Reja: Oksidlangan va aralash mis rudalarni qayta ishlash
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza (1)
2. Sulfidli mis va mis-piritli rudalarni boyitish texnologiyasi nisbatan osonligi bilan ajralib turadi. Bu esa ruda turi (donador yoki yalpi), mis minerallari va bo‘sh tog‘ jinsining tarkibi, ularning donadorlik o‘lchami, piritning flotasiyalanish faolligi, minerallarning shlamlanishga moyilligi va boshqalarga uzviy bog‘liqdir. Bu omillar avvalo flotasiya sxemasining turi (kollektiv yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri selektiv) va flotasiya bosqichini aniqlaydi. Yengil boyitiluvchan donadorligi teng taqsimlangan mis minerallarini boyitishda katta unumdorlikka ega bo‘lgan fabrikalarda aksaryat hollarda yanchish va tasniflash jarayonlari, asosiy flotasiya, nazorat flotasiyasi va bir-uch qayta tozalash flotasiyasini o‘zida jamlagan bir bosqichli flotasiya sxemasi qo‘llaniladi. Notekis va murakkab donador mis rudalarini boyitishda ikki bosqichli flotasiya sxemalarining bir necha turi qo‘llaniladi Agar rudada misning ikkilamchi sulfidli minerallari, asosan shlamlanishga moyil bo‘lgan kovellin qatnashgan bo‘lsa, birinchi bosqich yanchishdan so‘ng 45- 60 % –0,074mm sinfgacha yanchilgan mahsulot I asosiy flotasiyaga boradi va tayyor mis boyitmasi olinadi. Nazorat mis flotasiyasining boy chiqindisi 80-85 % – 0,074 mm gacha yanchilib, II bosqich mis flotasiyasiga boradi. II bosqich mis flotasiyasi boyitmasi qayta tozalash jarayonlaridan so‘ng tayyor mis boyitmasiga qo‘shiladi. Mis rulalarining turlari va mis minerallari, pirit va bo‘sh tog‘ jinsining donadorlik xarakteristikasiga bog‘liq holda ikki xil sxema – kollektiv-selektiv va to‘g‘ridan to‘g‘ri selektiv sxemalar farqlanadi. Donador mis rudalari (mis-porfirli, misli qumlar va tomirli rudalar) uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda pirit va mis (0,4-2%) tarkibga ega bulib, ulardan piritning miqdoriga qarab faqat mis boyitmasi yoki mis va pirit boyitmasi olinadi. Birinchi holatda kollektiv sxema, ikkinchi holda esa kollektiv-selektiv sxema qo‘llaniladi. Bu rudalarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, mis minerallari va piritni bo‘sh tog‘ jinslaridan ajratish bir bosqichli yanchishdan (45-50% gacha – 0,074 mm sinfda) so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan sinfda yanchishdan so‘ng kollektiv-selektiv sxema yordamida mis va temir sulfidlari flotasiyasi pH 7 dan baland bo‘lmagan muhitda o‘tkaziladi. Olingan kollektiv mis-pirit boyitmasi 80-95 % – 0,074 mm sinfgacha yanchilgandan so‘ng pH 12-12,5 bo‘lgan muhitda oxak va sianid yordamida piritni tazyiqlash maqsadida aralashtiriladi va mis flotasiyasiga yuboriladi. Donador rudalarning nazorat mis flotasiyasi chiqindisida 30-35% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oltingugurt bo‘ladi. Shuning uchun ular ortiqcha ishqor pH 5- 7 gacha yo‘qotilgandan so‘ng pirit flotasiyasiga yuboriladi Sulfidli mis minerallari uchun yig‘uvchi reagent sifatida ksantogenatlar (sarfi 10-30 g/t.) va ditiofosfatlar (sarfi 10 g/t) qo‘llaniladi. MDH davlatlarida eng ko‘p qo‘llaniladigani butil ksantogenati bo‘lib, u barcha misni boyitish fabrikalarida ishlatiladi. Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling