Reja: Nok haqida umumiy tushuncha. Kelib chiqish tarixi. Nok navlari. Nokning shifobaxshligi. Bog’dorchilik. Nashvati


Download 321.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana06.02.2023
Hajmi321.01 Kb.
#1170138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nok

STARKRIMSON NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 5,1 m bo‘lib, shox-shabbasi 
o‘rtacha, piramidasimon-yoyiq shaklda, bargi o‘rtacha tuxumsimon, uchli, rangi 
to‘q yashil, silliq. Ekilgandan keyin 5-chi yili hosilga kiradi. 
Mevasi yirik noksimon, silliq, rangi to‘q qizil, o‘rtacha vazni 160-250 g. eti oq, 
sersuv, mevasi shirin xushbo‘y. 
Kech yozda pishadi. Mevasi avgust oyida yetiladi. 
Hosildorligi – 129 s/ga ni tashkil etadi. 
Qayerda yaratilgan: AQSH. 
2005-yil Davlat reyestriga kiritilgan. 
Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. 
ELSARI NAVI: Daraxtining bo‘yi past bo‘lib, 3,5 m, to‘rtinchi yili hosil bera 
boshlaydi. 
Mevasi olmasimon, och sariq rangda. Mevasining o‘rtacha vazni – 134 g. Eti och 
sarg‘ish, og‘izda erib ketadigan darajada, juda sershira. 
Nav yozgi, mevasi iyulning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 57,3 s/ga, 
eng yuqori hosildorligi – 68,9 s/ga ni tashkil etadi. 
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va 
vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti. 
Muallif: S.K. Sharipov. 
1988-yil Davlat reyestriga kiritilgan. 
Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. 
TALGARSKAYA KRASAVITSA NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 4,8 m 
bo‘lib, shox-shabbasi o‘rtacha, piramidasimon shaklda, bargi o‘rtacha tuxumsimon, 
rangi to‘q yashil, silliq. Beshinchi yili hosilga kiradi. 
Mevasi yirik noksimon, silliq, rangi tillasimon-sarg‘ish, o‘rtacha vazni 145-185 g. 
Eti oq-sarg‘ish, sersuv, mevasi shirin, xushbo‘y. 


Kech yozda pishadi. Mevasi avgust oyida yetiladi. 
Hosildorligi – 169 s/ga ni tashkil etadi. 
Qayerda yaratilgan: Qozog‘iston. 
2004-yil Davlat reyestriga kiritilgan. 
Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. 

Download 321.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling