Reja: Noinersial sanoq tizimi


GALILEY NISBIYLIK PRINSIPI


Download 242.88 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi242.88 Kb.
#1567066
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
$R6EOMSF

4. GALILEY NISBIYLIK PRINSIPI — Nyutonnint klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday boʻlganida namoyon boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida oʻtkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni birinchi bulib 1636-y. da G. Galiley aniqlagan.
Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, trayektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bogʻliq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq ti-zimlarida birday boʻladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi Galiley nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan Galiley nisbiylik prinsipi mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga oʻtishdagi almashtirishlarga — Galiley almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi (q. Nisbiylik nazariyasi).
Shu sababli Galiley almashtirishlarida yuqoridagi tenglama oʻzgarmaydi. Bu tenglama Galiley nisbiylik prinsipining matematik ifodalanishidir. Galiley nisbiylik prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar b-n harakatlangan hol uchungina oʻrinli. ~ s boʻlgan hollarda Galiley almashtirishlari Lorens almashtirishlari bilan almashtirilishi lozim.
5-NISBIYLIK NAZARIYASI — fazo va vaqtning xar kanday fizik jarayon uchun oʻrinli boʻlgan xususiyatlari haqidagi hoz. zamon fizika taʼlimoti. A. Eynshteyn yaratgan Nisbiylik nazariyasi 2 kiyemdan: maxsus Nisbiylik nazariyasi va umumiy Nisbiylik nazariyasidan iborat boʻlib, maxsus Nisbiylik nazariyasi 1905-y. da, umumiy Nisbiylik nazariyasi 1916-y. da nihoyasiga yetkazilgan.
Fazo va vaqt hakidagi tushunchalar turli davrda turlicha boʻlgan. Klassik fizikada vaktning fazo bilan materiyaga hech kanday dahli yoʻk. Fazo va vaqt hakidagi klassik mexanika taʼlimotini Galiley nisbiylik prinsipi asosida matematik ravishda ifodalash mumkin. Fazoning anik nuktasida aniq vaqtda roʻy beruvchi hodisani voqea deyiladi. Mexanik hodisalar barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil roʻy beradi, demak, harakat tenglamasining yozilish shakli barcha inersial sanoq sistemalarda bir xildir. Bu xususiyat Galiley almashtirishlariga nisbatan Nyuton harakat tenglamasining invariantligi deyiladi.
Nisbiylik nazariyasiga koʻra, fizik jarayonlarda fazo va vaqt xususiyatlari uzaro bogʻliqdir. Fazo va vaqtning uzaro bogʻlanishi harakat tufaylidir. Jism turli harakatda ekan, fazo va vakt xususiyatlari ham turlichadir. Maxsus Nisbiylik nazariyasi uchun 2 prinsip (asosiy qonun) zamin hisoblanadi: birinchisi nisbiylik prinsipы, ikkinchisi yorugʻlik tezligining doimiyligidir. Nisbiylik prinsipiga asosan, fizik qonuniyatlarni ifo-dalovchi matematik tenglamalar bir xil koʻrinishga ega, yaʼni ular turli inersial sanoq sitemalarga nisbatan invariantdir. Ikkinchi prinsipni quyidagicha ifodalash mumkin: yorugʻlikning boʻshliqdagi tezligi barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil qiymatga ega boʻlib, yorugʻlik manbaining harakatiga bogʻliq emas.
Gravitatsiya, fazo va vaqt haqidagi hoz. zamon fizik nazariyasi, asosan, A. Eynshteyn tomonidan yaratildi va u u mumiy Nisbiylik nazariyasi nomini oldi. Umumiy Nisbiylik nazariyasining yaratilishida ekvivalentlik prinsipi asos boʻlib xizmat qildi.
Nisbiylik nazariyasidan kelib chiquvchi xulosalar juda koʻp tekshirishlar, kuzatishlar va tajribalar asosida tasdiklangan. Hozirgi kungacha Nisbiylik nazariyasining kamchiliklari mavjudligini koʻrsatuvchi biror dalil yoki tajriba natijalari maʼlum emas.

Download 242.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling