Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi ham o‘ta muhim bo‘lib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini yechish, uni tashqi turli ta’sirotlardan himoyalash, kerak bo‘lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga yordam beradi.
Iqtisodiy xo‘jalik funksiyasi – uy xo‘jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish.
Er-xotin orasidagi emotsional munosabatlardan biri bo‘lgan erxotinning bir-biriga bo‘lgan muhabbat teng ko‘rinishda bo‘ladi. Lekin otaona va bola orasidagi munosabatlarda ota-ona va bola muhabbati har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ota-ona tomonidan emotsional aloqa ota-ona (roditelskoy lyubvi) muhabbati, ya’ni onalik muhabbati mehri, otalik muhabbati ko‘rinishida, bola tomonidan esa avval bog‘lanish ko‘rinishda, so‘ng o‘g‘il yoki qiz (farzandlik) muhabbati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ota-onaning bolaga bo‘lgan muhabbati o‘zini tarixiga ega. XVIII asrgacha “roditelskaya lyubov” alohida xislat sifatida ko‘rilmagan. Ota-ona munosabatlari jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ijtimoiy-madaniy talablar ko‘rinishida bu tarbiya, bolani ruhiy va jismoniy sog‘lomligi, bolani nazorat qilish va jazolash ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Buning sababi tug‘ilish va bolalarni o‘limining yuqori bo‘lmaganligidadir. O‘rta asrlarda 5 yoshgacha bo‘lgan bola orasidagi o‘lim 30%ni tashkil etgan Yevropada. Bolalar ko‘p bo‘lganligi uchun ota-onalar har bitta bolaga alohida mehr bera olishmagan faqat XVIII asrdan boshlab Yevropada onalik mehri majburiy xislat deb tan olingan.
Ota-onaning bolaga bo‘lgan emotsional munosabati quyidagi variantlarga bo‘linadi:
Shartsiz emotsional qabul qilish-hech narsaga qaramay farzandni yaxshi ko‘rish;
Shartli emotsional qabul qilish- bolani xulq-atvori, yutuqlariga qarab yaxshi ko‘rish;
Ambivalent emotsional munosabat - bolaga nisbatan ijobiy va salbiy munosabatlarning qo‘shilib ketgani. Masalan: muhabbat va nafrat;
Indifferent munosabat-befarqlik, sovuqqonlik, masofa saqlash, past empatiya;
Emotsional inkor etish.
Onalik mehri - bu tabiatan berilgan biologik instinktdir. Lekin boladan voz kechish holatlari ham uchrab turadi. Bunday ayollarni psixologik xususiyatlari o‘rganilganda bu holatni yuzaga kelishiga ayolning emotsional holatini krizisi, ehtiyojini buzilishi, ijtimoiy holatlar sabab bo‘ladi. Bolani qabul qilish yoki inkor etish shaxs tipining turlariga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |