Reja: Oilada mehnat tarbiyasi haqidagi tushuncha. Axloq haqida mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning fikrlari


Download 58.5 Kb.
bet5/5
Sana22.06.2023
Hajmi58.5 Kb.
#1647758
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oilada mehnat tarbiyasi

16. 5. Kasbiy fikrlashning afzalliklari
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish umumiy o’rta ta’lim maktablari ishining tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlangan bo’lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar yoshlar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Erkin fikr, ijodiy fikrlash jarayoni kichik bog’cha yoshidan, maktab, oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ijodiy fikr, erkin fikrning to’g’ri yo’naltirilmog’i bilan bog’liqdir. Bu kasbiy fikrlash jarayoniga yo’l ochadi.
Kasbga yo’naltirish tizimi - Shaxsga kasbni va uning Shaxsiy sifatlarini o’rganishda yordam beruvchi maqsadlar, mohiyat va printsiplar, uslub va vositalar birligidir. Kasbga yo’naltirish barcha o’quv tarbiya ishlari bilan bog’lab olib boriladi. Ongli kasb tanlash uchun yoshlarda avvalo kasbiy fikrlash, fikr uyg’unligi yaxshi shakllangan bo’lishi lozim. Har tomonlama rivojlangan, yetuk, kasb tayyorgarligi bor kishidagina kasbiy fikrlash yuksak darajada ijobiy shakllangan bo’ladi, shuningdek fikriy mulohazalari boy va ijodiy izlanuvchan xususiyatlarga ega bo’ladi.
Kasbiy fikrlashni yuzaga kelishi uchun, kasbga yo’naltirishda turli kasblar, ularga quyiladigan talablar, bu kasbni qaerda egallashlari mumkinligi, kasblarning murakkab jihatlari to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish katta ahamiyatga ega.
Kasb tanlash-jiddiy va mas‘uliyatli ishdir. O’z hayot yo’lini jiddiy suratda belgilab olish - oson ish emas. Buning uchun uzoq vaqt maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. O’quvchilarning kasb-hunarga layoqatini o’rganish uchun ularning aqliy, jismoniy qobiliyatlarini, kasbiy fikrlashini bilish, malaka va ko’nikmalarini o’rganish lozim.
Biror sohada tashabbus ko’rsatish uchun har bir kishi o’zi faoliyat ko’rsatayotgan sohani mukammal bilishi, ustasi bo’lishi, bu sohani mahsuliy jarayonida nimalar taraqqiyotga, rivojlanishga muvaffaqiyat olib keluvchi va to’siq bo’luvchi mezonlarni aniq bilishi, hamda yutuq va kamchiliklarining asosini aniq bilishi kabi nazariy - amaliy bilimlarga ega bo’lishi lozim. Tashabbuskorlik sifati insonlarning ichki faollik omillari: birinchidan har bir kishining o’z qziqishi, aqliy va o’quv qobiliyatiga mos hayot yo’lini topish orqali o’z qadrini ruyobga chiqarish hissi bo’lsa, ikkinchidan Shaxsiy manfaatdorlik, Shaxsiy mulkning faqat moddiy emas, balki ma’naviy qadriyatlarni ishga tushirish orqali o’zini va davlat, jamiyat va olamni takomillashtirishga hissa qo’shishidan iborat.
Kasbiy fikrlash, kasb ahloqi kishilarning hissiy kechinmalari, axloqiy ideallar va e‘tiqod bilan uzviy birlikda yaxlit holda shakllanadi.
Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling