Reja: Oksidlangan va aralash mis rudalarni qayta ishlash


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1524741
1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza (1)

 
1.2-rasm. Xalkopiritni flotasiyalash davomiyligi va flotasiyalanuvchanligini 
har xil ksantogenatlar yordamida ajralishiga bog‘liqligi: 1-bornit, 2-xalkopirit, 3-
xalkozin, 4-kovellin; ajralishni ksantogenatlar sarfi Q ga bog‘liqligi: 1–geptillli, 2–
nonillli, 3–izoamilli, 4–propillli, 5–etilli, 6–metilli. 
Natriy sulfidi barcha mis sulfidi minerallarini tazyiqlovchisi hisoblanadi. 
Ulardan tazyiqlanishga eng bardoshlisi – xalkozin, eng yaxshi tazyiqlanuvchani 
esa xalkopiritdir. Xalkopirit natriy sulfidi bilan pH > 5,5 da, xalkozin esa pH > 7 
da tazyiqlana boshlaydi. 
Xrom kislotasining tuzi, oltingugurt ikki oksidi, sulfid kislotasi, sulfatlar va 
tiosulfatlar xalkopiritni deyarli umuman tazyiqlamaydi. Shuning uchun ular mis–
qo‘rg‘oshin boyitmalarini ajratishda galenit va sfaleritni tazyiqlashda qo‘llaniladi. 
Oxaktoshning tazyiqlovchi xususiyati pirit flotasiyasiga qaraganda mis 
sulfidlari flotasiyasida ancha yuqori, bu esa ularni ajratishda keng qo‘llanilishini 
ta’minlaydi. 
Sanoat ahamiyati kasb etgan oksidli minerallar – malaxit, azurit va kuprit 
sulfgidril yig‘uvchi reagentlar yordamida yaxshi flotasiyalanadi. Lekin, albatta 
zarrachalar yuzasini dastlab natriy sulfidi Na
2
S bilan sulfidlash zarur. Bu holda 
natriy sulfidining sarfi, muhitning pH i, sulfidlash davomiyligi va ksantogenat 
bilan aralashtirish davomiyligi muhim ahamiyat kasb etadi. Natriy sulfidi va 
ksantogenat bilan aralashtirish davomiyligi asosan 30 soniyadan oshmaydi, chunki 
uzoq vaqt davom etsa qayta hosil bo‘lgan qobiqlar (plyonkalar) qatlamlana 
boshlaydi. Natriy sulfidining sulfidlashdagi o‘rtacha sarfi bir tonna ruda uchun 
200-1000 g ni tashkil qiladi. Agar natriy sulfidining sarfi ko‘paysa, barcha 
oksidlangan minerallar yuzalari sulfidli qobiqlar (plyonkalar) bilan qoplanadi va 
ksantogenatning yutilishi umuman to‘xtaydi, oqibatda mineralning flotasiyalanishi 
tazyiqlanadi. Malaxit va azuritni sulfidlashda bo‘tanada asosan Na
2
S ni 
dissotsiasiyasi natijasida hosil bo‘lgan N
2
S va NS
-
qatnashganda optimal muhit pH 
8-10 oralig‘ida bo‘ladi. Malaxit va azurit yog‘ kislotasi va ularning sovunlari, kam 
darajada – alkilsulfatlar yordamida ham flotasiyalanadi. 


Xrizokolla o‘ta yomon flotasiyalanuvchanligi bilan ajralib turadi. Hozirgi 
kunda xrizokollani ajratib olish uchun taqdim qilinayotgan reagentlar va reagent 
rejimlari o‘ta murakkabligi va samarasizligi bilan ajralib turadi. Masalan, 
xrizokolla ksantogenat yordamida pH 9,5 muhitda 500 
o
S haroratda issiqlik bilan 
faollashtirilgandan so‘ng flotasiyalanadi. Mis silikatlari qatlamlanish (segregasiya) 
usuli bilan ham ajratib olinishi mumkin. Bu usulda 1,65 mm o‘lchamlagi ruda 
NaCl (1% massasi bo‘yicha) va koks yoki ko‘mir (1,2 % massasi bo‘yicha) bilan 
aralashtirilib, 800 
o
S haroratda 30 daqiqa davomida qizdiriladi. Natijada mis yupqa 
qatlam bo‘lib koks yoki ko‘mir yuzasida cho‘kadi. So‘ngra 0,15mm gacha 
yanchilib, pH 11,5-12 bo‘lgan muhitda mis bilan birga amilli ksantogenat 
yordamida flotasiyalanadi. Bu usul bilan tarkibida 1-2 % mis bo‘lgan rudalardan 
tarkibida 60-70 % mis bo‘lgan 95 % ajralishga ega bo‘lgan boyitma olish mumkin. 

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling