Reja: Nutq uslublariga ko’ra matnlarning o‘ziga xosligi. Muayyan uslubning leksik grammatik vositalari. Matn uslubini o'zgartirish yo’llari
Download 40.86 Kb. Pdf ko'rish
|
7- Маvzu ona tili
3-
topshiriq: Biror gazetadan madaniyat yoki sport mavzusidagi xabarni o'qib, tili va uslubiy xususiyatlariga ko'ra boshqa nutq, uslublaridan farqlanishini tushuntiring. 4- topshiriq: Quyidagi matnlarni ifodali o'qing. Badiiy nutqni shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ko'chirib yozing. I. Siyoxdon, azizim, qora ko'zligim, Qora tunlar aro yorigan ko’zgu. Sendagi u siyox — yo'q, siyox emas, Qalbimni qiynagan qip-qizil qonim.(G’.G'ulom) II. Kuz kunlarining oyog'i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq, varglar to'kilib tugagan, yer yuzi o'zining qishki sariq kiyimini kiygan edi. To'rt tomonining o'ralganligi soyasida yaproqlarini to'kilishdan saqlab qolgan bu gilos yog'ochlari ham butun tungi qora sovuqqa chidolmay elning ozgina harakati bilan-da varglarini shirt-shirt uzib tashlamoqda edilar. Havo ochiq, bo'lib, quyosh tuzukkina ko'tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta'siri yo’q bu kungi qora sovuq, quyosh kuchini-da kesgan edi.’ (A.Qodiriy “O'tkan kunlar”) 5- topshiriq: Matnni o'qing va uning asl uslubini aniqlang, uslubiy o'zgarishlarni ko'rsating. “... Notiq ryumkani olib o'rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi bir oz o'zgardi, avval ryumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so'z boshladi: - O'rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali vajarib kelayotganingizga bir yil to'lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Xotin bu muqqadimani hazil gumon qilganligiuchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq, yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi: - Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz hayotimizda qat'iy burilish yasab, zo'r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo'ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o'zingizga ma’lum bolganligi uchuh bunga keng ravishda to'xtab o'tirishni iozim ko'rmayman. ...Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatim natijasida qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo shuni ta'kidlab o'tish kerakki, biz u yoki bu masalada bo’ladigan prinsipial kelishimovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o'z kuchimiz bilan, o'zaro keng muhokama qilish yo'li bilan bevosita vartaraf qiladigan bo’lib qoldik. Ikkinchidan, o'rtoq, rafiqam, oilamizni tashkiliy xo'jalik jixatidan misli ko'rilmagan darajada mustaxkamladik. Men bu borada faktlarga murojat qilib o'tirmayman, chunki o'rdenli onangiz o’zlarining har bir tarixiy kelishlarida bu narsani ayrim ravishda qayd qildilar.” Download 40.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling