Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalarining qo`llanish sohalari. Shtangensirkulli o`lchash asboblari


Download 1.22 Mb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1526493
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalari

Me’yoriy kalibrlar – bularning o’lchamlari nazorat qilinuvchi ob’yektning nominal o’lchamiga mosdir. Yalpi ishlab chiqarish paydo bo’lguncha bir detalni ikkinchisiga moslab o’rnatish qo’lda tajribali chilangar tomonidan bajarilar edi. Bunday sharoitda yig’ish jarayoni uchun o’zaro almashinuvchanlikni ta’minlash mumkin bo’lmadi. XVIII asr oxirida birinchi marta detalni o’z joyiga moslab emas, kalibrga moslab tayyorlash usuli qo’llanildi. Bu usul tufayli tayyorlagan detallarni qo’shimcha mehnatsiz o’z joyiga yig’ish, ya’ni o’zaro almashinuvchanlikka erishish imkoniyati yaratildi. Mahsulotning haqiqiy o’lchamlarini va shaklini o’zida aks ettiruvchi kalibrlar me’yoriy kalibrlar deyiladi. Me’yoriy kalibrlar bo’yicha moslab o’rnatish, mahsulot yaroqliligini baholash uning kirishi va mahsulotga o’tirish darajasiga qarab belgilanadi. O’rnatilish darajasi bajaruvchining sezgisiga bog’liq bo’lgani uchun tekshirish natijasi sub’yektiv edi. Bu esa uning bir kamchiligi bo’lsa, ikkinchisi mahsulot narxining yuqoriligi va ish unumining pastligi edi. Shuning uchun me’yoriy kalibrlardan kam foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda me’yoriy kalibrlarning ayrim turlari qo’llaniladi: shablonlar, shuplar, konusli kalibrlar.
Shablon deb, tekshiriluvchi detal sirtini kesganda shakl va joylashishdan og’ishining to’g’riligini tekshiruvchi me’yoriy kalibrlarga aytiladi. Odatda shablonlar murakkab sirtli detallarni tayyorlashda qo’llaniladi.
Mashinasozlikda radiuslar shabloni keng tarqaldiki ular yordamida botiq va qabariq sirtlarning egrilik radiuslari tekshiriladi. Bu shablonlar 0,5...1 mm qalinlikda oxiri qabariq yoki botiq holda dumaloqlangan po’lat plastinkalardan iborat. Dumaloqlash radiusi 1...25 mm bo’ladi. Odatda radiusli shablonlar ma’lum to’plamlar (radius miqdoriga qarab, 1-6; 8-25 va b.) bilan chiqariladi. Rezba shablonlari ham mavjud.
Shup deb tekisliklar orasidagi tirqishni tekshiruvchi me’yoriy kalibrga aytiladi. Shuplar 0,02 dan 1 mm gacha bo’lgan qalinlikdagi plastinkalar yoki to’plam (masalan 0,02...0,1 mm gacha har 0,1 mm dan) holida ishlab chiqariladi. Bu shuplarning bittasi, ikkitasi yoki bir nechtasi birga taxlanib ishlatilishi mumkin.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling