Reja: Og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janri


O‘zbek an’anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan


Download 1.46 Mb.
bet3/20
Sana13.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1195682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI

O‘zbek an’anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan:

  • O‘zbek an’anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan:
  • 1. Buxoro masxarabozligi.
  • 2. Xorazm masxarabozligi.
  • 3. Farg‘ona qiziqchiligi.
  • Buxoro masxarabozligi ikki tipga bolingan: birinchisi — qishloq masxarabozligi bo‘lib. ko‘pincha 3-5 kishidan iborat holda tomoshalar ko‘rsatgan. Ular kichik guruhdan tarkib topganlari sababli kichik hajmdagi maishiy mavzudagi tomoshalarni ko‘rsatishda so‘zga emas, asosan, harakatga va mimikaga zo‘r berib ijro etishgan.
  • Shahar masxarabozligi ham asosan, mehmonxonalarda kichik hajmli maishiy komediyalar o'ynalgan bo‘lsa-da, sayllarda, katta to‘ylarda yirikroq tomoshalarni namoyish etishgan. Shahar masxarabozligida, ayniqsa, buxorolik Тоchа masxara (1842-1916) to‘pi ajralib turgan. U, xususan, salbiy personajlarga ijtimoiy tavsiflar berib, ularni fosh etishda ayricha mahorat ko‘rsatgan.

Xorazm masxarabozligida «Xatarli o‘yin» turkumi ko‘p o‘ynalgan. Bunda dialog, kuy, qo‘shiq, raqs va muallaq, pantomimadan unumli foydalanilgan. Ular orasida, ayniqsa, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyoqub ko‘r, aka-uka Eshmat va Do‘smatlar shuhrati butun Xorazmni tutgan.

  • Xorazm masxarabozligida «Xatarli o‘yin» turkumi ko‘p o‘ynalgan. Bunda dialog, kuy, qo‘shiq, raqs va muallaq, pantomimadan unumli foydalanilgan. Ular orasida, ayniqsa, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyoqub ko‘r, aka-uka Eshmat va Do‘smatlar shuhrati butun Xorazmni tutgan.
  • Xalq teatrining keng rivoj topgani Farg'ona qiziqchiligi bolib, ular, asosan, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari va ularning atrofida yashagan Zokir eshon (1815-1885), Sa’di Maxsum, Mulla Hoshim, Usmon qiziq, Abulhasan Qashg‘ariy, Marasul qora, Normat og‘zi katta, Abduaziz qiziq, Bahromboy, Hasan bukri, Kalsariq, Mo‘min qishloqi, Rizo kiyik, Rahimbek hez, Davlat novcha, Yusufjon qiziq Shakaijonov, Oxunjon qiziq Huzuijonov, Tesha qiziq, Muhiddin qiziq Darveshov, Zaynobiddin qiziq, Hojiboy Tojiboev va boshqalar tomonidan muvaffaqiyat bilan davom ettirilgan.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling