Reja Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni


Қаранг: Фромм Э. Бегство от свободы: Пер. с анг. -М.: Прогресс, 1989. –Б.16-17


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1129588
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu (1)

1
Қаранг: Фромм Э. Бегство от свободы: Пер. с анг. -М.: Прогресс, 1989. –Б.16-17. 
2
“Interest mea” - «мен учун муҳим», (лот.). Қаранг:Гегель Г.В.В.Философия права. - М.: Мысль, 1990.-Б.499.
3
Гегель Г.В.В. Философия права. -М.: Мысль, 1990. –Б.418. 


tashkilotlar «manfaatlar guruhlari» nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk 
davridan boshlab bu tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy 
tashkilotlar, jamg’armalar, uyushmalar kabi nomlar bilan keng ommalashdi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasblarga doir 
uyushmalar, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar, diniy birlashmalar kabi yuz minglab jamoat tashkilotlari 
bo’lib, ular o’zlariga a’zo bo’lgan individlarning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishning o’ziga xos 
zaruriy faoliyat ko’rsatish maydoniga aylangan. Ijtimoiy fanlarning so’nggi natijalariga muvofiq, 
manfaatlar guruhlari, bu - unga a’zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy 
institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan 
ixtiyoriy tashkilotlardir. 
Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, 
ularni ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy 
hamda yana o’nlab ayrim sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. Manfaatlar guruhlari ana shu 
manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar 
vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishdan tashqari, ular davlat va 
hukumat organlari uchun zarur bo’lgan axborotlar va boshqa ma’lumotlarni yetkazib berib turishi 
mumkin. 
Nodavlat notijorat tashkilotlar individlarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy 
partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan 
shug’ullanmaydilar. Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta’sir qilish uchun harakat 
qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining 
harakat usullari davlat organlarini ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, 
siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini yetkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun 
tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi
4
. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari turli-tumandir. Biroq, ularning asosiy 
funksiyalaridan biri - turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyasiya
5
qilishdir. 
Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi, biron 
bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat dasturining 
shakllanishiga yordam beradi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni 
agregasiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular 
o’rtasida ma’lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish) faoliyatini ham olib boradi. Bu jarayonda eng 
asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a’zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta 
oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari ko’riladi. 
Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma’lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir 
tizimga solinib, ularning keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga 
yetkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda ko’plab 
manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va muvofiqlashuv ro’y beradi. 
Manfaatlar guruhlarining yana bir funksiyasi – manfaatlarni integrasiya qilishdir (bir 
butunlikka birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida o’z a’zolari manfaatlari asosida 
faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini yaqinlashtirish 
demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar o’rtasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy kelishuvlar va 
murosasozliklar mustahkamlanib boradi
6
. 
Fuqarolik jamiyatining ilk shakllanish davri nodavlat tashkilotlarning paydo bo’lishi bilan 
bog’liqdir. Siyosiy tizimda demokratik qadriyatlar keng o’ringa ega bo’lib borgani sari muhim ijtimoiy 
muammolarni hal etishda «uchinchi sektor» deb ataluvchi nodavlat notijorat tashkilotlar muhim o’rin 
tuta boshladi. Hozirgi davrda «uchinchi sektor» tushunchasi dunyodagi barcha mamlakatlarda xayriya 
4
Қаранг: Орнстейн Н. Демократик жамиятда қонун чиқарувчи ҳокимият ўрни. - Озодлик рисоласи. -Вена:АҚШ 
информация агентлиги,1994.-Б.8-9. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling