Reja: Ofis texnologiyalari


Download 69.26 Kb.
bet1/6
Sana19.10.2023
Hajmi69.26 Kb.
#1709959
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TALIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI KULASHNIG ASOSIY YO\'NALISHLAR JARAYONI


TALIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI KULASHNIG ASOSIY YO'NALISHLAR JARAYONI

Reja:


  1. Ofis texnologiyalari.

  2. Komp’yuterli ofis texnologiyalari.

  3. Komp’yutersiz ofis texnologiyalari.

  4. Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlovchi axborot texnologiyalari.

  5. Ekspert tizimlari.

  6. Geoaxborot texnologiyalari.

  7. Multimediya texnologiyasi.

  8. Telekommunikastion texnologiyalar.

Axborot texnologiyalarning va axborot tizimlarining eng yaxshi tadbiqlarini ofislarda ko’rish mumkin.


Dastlab avtomatlashtirish ishlab chiqarishda vujudga keldi, so’ng ofisga tarqaldi va eng birinchi maqsad sekretarlarning bir turli, zerikarli ishlarini avtomatlashtirishdan iborat edi. Masalan, sekretarning oddiy mexanik chop etish mashinasida ishlash texnologryasini rivojlanishini ko’raylik. Avvalo, tekst chop etish mashinasida to’g’ridan –to’g’ri qog’ozga tushirilar edi. Tekstning nusxasini ko’paytirish uchun qog’oz tagiga bir yoki bir necha qora qog’oz qo’yilar edi. Keyinroq nusxa oladigan texnika paydo bo’ldi. Undan keyin, elektrik mashinalar paydo bo’ldi. Ularning xotirali versiyalari paydo bo’ldi. Tekst terib bo’lingach uni saqlab qo’yish imkoniyati tug’ildi, uni keyinroq ham chop etish mumkin bo’ldi. So’ng kompyuter, printer paydo bo’ldi. Sekretarning hujjat bilan bog’liq ishlarini to’la avtomatlashtirish mumkin bo’ldi.
Ofis axborot-kommunikastiya texnik vositalarining rivojlanishi mutaxassislar va boqaruvchilarni ham qiziqtirib qo’ydi. Ular ham o’z ishlarini texnik vositalar yordamida avtomatlashtirib, o’z ishlarining unumdorligini oshirish ikoniyatini ko’rdilar.
Ofisni avtomatlashtirish odatdagi ofis texnologiyasini (majlislar, telefonlar, buyruqlar...) rad etmaydi, balki uni to’ldiradi. Ikki usul qo’shib olib borilganda boshqaruv mehnatini rastional avtomatlashtirish va firmani axborot bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan bo’lishi kerak.
Avtomatlashtirilgan ofis barcha darajadagi menedjerlar uchun qulay bo’lib ham ofis ichidagi ham ofis tashqarisidagi aloqa ishlarini yaxshilashga olib keladi.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi-aloqa ishlarini ham ofis ichida ham ofis tashqarisida kompyuter tarmoqlari, boshqa axborot uzatish va qayta ishlash zamonaviy vositalari yordamida tashkil etishdan iboratdir.
Ofisni avtomatlashtirishdan boshliqlar, mutaxassislar, sekretarlar va xizmatchilar foydalanishadi va muammoni kshpchilik bo’lib hal qilishda juda yaxshi natija beradi. U sekretarlar va xizmatchilarning ish unumini oshiradi va oshib borayotgan ish hajmini engishga olib keladi. Lekin, bu mayda-chuyda ishlar ofisn avtomatlashtirish evaziga menedjerlar tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida firmaning iqtisodiy o’sishi oldida bir kichik narsa xolos.
Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish uchun kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar uchun bir necha o’n kompyuter dasturlari mavjud: matn prostessori, jadval prostessori, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuter va telekonferenstiyalar, videotekst, tasvirlarni saqlash, boshqaruv faoliyatida hujjatlarni yuritish, buyruqlarni bajarilishini nazorat qilish uchun maxsus programmalar va h.k.
Shu kabi kompyutersiz vositalar ham ishlatiladi: audio- va videokonferenstiyalar, faksmil aloqa, kseroks va boshqa orgtexnika vositalari.
Asosiy komponentalari.

1-rasm. Axborot texnologiyalari komponentalari.
Har qanday texnologiyaning doimiy, asosiy komponentasi MB dir. Avtomatlashtirilgan ofisda MB, operativ darajadagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasidagi kabi, firmaning ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. MB ga ma’lumotlar tashqi yoki boshqa AT lardan kelib tushishi mumkin. Mutaxassislar MB bilan ishlashning asoslarini bilishlari kerak.
Misol. Firma savdo-sotiq bilan shug’ullansin. MB ga kunlik sotuvlar, yangi tovarlar haqida ma’lumotlar kelib tushadi. EP orqali vayutalarning kurslari, qimmatbaho qog’ozlarning kotirovkalari kelib tushadi.
MB dan ma’lumotlar turli xil programmalarda (matn prostessori, jadval prostessori, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuter va telekonferenstiyalar, videotekst, tasvirlarni saqlash, boshqaruv faoliyatida hujjatlarni yuritish, buyruqlarni bajarilishini nazorat qilish uchun maxsus programmalar va h.k.) qayta ishlash uchun kompyuterga kelib tushadi. Natijalar menedjerlarga yoki boshqa AT larga uzatilishi mumkin.

Download 69.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling