Reja: Nok haqida umumiy tushuncha. Kelib chiqish tarixi. Nok navlari. Nokning shifobaxshligi. Bog’dorchilik. Nashvati


Download 321.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana06.02.2023
Hajmi321.01 Kb.
#1170138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nok

 


Bogʻdorchilik, mevachilik — 1) qishloq xoʻjaligi ning meva, uzum va rezavor 
mevalarni yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, 
sanoatning meva xom ashyosiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Sof 
B. (olma, nok, oʻrik, gilos va boshqa yetishtirish) va koʻchatchilik (koʻchatzorlarda 
mevali daraxtlar koʻchatlari yetishtirish) tarmoqlariga boʻlinadi. Jahon 
bogʻdorchiligida 200 dan ortiq meva, rezavor meva, yongʻoq meva turlari ekiladi, 
ulardan 100 meva turi sanoat ahamiyatiga ega. Olma, zaytun, finikiya palʼmasi, 
banan, mango, tok eng koʻp ekiladigan meva turlariga kiradi. B. Xitoy, AQSH, 
Hindiston, Argentina, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Fransiya, Italiyada 
rivojlangan. Oʻrta Osiyodagi B. haqida dastlabki maʼlumotlar miloddan avvalgi 1-
ming yillikning oʻrtalariga oid yunon, xitoy, rim manbalarida uchraydi. Oʻrta Osiyo 
koʻpgina meva turlarining vatani hisoblanadi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi 
asosida oʻrik, olma, nok, yongʻoq, bodom, anor, tok va boshqalarning juda serhosil 
navlari yaratilgan. Ularning koʻplari sifat jihatidan dunyo kolleksiyasida oʻzining 
takrorlanmas oʻrniga ega. 20-asr boshlarida hozirgi Oʻzbekiston hududida taxminan 
50 ming ga bogʻ, jumladan 22 ming ga mevazor, 37 ming ga tokzor boʻlgan. 
Bogʻlarning asosiy maydonlari Fargona vodiysi (24%), Toshkent vohasi (36%) va 
Zarafshon vodiysi (tokzorlarning 50%) ga toʻgʻri kelar edi. Bogʻlarda danakli 
mevalar 70% ni (asosan oʻrik), urugʻli mevalar (olma, nok, behi) 25% maydonni 
egallagan edi. Shahar va qishloqlar atroflarida alohida mevazorlarda aholining 
bogʻlari va chorbogʻlari (mevazor, tokzor, poliz va sayilbogʻ)da mevalar, tok, turli 
gullarning mahalliy navlari ekib kelingan. Yetishtirilgan mevalar yangiligida 
isteʼmol etilgan, lekin qoqi va mayiz solish asosiy oʻrinda turgan. 20 yillarning 2-
yarmidan ixtisoslashtirilgan mevachilik va tokchilik xoʻjaliklari barpo etila boshladi, 
togʻ va togʻ etaklari zonalarida joylashgan jamoa xoʻjaliklarida ham bu tarmoqqa 
katta eʼtibor berildi. Mevalarning nav tarkibini yaxshilash maqsadlarida olma, nok, 
uzum va boshqa ning Yevropa mamlakatlarida yetishtirilgan navlari keltirib ekildi. 
50- yillar oxiri — 60- yillarda 2500—3000 ga bogʻ va tokzorlarga ega boʻlgan 
agrokombinatlar tashkil etildi. 


Respublikada meva va rezavor mevaning 20 turi ekiladi. Urugʻli meva daraxtlari 
(olma, nok, behi va boshqalar), danakli meva daraxtlari (oʻrik, shaftoli, olxoʻri, 
gilos, olcha, oluvoli va boshqalar), subtropik oʻsimliklar (anor, anjir), yongʻoq 
mevalilar (yongʻoq, pista, bodom), rezavor mevalilar (qulupnay, malina, smorodina, 
chakanda) asosiy oʻrinni egallaydi. Olma, nok va tokning yozgi, kuzgi va kishki 
navlari muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Tokchilik qadimdan Toshkent, Samarqand 
viloyatlari, Fargʻona vodiysida taraqqiy etgan, xoʻraki, mayizbop va konserva 
mahsulotlari (shinni, murabbo, sharbatlar) hamda vinochilik yoʻnalishlariga ega. 
Oʻzbekistonda meva qoqilari va mayizning noyob xillari tayyorlanadi. Respublikaga 
tropik va subtropik mintaqalardan olib kelingan limon, apelsin, mandarin, unobi, 
sharq xurmosi, pekan kabi mevalar tobora koʻproq maydonlarda ekilmoqda. 
Andijon, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida koʻpgina xoʻjaliklarda 
issiqxona limonzorlari barpo qilingan. Respublika boʻyicha bunday issiqxonalar 
maydoni 427 ga dan koʻproq (2001). 90- yillardan boshlab paxta maydonlari 
qisqartirilishi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi; Xorazm, Buxoro, 
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida koʻplab bogʻ va tokzorlar tashkil etildi. 
Respublikada 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan B. xoʻjaliklari bor. Respublikada 
bogʻlarning umumiy maydoni 320 ming ga ga yetdi (meva bogʻlari 199 ming ga, 
tokzorlar 120 ming ga), yalpi meva va uzum hosili 833 ming t dan oshdi (1999). 
Mevaning har bir viloyat, tumanning tuproq va iklim sharoitiga moslashtirilgan, 
rayonlashtirilgan navlari ekiladi. 2) B. fan sifatida mevali daraxtlarning tuzilishi
oʻsishi, rivojlanishi, koʻpayishi hamda hosil berish qonuniyatlarini, shuningdek 
ularning tashqi muhit bilan aloqadorligini oʻrganadi, turli tabiiy muhitda oʻsib, 
yaxshi hosil berishini taʼminlash uchun ilgʻor agrotexnika usullarini ishlab chiqadi. 
B. biol., tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻsimliklar fiziologiyasi
agrokimyo hamda umumiy dehqonchilik bilan bevosita aloqador boʻlib, B. 
agrotexnikasining barcha usullari shu fanlarga asoslanadi. Oʻzbekistonda B.ni 
rivojlantirishda akademik R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va 
vinochilik instituti va Oʻzbekiston Oʻsimlikshunoslik institutitsht xizmati katta. 


Keyingi yillarda meva, rezavorlar va tokning 200 dan ortiq serhosil navlari yaratildi, 
boshqa mamlakatlardan keltirib ik,limlashtirildi va ekishga tavsiya etildi. 
Respublikadakoʻchatchilik ishl a r i ham ilmiy asosga qoʻyilgan va 
markazlashtirilgan. R. R. Shreder nomidagi "Mevasharbat" korporatsiya va uning 
viloyatlardagi filial va xoʻjaliklarida xoʻjaliklar va bogʻbon, sohibkorlarga sotish 
uchun har yili 10—12 mln. dona turli meva daraxtlari va tok koʻchatlari yetishtiriladi 
(yana qarang Ampelografiya, Pomologiya). 

Download 321.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling