi. Zavodda neftni tashish vositalari ishi toʼxtab qolgan hollarda, qazib olinayotgan neftni maʼlum vaqtgacha konning oʼzida maxsus ishlarda saqlash mumkin. Lekin neftni konning oʼzida uzoq vaqt saqlash, neft hossalarining yoʼqolishiga olib kelishi mumkin.
Neft bilan qazib olingan gazlarni saqlash mumkin emas, ularni tezlik bilan isteʼmolchilarga yoʼnaltirish talab etiladi. Chunki, oldin neft konlarini qurishda gazlarni isteʼmol qilish punktlariga yigʼish va tashish nazarda tutilmagan. Bunday hollarda gazlar havoga chiqarib, fakel yordamida yoqib yuborilgan. Gaz konlarini ishlatish hamma gaz xoʼjalik ishlari tayyorlangandan keyin boshlanadi:
- gaz konlariga ishlatishga tayyorlangan gaz quduqlari yetarli boʼlganda;
- kondan isteʼmolchigacha gazni yetarli miqdorda yetkazib berish qobilyatiga ega magistral gazoprovod boʼlganda;
- gazga isteʼmolchi boʼlganda.
Odatda, magistral gazoprovod qurilishi tugatilib, gazga isteʼmolchi (shahar, viloyat) topilgandan keyin gaz konlaridan foydalanish ishlari boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |