Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalarining qo`llanish sohalari. Shtangensirkulli o`lchash asboblari


Download 1.22 Mb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1526493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalari

Mikrometrik chuquro`lchagich – boshi berk teshiklar va sirtlar chuqurligini o’lchashda ishlatiladi va u halqa o’rnida yassi o’lchovchi sirtli asos bilan ta’minlangan. Mikrovint turli uzunlikdagi almashinib o’lchovchi tayoqchalar bilan biriktirilishi mumkin.
Mikrometrik icho’lchagich – ichki o’lchamlarni o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lib mikrometrik kallak (8.3–rasm, d), uzaytirgich (8.3–rasm, e) va poynakdan tuzilgan. Mikrokallak 6 o’zagi ichida yig’ilgan mikrovint 4 baraban 5 va himoyachi kallak 7 bilan o’rnatilgan. Mikrovintning o’ng oxiri sferik qilib yasalgan. Mikrovintni o’zakda muayyan holatda mahkamlash uchun qotiruvchi vint 3 mo’ljallangan. Chap tomondan o’zakka himoya gaykasi 2 kiygizilgan, o’zak ichiga sferik tayanch 1 o’matilgan. Agar kallakni uzaytirgich bilan biriktirish lozim bo’lsa undan himoya gaykasini 2 yechish kerak, uning o’rniga poynakli uzaytirgich buraladi. Miktovintning ishchi qadami 13 yoki 25 mm ni tashkil etadi. O`lchamga qo’yish uchun icho’lchagich o’rnatiluvchi o’lchovlar bilan ta’minlangan (8.3–rasm, j).
Dastlab o'lchash uchun aniqlanadigan o'lchamga binoan, kerak bo'lgan uzaytirgich tanlanadi, u mikrokallak va poynak bilan buraladi, keyin o'lchanuvchi teshikka icho'lchagich kiritiladi. O'lchanuvchi sirtga blr tomoni siqilib ikkinchi tomoni esa siltanib teshik o'qidan o'tuvchi teshiklikdagi eng kichik o'lcham va teshik o'qiga perpendikulyar tekislikdagi eng katta o'lcham topiladi. Icho'lchagichning ikkala ko'rsatgichining mos tushushiga erishib icho'lchagichni qisuvchi vint bilan to'xtatib ko'rsatishi hisoblanadi.
Mikrometrik tisho'lchagich tishli g'ildirak me'yorining umumiy uzunligini o'lchash uchun mo'ljallangan. Yassi mikrometrlardan farqi tisho'lchagich mikrometr ikki parallel tekislik hosil qiluvchi tovoqsimon o'lchovchi yuzalariga ega.
Richag mexanik asboblar. Richag-mexanik asboblarga: soat tipidagi indikatorlar, indikator changaklar, ko'p aylanuvchi, richag-tishli indikator changaklar, richagli mikrometrlar, mikrokator va optikatorlar kiradi. Bu asboblar nisbiy usul bilan katakli o'lchashlar uchun hamda shkalalarning ko'lami imkoniyatida mutloq o'lchashlar uchun mo'ljallangan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling