Og‘zaki dramatik asarlar yo monolog, yo dialog shaklida yaratiladi. Ularni ijro etuvchi qiziqchi va masxarabozlar turli ovoz ohanglari, qiliqlar, shartli harakat va pantomimalami bajarib, turli xushchaqchaq va hazil qo‘shiqlarni aytib, raqsga tushib, voqealar rivojini ta’minlab borganlar. Shu orqali ajoyib ta'sirchan sahna asari yuzaga kelgan. - Og‘zaki dramatik asarlar yo monolog, yo dialog shaklida yaratiladi. Ularni ijro etuvchi qiziqchi va masxarabozlar turli ovoz ohanglari, qiliqlar, shartli harakat va pantomimalami bajarib, turli xushchaqchaq va hazil qo‘shiqlarni aytib, raqsga tushib, voqealar rivojini ta’minlab borganlar. Shu orqali ajoyib ta'sirchan sahna asari yuzaga kelgan.
- Og‘zaki drama va pyesalarda, komediyalarda xalqning qochirimlaridan, xalq iboralaridan ustalik bilan foydalanganlar. Personajlar nutqida ko‘chma ma’noli so‘zlarni, iboralarni ko‘p ishlatganlar. Personajlar xarakterini ochib berishda zid qo‘yish san'atidan unumli foydalanilgan. Voqealarning bo‘lib o‘tgan o‘rni va vaqti aniq ifodalanmay, keng badihago‘ylikka erishilgan.
- Xullas, og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janrlaridan biri sifatida an’anaviy ijroda hozirgacha yashab kelmoqda.
Qo‘g‘irchoq teatri. Qo‘g‘irchoq qadimiy turkiy solz sifatida Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida «Oxshanchik, oxshog‘u, kuzurchik, qoborchuq» shakllarida qo‘llangan bo‘lsa, sug‘diylarda «zocha va zochak» shaklida, A.Navoiy davri adabiyotlarida esa «io‘bat, lo‘batak» shakllarida istifoda etilgan. «Zochak» hozir ham buxoroliklar lafzida qo‘g‘irchoqni anglatadi. - Qo‘g‘irchoq teatri. Qo‘g‘irchoq qadimiy turkiy solz sifatida Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida «Oxshanchik, oxshog‘u, kuzurchik, qoborchuq» shakllarida qo‘llangan bo‘lsa, sug‘diylarda «zocha va zochak» shaklida, A.Navoiy davri adabiyotlarida esa «io‘bat, lo‘batak» shakllarida istifoda etilgan. «Zochak» hozir ham buxoroliklar lafzida qo‘g‘irchoqni anglatadi.
- Qo‘g‘irchoq o‘yini shunchaki qiz bolalar ermagi bo‘lmay, xalqimizning qadimiy og‘zaki teatri sifatida qaror topgan an’anaviy san’at hamdir. Uning qadimiyligini Umar Xayyom (1048-1123)ning tubandagi ruboiysi ham tasdiqlaydi:
- Mo Lo‘batakonem-u falak lo‘batboz,
- Az ro‘yi haqiqat, na ki az ro‘yi majoz;
- Bozicha hamekunem bar nati vujud,
- Aftem ba sanduqi adam yak-yak boz.
Do'stlaringiz bilan baham: |