REJA:
1. Nutq uslublariga ko’ra matnlarning o‘ziga xosligi.
2.Muayyan uslubning leksik - grammatik vositalari.
3.Matn uslubini o'zgartirish yo’llari.
4. Nutq uslublar va ularning uslubiy xususiyatlari:
a)ilmiy
uslub
b)badiiy uslub
v)so‘zlashuv uslub
s) rasmiy-idoraviy uslub
d) publitsistik uslub
Amaliy
mashg‘ulot
№7
7-MAVZU:
Adabiy nutq va uning uslublari
Tayanch iboralar: So'zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub,
publilsistik uslub, badiiy uslub.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq
sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik,
fonetik va graramatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish
usullari ham har xil
bo'ladi.
Shunga ko'ra, nutqning quyidagi uslublari o'zaro farqlanadi: so'zlashuv uslubi,
rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.
So'zlashuv uslubi til birliklarini tanlash va ularni qo'llashning nisvatan erkin
uslubidir. Bu uslub o’z xususiyatlariga ko'ra ikki turga: adabiy so'zlashuv
uslubi va
oddiy so'zlashuv uslubiga ajratiladi.
Adabiy so'zlashuv uslubi umumxalq tilidir. Adabiy tilning keng tarqalgan va
barcha sohalar uchun bop turi bo'lib, u adabiy me'yorlarga mos, ishlangan va tartibga
solingan bo’ladi.
Adabiy so'zlashuv uslubi kundalik muloqot uchun xizmat qiladi, o'qitish
ishlari, tarbiya va tashviqot
shu uslubda olib boriladi, vadiiy adabiyot sbu uslubda
yaratiladi.
Oddiy so'zlashuv uslubi nutq muomalasi jarayonida (erkinlik bilan) adabiy til
hamda sheva
elementlari ishtirok elishi, fikriy idrokni keng qamrovli vayon etishi
bilan ta'riflanadi. Bu uslubda so'z tartibi qoidaga nomuvofiq bo'lishi
(kecha konsert
bo'ldi klubda); ko'chma, obrazli emotsional vositalar ko'proq (
g'ayrat qil, shalvirama;
Alini qarang, og'zi qulog'ida) kabi dialogik shaklda bo'lib, to'liqsiz gaplar va imo-
ishoraning ko'p
ishlatilishi (Kelyapti (navvatchi), Ketdimi? — Ha) kabi takrorlar
(
Kelib-kelib shu gapni topdingmi?),
talaffuzda erkinlik (na'lat (la'nat), yangitdan
(yangidan), opti (olibdi) kabi yaqqol namoyon bo'ladi. Oddiy so'zlashuv uslubi badiiy
asarda personajlar nutqini individuallashtirishda keng qo'llanadi.