Reja: Nutq madaniyatining ko`rinishlari
Download 17.9 Kb.
|
1-amaliy mashg‘ulot Nutq madaniyatining ko'rinishlari. Og'zaki va yozma nutq Reja: Nutq madaniyatining ko`rinishlari Og`zaki nutq madaniyati Yozma nutq Mashg`ulot annotatsiyasi Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammolarini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. Nutqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan birining adabiy meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi. 1-mashq. 1. Matnni o’qing, undagi nutqiy nuqsonlarni aniqlang. 2.Nutqiy nuqsonlarning buzilishi qaysi o‘rinlarda kuzatildi? Izohlab bering. Tirik jon borki, nimaningdir ilinjida yashaydi. Ilinj odamlarni ne ko‘ylarga solmaydi! Chunki ilinj – nimanidir qo‘lga kiritish, olish degani, binobarin, insoniyat qavmining ko‘plab qayg‘u-sitamlari olish evaziga berish muvozanatining buzilishidan kelib chiqadi. Vaholanki, olish va berish dunyoni ostin-ustin bo‘lib ketishidan saqlab turgan posangi, bu ikki posangi teng saqlangan joyda farovonlik, xotirjamlik, aks holda..., kimdir atayin, kimdir ongsiz – ixtiyorsiz ravishda bu ikki posangi muvozanatini buzadi... Bu yorug‘ dunyoda ofatu balolarning to‘xtamasligi inson zotining manglayiga ana shu o‘ta jo‘n va o‘ta mushkul hikmatni tushuna bilmaslik tamg‘asi urilganidan dalolat beradi.Bu tamg‘a «nafs» deb ataladi.Har qanday aql-idrokni aql idrok qiladigan ham, tinchlik - xotirjamlik kushandasiga aylantiradigan ham ana shu nafs. (X.Do‘st.) Boy ortiq chidab tura olmadi. Hushidan ketib yiqildi. Men ham qamchi o’rimidan yeydigan kaltakni nasiya qilib jo’nab qoldim. Mendan biror soatlardan keyin tulpor saman otda barlari osilib ketgan alpang-talpang, bir ko’zi yerda, bir ko’zi osmonda, egar qoshiga qamchi dastani tirab, yig’lab boy kelib qoldi. “Yana biron falokat yuz berib qolmasin”, deb o’zimni chetga oldim. Boyhihg yig’lab kelishini uy ichlari eshitib, ular ham “bir balo bo’lipti shekilli”, deb uydan yig’lab chiqa boshladilar. Bir-birlarini quchoqlab arosat boshlanib ketdi. Yig’i tamom bo’lgandan keyin, bir - birlarini anglashib, surishtira boshladilar. Keyin ma’lum bo’lishiga qaraganda, na ot , na it o’lgan, na qo’rg’onchaga o’t tushgan, na pichoq singan. Bo’riboyvachcha bo’lsa so’lakayini oqizib o’zi chiqib qoldi. O’sha kuni men ko’rinmay yurdim. Ertasiga boy meni qidirib, chalpak qilib ko’tartirib olib keldi. Avval qurttakkina qilib yigirma qamchini bosh – ko’z aralash yedik. So’ngra so’radi: -Hoy, itdan tarqagan, bu qilig’ing nimasiq! - Axir, boshida bay qilishgan edi-ku, aylanay xo’jayin, har zamonda bir yolg’on gapiraman, deb. -Bu o’sha yolg’oningmiq - Lekin hammasi emas edi. - Agar hammasi bo’lmasa, butun yolg’on qilsang, men xonavoyron bo’lar ekanman-da, tur-e, padaringga la’nat seni, qorning oshga to’ymasin, juvonmarg bo’l! Haydang bu kazzobni. Haydab chiqarmoqchi bo’ldilar. Ketish oldidan boydan haq talab qildim. Chunki boyning eshigida bir oy-u o’n to’qqiz kun ishlagan ekanman. (“Shum bola” qissasidan parcha. 201 so’z) Download 17.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling