Reja. О’lchashlarning usullari va turlari. О’lchash vositalari va ularning turlari. Tayanch sо’zlar


Download 18.5 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi18.5 Kb.
#1370709
1   2   3
Bog'liq
1,2

О’lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini о’tkazish jarayonidir 
(solishtirish qanday usulda bо’lmasin). 


О’lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura 
yordamida, о’lchash vositalari yordamida va eksperiment о’tkazishning aniq yо’li, 
algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. 
О’lchash odatda о’lchashdan kо’zlangan maqsadni (izlanayotgan 
kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz 
qilish asosida bevosita о’lchash obyekti (о’lchanadigan kattalik) aniqlanadi. 
О’lchash jarayeni yordamida esa shu о’lchash obyekti tо’g’risida informatsiya 
hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik kayta ishlash yо’li bilan о’lchash 
maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (о’lchash natijasi) 
olinadi. 
О’lchash natijasi - о’lchanayotgan kattalikning son qiymatini о’lchash 
birligiga kо’paytmasi tariqasida ifodalanadi. 

X=n[x], bu yerda X — о’lchanadigan kattalik n — о’lchanayotgan 
kattalikning kabul kilingan о’lchov birligidagi son kiymati; [x] — о’lchash 
birligi 
О’lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan о’lchash natijalari 
о’tkazmasdan tо’g’ridan-tо’g’ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik 
boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, 
ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda о’lchash haqidagi tushuncha 
quyidagicha ta’riflanadi. 
О’lchash — bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va 
о’zgartirish jarayonidir. Bundan kо’zda tutilgan maqsad shu о’lchanayotgan 
kattalikning ishlatish, о’zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay 
formadagi ifodasini ishlab chiqishdir. 
О’lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi 
bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
О’lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari 
(yо’llari) mavjuddir. Quyida shu yо’llar bilan tanishib chiqamiz. 

Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling