Reja: Oksidlangan va aralash mis rudalarni qayta ishlash


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1524741
1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza (1)

 
2. Sulfidli mis va mis-piritli rudalarni boyitish texnologiyasi nisbatan 
osonligi bilan ajralib turadi. Bu esa ruda turi (donador yoki yalpi), mis minerallari 
va bo‘sh tog‘ jinsining tarkibi, ularning donadorlik o‘lchami, piritning 
flotasiyalanish faolligi, minerallarning shlamlanishga moyilligi va boshqalarga 
uzviy bog‘liqdir. Bu omillar avvalo flotasiya sxemasining turi (kollektiv yoki 
to‘g‘ridan to‘g‘ri selektiv) va flotasiya bosqichini aniqlaydi. 
Yengil boyitiluvchan donadorligi teng taqsimlangan mis minerallarini 
boyitishda katta unumdorlikka ega bo‘lgan fabrikalarda aksaryat hollarda yanchish 
va tasniflash jarayonlari, asosiy flotasiya, nazorat flotasiyasi va bir-uch qayta 
tozalash flotasiyasini o‘zida jamlagan bir bosqichli flotasiya sxemasi qo‘llaniladi.
Notekis va murakkab donador mis rudalarini boyitishda ikki bosqichli 
flotasiya sxemalarining bir necha turi qo‘llaniladi 
Agar rudada misning ikkilamchi sulfidli minerallari, asosan shlamlanishga 
moyil bo‘lgan kovellin qatnashgan bo‘lsa, birinchi bosqich yanchishdan so‘ng 45-
60 % –0,074mm sinfgacha yanchilgan mahsulot I asosiy flotasiyaga boradi va 
tayyor mis boyitmasi olinadi. Nazorat mis flotasiyasining boy chiqindisi 80-85 %
– 0,074 mm gacha yanchilib, II bosqich mis flotasiyasiga boradi. II bosqich mis 
flotasiyasi boyitmasi qayta tozalash jarayonlaridan so‘ng tayyor mis boyitmasiga 
qo‘shiladi. 
Mis rulalarining turlari va mis minerallari, pirit va bo‘sh tog‘ jinsining 
donadorlik xarakteristikasiga bog‘liq holda ikki xil sxema – kollektiv-selektiv va 
to‘g‘ridan to‘g‘ri selektiv sxemalar farqlanadi. 
Donador mis rudalari (mis-porfirli, misli qumlar va tomirli rudalar) uncha 
ko‘p bo‘lmagan miqdorda pirit va mis (0,4-2%) tarkibga ega bulib, ulardan 
piritning miqdoriga qarab faqat mis boyitmasi yoki mis va pirit boyitmasi olinadi. 


Birinchi holatda kollektiv sxema, ikkinchi holda esa kollektiv-selektiv sxema 
qo‘llaniladi. 
Bu rudalarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, mis minerallari va piritni 
bo‘sh tog‘ jinslaridan ajratish bir bosqichli yanchishdan (45-50% gacha – 0,074 
mm sinfda) so‘ng amalga oshirilishi mumkin. 
Yuqorida ko‘rsatilgan sinfda yanchishdan so‘ng kollektiv-selektiv sxema 
yordamida mis va temir sulfidlari flotasiyasi pH 7 dan baland bo‘lmagan muhitda 
o‘tkaziladi. Olingan kollektiv mis-pirit boyitmasi 80-95 % – 0,074 mm sinfgacha 
yanchilgandan so‘ng pH 12-12,5 bo‘lgan muhitda oxak va sianid yordamida piritni 
tazyiqlash maqsadida aralashtiriladi va mis flotasiyasiga yuboriladi. 
Donador rudalarning nazorat mis flotasiyasi chiqindisida 30-35% dan ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda oltingugurt bo‘ladi. Shuning uchun ular ortiqcha ishqor pH 5-
7 gacha yo‘qotilgandan so‘ng pirit flotasiyasiga yuboriladi
Sulfidli mis minerallari uchun yig‘uvchi reagent sifatida ksantogenatlar 
(sarfi 10-30 g/t.) va ditiofosfatlar (sarfi 10 g/t) qo‘llaniladi. MDH davlatlarida eng 
ko‘p qo‘llaniladigani butil ksantogenati bo‘lib, u barcha misni boyitish 
fabrikalarida ishlatiladi. 

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling