Ma’lumotlarni boshqarish-ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga optimal joylashtirish va ularga kirishni effektiv tashkil etishni ko’zda tutadi.
Ma’lumotlarga ishlov berish va ularning tahlili –tekshirilayotgan ob’ekt uchun uni boshqarish, tadqiq qilish uchun, bashorat qilish uchun yangi ma’lumot yaratish.
Natijaviy mahsulotni yaratish.-foydalanuvchilar uchun kartalar, grafiklar, tasvirlar, statistik ma’lumotlar tayyorlash.
Undan tashqari kartografik ob’ekt atributiv axborotni ham o’zida saqlaydi. Atributiv axborot kartalarda tasvirlanmaydigan, geometrik ob’ektni xususiyatlarini aniqlaydigan axborotlardan iborat. Masalan, ko’p qavvatli uyning kvartralari, ulardagi odamlar soni va ular haqidagi har xil axborotlardan iborat bo’ladi. Ko’pgina GIS –texnologiyalar geometrik (kartografik) va atributiv axborotlardan iborat MB da axborot saqlashadi.
Kartografik axborot nuqtalar, egri chiziqlar, sirtlar, hajmlar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |