Reja Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi. Tayanch so’zlar
O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARINING ShAKLLANIShI VA RIVOJLANIShI Reja 1.Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni. 2.O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratlashtirish jarayoni. 3.O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi. Tayanch so’zlar: fuqaro, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, nomarkazlashtirish, o’zini o’zi boshqarish, nodavlat notijorat tashkilotlar, harakatlar, uchinchi sektor, yashillar, manfaatlar guruhlari, jamg’armalar, huquqiy davlat, davlat hokimiyati, institutlar, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson manfaatlari, artikulyasiya, integrasiya, inson huquqlari, ijtimoiy tabaqa (qatlam), erkinlashtirish. 1. Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni Fuqarolik jamiyatining asosiy instituti bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi asosida, ya’ni fuqarolik jamiyatining mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrga kelib nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun, avvalo, manfaatlar, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy manfaatlar tushunchalariga aniqlik kiritishga ehtiyoj seziladi. Ma’lumki, manfaatlar - individlar va guruhlarning ijtimoiy xatti-harakatlarini belgilovchi sabablardir. O’z vaqtida Tomas Gobbs «hokimiyatga intilish, inson xulqini harakatga keltiruvchi kuchlarning o’zaro dushmanligi - shaxsiy manfaatlarning mantiqiy natijasidir» 1 , deb ko’rsatgan edi. Gegel esa: «inson o’z erkinligini hayotga tatbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatini tashkil qiladi, uning faoliyati shundan tashkil topadi... Manfaat, “interest mea” 2 , men faqat harakatdaman, mening harakat qilish va manfaatli bo’lishimning subyektiv irodasi shunga tengki, men harakat qilayotganimda men ishtirok etishim lozim» 3 , - deb ko’rsatgan edi. Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a’zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a’zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a’zosi bo’lishi mumkin. Fuqarolarning ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib nodavlat notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi individning qanday ijtimoiy ahamiyatli guruhga a’zoligi, uning manfaatlarining qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zining muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruh a’zoligiga ko’proq e’tibor beradi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta’siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va an’analaridan kelib chiqib turlicha nomlarda ataladi. Masalan, AQShda manfaatlar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim o’tkazish guruhlari, deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. Shuningdek, AQSh va G’arb sosiologiyasida esa bu Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling