Kimki yamon so‘zni der, inson emas, So‘zki yamondir, oni hayvon demas. * * * So‘zdin ekan ruhi ravon ham sanga, Jonu tanu tobu tavon ham sanga. * * * So‘zki malohat bilan marg‘ub erur, Ziynat anga bo‘lsa agar xo‘b erur. * * * So‘zdin erur ma’nini rangin murod, Bo‘lmasa ul so‘zni degil girdbod. - Muhammadniyoz Nishotiy – Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazmda 1701-yilda tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash’or“ kabi manbalarda jamlangan. 1903-yilda Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
- Muhammadniyoz Nishotiy – Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazmda 1701-yilda tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash’or“ kabi manbalarda jamlangan. 1903-yilda Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
- Yirik asari „Husnu Dil“ dostoni Buxoroda 1778-yil yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur boʻlib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan.
- Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, koʻngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, Gʻamza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-taʼlimiy gʻoyalari ifodalangan. „Qushlar munozarasi“ asari ham allegorik — majoziy harakterga ega boʻlib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning oʻzaro bahsu-munozaralari orqali oʻz qarashlarini bayon etadi.
- Nishotiy adabiy merosi V.Abdullaev, B.Valixoʻjaev, M.Qosimova va boshqalar tomonidan oʻrganilgan. Nishotiy Muhammadniyoz (18-asr, Xorazm) — shoir. Xiva madrasalarida oʻqigan. Xorazm xonligida siyosiy ahvol ogʻirligi tufayli N. Buxoroga kelgan, gʻariblik va muhtojlikda yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |